Arslanov Otabek Ulugbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Protez qilingungacha va qilingandan so‘ng tish qatori nuqsonlarida tish-jag‘ tizimini kompensator moslashuv mexanizmlari», 14.00.21-Stomatologiya, 14.00.36-Allergologiya va Immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib426.
Ilmiy maslaxatchilar: Irsaliev Xusnitdin Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irsalieva Fatima Xusnitdinovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Xabilov Nigman Lukmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ruzuddinov Saurbek Ruzuddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); 
Yetakchi tashkilot: Adena universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ortopedik davolash sifati va samaradorligini oshirish uchun tish qatorlari nuqsonlarida yuzaga keladigan tish-jag‘ tizimdagi kompensator-moslashuv mexanizmlarning asosiy qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq muddatli adentiya tish qatorlari nuqsonlarini ortishi bilan birgalikda kuzatilganida chaynov mushaklarining gipertonusini rivojlanishi bilan yuqori bioelektrik faollikni shakllanishiga ko‘maklashishi va elektromiografik tadqiqotlar ma’lumotlari bo‘yicha funksional tavsifnomasining haqqoniy farqini aks ettirishi aniqlangan;
tish qatorlarining o‘rta va katta nuqsonlarini og‘iz bo‘shlig‘i immunologik gemostaz, ya’ni immunoglobulinlar (IgA, IgM, IgG, sIgA) faolligiga salbiy ta’siri isbotlangan va og‘iz suyuqligidagi sitokinlar (IL-1β, IL-8, FNO-α, IL-10) miqdorini 3 barobar oshishi protezni travmatik genezi va natijada rivojlangan yallig‘lanish jarayoni oqibatida antigen yuklamani ortishidan dalolat berishi isbotlangan;
olinmaydigan tish protezlari bilan protezlashdan so‘ng tish-jag‘ tizimining kompensator-moslashuv mexanizmlari protezlashning barcha muddatlarida funksional parametrlarning tezda tiklanishi va qisman olinadigantish protezlari bilan protezlashda erta muddatlarda qisman tiklanish tendensiyasiga egaligi isbotlangan; 
protezlashdan keyin bemorlarda immun status ko‘rsatkichlarining kompensator-moslashuv o‘zgarishlari protezlarning travmatik va toksiko-allergik ta’siri tufayli og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozining buzilishiga javoban ularning reaktivligidagi farqlar bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti ekspert kengashining 2023 yil 19 maydagi №04-X/3 son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshka sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 8n-r/445-son xulosa asosida): 
Uzoq muddatli adentiya tish qatorlari nuqsonlarini ortishi bilan birgalikda kuzatilganida chaynov mushaklarining gipertonusini rivojlanishi bilan yuqori bioelektrik faollikni shakllanishiga ko‘maklashishi va elektromiografik tadqiqotlar ma’lumotlari bo‘yicha funksional tavsifnomasining haqqoniy farqini aks ettirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati olingan natijalar yuz-jag‘ sohasi a’zalarining klinik, funksional holati hususiyatlarini batafsil tahlili hisobiga tish qatorlari nuqsonlarini protezlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni hal qilishdagi muhim hissasi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan “1-stomatologik poliklinika” DUK  va “5-stomatologik poliklinika” DUK amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 8n-z/445-sonli xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: kompensator moslashuv mexanizmlarning oldini olish uchun tish qatorlari nuqsonlarini ortopedik davolashni tish olinginidan so‘ng erta davrlarda o‘tkazish lozimligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: Olinmaydigan ko‘priksimon protezlarni ishlab chiqarish uchun xarajatlar o‘rtacha 3.300.000 so‘mni tashkil etadi. Olinadigan protezlarni ishlab chiqarish uchun o‘rtacha 10.000.000 so‘m sarflanadi. Ruxsat etilgan protezlardan foydalanishning o‘rtacha davomiyligi 7-9 yil va olinadigan protezlar davomiyligi o‘rtacha 3-5 yilni tashkil etadi. Xulosa: o‘tkazilgan muolajalar samaradorligini ob’ektiv baholash va nazorat qilish uchun xizmat qiladigan elektromiografiya usulidan foydalangan holda tish-jag‘ tizimi kasalliklarini tashxislashda ijobiy natijalarga erishiladi, so‘ngra ortopedik davolanish tadbiq etiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Protez qilingungacha va qilingandan so‘ng tish qatori nuqsonlarida tish-jag‘ tizimini kompensator moslashuv mexanizmlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshka sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 16 iyuldagi №01-1008-sonli yuborilgan xatga javoban 2022 yil 30 avgustdagi 8n-r/445-sonli ma’lumotnomasi bilan xulosa takdim etilgan. 
Tish qatorlarining o‘rta va katta nuqsonlarini og‘iz bo‘shlig‘i immunologik gemostaz, ya’ni immunoglobulinlar (IgA, IgM, IgG, sIgA) faolligiga salbiy ta’siri isbotlangan va og‘iz suyuqligidagi sitokinlar (IL-1β, IL-8, FNO-α, IL-10) miqdorini 3 barobar oshishi protezni travmatik genezi va natijada rivojlangan yallig‘lanish jarayoni oqibatida antigen yuklamani ortishidan dalolat berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati olingan natijalar yuz-jag‘ sohasi a’zalarining klinik, immunologik holati hususiyatlarini batafsil tahlili hisobiga tish qatorlari nuqsonlarini protezlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni hal qilishdagi muhim hissasi, tish qatorlari nuqsonlarini kompleks davolash va jag‘ sohasida nuqson va patologiyalari bo‘lgan bemorlarga ortopedik protezlarni tanlashda shifokorning taktikasi ilmiy asoslanganligi xisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan “1-stomatologik poliklinika” DUK va “5-stomatologik poliklinika” DUK amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 8n-z/445-sonli xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: olinmaydigan va olinadigan protezlar bilan protezlangan bemorlarning og‘iz suyuqligini (tupurigini) kompleks immunologik baholashning taklif qilingan usuli sezilarli farqni ko‘rsatdi. Immunologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kichik nuqsonlarni protezlashdan keyin dentoalveolyar tizimdagi kompensatsion-adaptiv mexanizmlar protezning barcha bosqichlarida funksional parametrlarni tezda tiklashga qodir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: ushbu band amaliyotiga ahamiyatga ega va olingan natijalar ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalarda aks etadigan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi “Tish qatorlari nuqsonlarida va protezlashdan keyin so‘lakning immunologik ko‘rsatkichlari” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 iyuldagi 8n-r/819-sonli ma’lumotnomasi.  
Olinmaydigan tish protezlari bilan protezlashdan so‘ng tish-jag‘ tizimining kompensator-moslashuv mexanizmlari protezlashning barcha muddatlarida funksional parametrlarning tezda tiklanishi va qisman olinadigantish protezlari bilan protezlashda erta muddatlarda qisman tiklanish tendensiyasiga egaligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kompensator-moslashuv mexanizmlarni oshirish uchun ortopedik protezlash jarayonida chaynov mushaklarining funksional mashqlarini qo‘llash lozimligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan “1-stomatologik poliklinika” DUK va “5-stomatologik poliklinika” DUK amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 8n-z/445-sonli xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: olinmaydigan va olinadigan protezlar bilan protezlangan tish nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda kompleks baholashning taklif qilingan usuli sezilarli farqni ko‘rsatdi. Funksional tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kichik nuqsonlarni protezlashdan keyin dentoalveolyar tizimdagi kompensatsion-adaptiv mexanizmlar protezning barcha bosqichlarida funksional parametrlarni tezda tiklashga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: o‘tkazilgan muolajalar samaradorligini ob’ektiv baholash va nazorat qilish uchun xizmat qiladigan usulidan foydalangan holda tish-jag‘ tizimi kasalliklarini tashxislashda ijobiy natijalarga erishiladi, so‘ngra ortopedik davolanish tadbiq etiladi. Xo‘losa: Olinmaydigan ko‘priksimon protezlarni ishlab chiqarish uchun xarajatlar o‘rtacha 3.300.000 so‘mni tashkil etadi. Olinadigan protezlarni ishlab chiqarish uchun o‘rtacha 10.000.000 so‘m sarflanadi. Olinmaydigan protezlardan foydalanishning o‘rtacha davomiyligi 7-9 yil va olinadigan protezlar davomiyligi o‘rtacha 3-5 yilni tashkil etadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Protez qilingungacha va qilingandan so‘ng tish qatori nuqsonlarida tish-jag‘ tizimini kompensator moslashuv mexanizmlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshka sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 16 iyuldagi №01-1008-sonli yuborilgan xatga javoban 2022 yil 30 avgustdagi 8n-r/445-sonli ma’lumotnomasi bilan xulosa takdim etilgan. 
Protezlashdan keyin bemorlarda immun status ko‘rsatkichlarining kompensator-moslashuv o‘zgarishlari protezlarning travmatik va toksiko-allergik ta’siri tufayli og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozining buzilishiga javoban ularning reaktivligidagi farqlar bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati olingan natijalar yuz-jag‘ sohasi a’zalarining klinik, immunologik holati hususiyatlarini batafsil tahlili hisobiga tish qatorlari nuqsonlarini protezlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni hal qilishdagi muhim hissasi, tish qatorlari nuqsonlarini kompleks davolash va jag‘ sohasida nuqson va patologiyalari bo‘lgan bemorlarga ortopedik protezlarni tanlashda shifokorning taktikasi ilmiy asoslanganligi xisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan “1-stomatologik poliklinika” DUK va “5-stomatologik poliklinika” DUK amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 8n-z/445-sonli xulosasi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: olinmaydigan va olinadigan protezlar bilan protezlangan tish nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda kompleks baholashning taklif qilingan usuli sezilarli farqni ko‘rsatdi. Funksional tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kichik nuqsonlarni protezlashdan keyin dentoalveolyar tizimdagi kompensatsion-adaptiv mexanizmlar protezning barcha bosqichlarida funksional parametrlarni tezda tiklashga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: olinmaydigan protezlardan foydalanishning o‘rtacha davomiyligi 7-9 yil va olinadigan protezlar davomiyligi o‘rtacha 3-5 yilni tashkil etadi. Olinmaydigan ko‘priksimon protezlarni ishlab chiqarish uchun xarajatlar o‘rtacha 3.300.000 so‘mni tashkil etadi. Olinadigan protezlarni ishlab chiqarish uchun o‘rtacha 10.000.000 so‘m sarflanadi. Xo‘losa: o‘tkazilgan muolajalar samaradorligini ob’ektiv baholash va nazorat qilish uchun xizmat qiladigan usulidan foydalangan holda tish-jag‘ tizimi kasalliklarini tashxislashda ijobiy natijalarga erishiladi, so‘ngra ortopedik davolanish tadbiq etiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Protez qilingungacha va qilingandan so‘ng tish qatori nuqsonlarida tish-jag‘ tizimini kompensator moslashuv mexanizmlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshka sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga TDSI rektori tomonidan 2022 yil 16 iyuldagi №01-1008-sonli yuborilgan xatga javoban 2022 yil 30 avgustdagi 8n-r/445-sonli ma’lumotnomasi bilan xulosa takdim etilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish