Bazarbaeva Dilbar Ongarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsimon hasharotlari (Insecta: Orthopteroidea) ekologiyasi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/B525.
Ilmiy rahbar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Turaboev Akmal Normuminovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenov Zaxira Omirbekovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qaroqolpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsimon hasharotlarining bio - xilmaxilligini baholash va ekologiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor entomofauna populyatsiyalarining miqdoriy ko‘rsatkichlarini ekologik baholash asosida Ustyurt tekisligiining to‘g‘riqanotsimon hasharotlar tartib kompleksi isbotlangan;
ilk bor O‘zbekiston faunasi uchun to‘g‘riqanotsimonlar bosh turkimi vakillaridan Bicolorana Zeuner, 1941 avlodi, Bicolorana bicolor (Philippi, 1830) va Chorthippus angulatus Tarbinsky, 1927 turlari aniqlangan;
GIS texnologiyalari asosida to‘g‘riqanotsimonlar hasharotlarning ekologik hususiyatlari, tarqalishi va zichligi shuningdek, ularning Ustyurt tekisligiining tabiiy o‘simlik qoplami bilan trofik munosabatlardagi o‘rni aniqlangan;
Ustyurt tekisligining landshaftlik halotiga bog‘lik to‘g‘riqanotsimon hasharotlar majmuasiga abiotik omillarning ta'siri baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsimon hasharotlari (Insecta: Orthopteroidea) ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ustyurt tekisligida aniqlangan 6 ta yo‘qolib ketish havfi bor yoki kamyob to‘g‘riqanotsimon hasharotlar turlarini O‘zbekiston Qizil kitobga kiritish uchun tavsiya qilinganligi, to‘g‘riqanotsimonlarning hayot shakllarini aks ettiruvchi 17 ta tasnif bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qaroqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 16 apreldagi’ 01/18-835-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikamizning barcha hududlarida to‘g‘riqanotsimonlarning fenologik spektorlarini aniqlash va Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsimonlari bo‘yicha kadastr ma’lumotlari ishlab chiqish imkonini bergan;
Ustyurt tekisligi to‘g‘riqanotsmon turkumiga tegishli bo‘lgan 81 tur va kenja turlarga mansub 132 nusha hasharotlar namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kollektsiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 26 avgustdagi 4/1255-2373-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ustyurt tekisligi tabiiy hududlari bo‘yicha tarqalgan to‘g‘riqanotsimon hasharotlar kollektsiya namunalari fondini boyitgan va ular populyatsiyalari zamonaviy holatini baholash hamda interfaol atlaslar tayyorlashda va hasharotlar tarqalishini GAT xaritaga tushirish, turlar areallari o‘zgarish jarayonlarini monitoring qilish imkonini bergan.