Xalimjonov Toxir Salimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Turli mashina va mexanizmlar uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va qoplamalar olishning samarador tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – «Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi», 05.02.01 – «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T558.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjan Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Toyir Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Kamolxon Abbosovich, texnika fanlari doktori, professor; O‘lmasov Tulkin Usmonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli mashina va mexanizmlar uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va qoplamalar olishning samarador tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modifikatsiyalangan termoreaktiv kompozision polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalarning fizik-mexanik, ishqalanishga va emirilishga qarshi xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari polimer va organomineral qo‘shimchalarning tarkibi, miqdori va nisbati xamda ul`tratovush bilan ishlov berish rejimlariga o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
mahalliy xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilari asosida ul`tratovush usulida ishlov berilgan eyilishga, ishqalanishga va emirilishga chidamli to‘ldirilgan kompozision termoplastik materiallarni olishning ikki bosqichli samarali usuli ishlab chiqilgan;
organomineral qo‘shimchalarning turi, tarkibi va nisbati, ul`tratovush bilan ishlov berish orqali modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallar va qoplamalarning optimal tarkibli kompozisiyalari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan, ishqalanishga chidamli, eyilishga va emirilishga bardoshli termoreaktiv polimer materiallar va qoplamalarning mustahkamlik xususiyatlariga, past ishqalanish koeffisientiga va paxta xomashyosi va agressiv moddalar bilan tasirlanganda yuqori eyilishga va emirilishga bardoshli ekanligi asoslangan;
paxtani qayta ishlash mashinalari va mexanizmlarining xamda yog‘-moy mashinalarining ishchi organlarida foydalanish uchun organomineral ingredientlarga ul`tratovush usulida ishlov berib, ular asosida modifikatsiyalangan termoreaktiv kompozision polimer materiallar va qoplamalar olishning samarador texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli mashina va mexanizmlar uchun modifikatsiyalangan kompozision polimer materiallar va qoplamalar olishning samarador tarkibini va texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori fizik-mexanik xususiyatlarga ega bo‘lgan kompozision termoreaktiv polimer materiallarining ishlab chiqilgan samarali tarkiblari va ular asosidagi qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2023 yil 6 iyundagi 02-11/294-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tozalash zavodida ishlatiladigan mashinalarning samaradorligini esa 7-14 % ga oshirish, quvvat sarfini 5-8 %, paxta tolasining zararlanishini 0,12-0,28% va chigitning ezilishini 0,16-0,32% ga kamaytirish imkonini bergan;
kompozision termoreaktiv polimer materiallar va ular asosida ishlab chiqilgan qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodida joriy etilgan («PAXTASANOAT ILMIY MARKAZI» AJning 2023 yil 6 iyundagi 02-11/294-son ma’lumotnomasi). Natijada, mashina va mexanizmlar ishchi organlarini nuqsonlarini kamaytirishga va ishqalanish agregatlarining chidamliligini 2-2,5 baravar oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan korroziyabardosh kompozision polimer qoplamalar "Guliston ekstrakt yog‘" AJ tomonidan uskunalarning ishchi qismlarida joriy etilgan («O`ZYOG`MOYSANOAT» UYUSHMASI ning 2023 yil 2 iyundagi KC/3-280-son ma’lumotnomasi). Natijada, nasoslarining ishlash muddatini 1,5-2 baravarga, diaratorbaklarning ishlash muddatini esa 2-2,5 martaga oshirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish