Xolov Nabijon Qahramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « O‘zbekistonda elektron pullar tizimini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2585.
Ilmiy rahbar: Sharifxodjaev Usman Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotda elektron pullar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi subektlarning tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarini masofaviy usullar yordamida QR to‘lovlari va NFS texnologiyalariga asoslangan mobil qurilmalar orqali amalga oshirishda turli ko‘rinishdagi elektron pullarning o‘zaro maqbul to‘plami asoslangan;
xalqaro pul o‘tkazmalar tizimini rivojlantirishda elektron pullar tizimi muomalasini faollashtirish yuzasidan xorijiy tijorat banklari ishtirokini chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari hisobiga kengaytirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
korporativ mijozlarga hisob raqami bilan bog‘liq barcha bank operatsiyalarini Internet-banking tizimi orqali amalga oshirishda tezkorlikni ta’minlash, risklarga moyillikni hisobga olish hamda mijoz portfelini shakllantirishda elektron pullar ishtirokini kengaytirish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
bank rerurslari samaradorligini, aktiv operatsiyalarni amalga oshirishda barqaror marjaga ega bo‘lishni ta’minlash maqsadida pul bozoridagi kutilmalarni, valyuta, foiz, kredit risklarini inobatga olgan resursning “bazaviy stavka”sidan foydalanish tartibi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektron pullar tizimini rivojlantirish orqali milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi subektlarning tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarini masofaviy usullar yordamida QR to‘lovlari va NFS texnologiyalariga asoslangan mobil qurilmalar orqali amalga oshirishda turli ko‘rinishdagi elektron pullarning o‘zaro maqbul to‘plamidan foydalanish taklifi aksiyadorlik tijorat Aloqabank faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Aksiyadorlik tijorat Aloqabankning 2023 yil 14 apreldagi 18-04/1252-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mobil ilovadan foydalanuvchilar soni 2021 yilga nisbatan 265 foizga oshib, 2023 yil 1 yanvar  holatiga ko‘ra foydalanuvchilar soni 832 000 kishini tashkil etgan;
xalqaro pul o‘tkazmalar tizimini rivojlantirishda elektron pullar tizimi muomalasini faollashtirish yuzasidan xorijiy tijorat banklari ishtirokini chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari hisobiga kengaytirish yo‘nalishlaridan foydalanish taklifi aksiyadorlik tijorat Aloqabank faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Aksiyadorlik tijorat Aloqabankning 2023 yil 14 apreldagi 18-04/1252-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida masofadan bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 2022 yilga nisbatan 1,5 barobarga oshgan;
korporativ mijozlarga hisob raqami bilan bog‘liq barcha bank operatsiyalarini Internet-banking tizimi orqali amalga oshirishda tezkorlikni ta’minlash, risklarga moyillikni hisobga olish hamda mijoz portfelini shakllantirishda elektron pullar ishtirokini kengaytirish orqali takomillashtirish taklifi aksiyadorlik tijorat Aloqabank faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Aksiyadorlik tijorat Aloqabankning 2023 yil 14 apreldagi 18-04/1252-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Internet-Banking va Aloqa Business foydalanuvchilarning jami korporativ mijozlardagi ulushi 2022 yilga nisbatan 133 foizga oshib, 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra foydalanuvchilar soni 28 000 taga etgan;
bank rerurslari samaradorligini, aktiv operatsiyalarni amalga oshirishda barqaror marjaga ega bo‘lishni ta’minlash maqsadida pul bozoridagi kutilmalarni, valyuta, foiz, kredit risklarini inobatga olgan resursning “bazaviy stavka”sidan foydalanishning takomillashtirilgan tartibi Aksiyadorlik tijorat Aloqabank faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Aksiyadorlik tijorat Aloqabankning 2023 yil 14 apreldagi 18-04/1252-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida  bankning daromad keltiruvchi aktivlari bo‘yicha marjasi 2021 yil yakuniga nisbatan milliy valyutada 1,25 % punktiga va xorijiy valyutada 0,34 % punktiga oshib, 2022 yil yakunida milliy valyutada 3,97%ni va xorijiy valyutada 4,22% ni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish