Boronov Bobur Farxodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘-moy mahsulotlari hisobi metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt441.
Ilmiy maslahatchi: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Pardaev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdusalomova Nodira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘-moy mahsulotlari hisobi metodologiyasini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hisob siyosatiga yog‘-moy mahsulotlarining ishlab chiqarishdagi ahamiyatliligidan kelib chiqib 2810-«Asosiy mahsulotlar», 2820-«Yondosh mahsulotlar», 2830-«Yordamchi mahsulotlar» nomli schyotlarni kiritish asosida buxgalteriya hisobining axborot imkoniyatini oshirish asoslangan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini «xom ashyoga birlamchi ishlov berish – tozalash – hidsizlantirish – qadoqlash» zanjirida tashkil qilish va tannarxini belgilash asoslangan;
paxta texnik chigitiga ishlov berishda kompleks ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy texnologik jarayonlar bo‘yicha bo‘linish nuqtalarini belgilash asosida asosiy va yondosh mahsulotlar tannarxini sotish baholariga mutanosib ravishda aniqlash asoslangan;
umumishlab chiqarish xarajatlarini birinchi bosqichda rejali tannarx bo‘yicha ishlab chiqarish bo‘limlariga mutanosib taqsimlash, ikkinchi bosqichda asosiy va yondosh mahsulotlarga bevosita xarajatlarning haqiqiy qiymati bo‘yicha qayta taqsimlash orqali yog‘-moy mahsulotlari tannarxiga olib borishning ikki pog‘onali tizimi taklif etilgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida asosiy va yondosh mahsulot turlari bo‘yicha sotishdan olingan yalpi tushum, xaridorlardan qaytgan mahsulotlar, sotishda berilgan chegirmalar, sotishdan olingan sof tushum, sotish tannarxi, sotishdan yalpi foyda ko‘rsatkichlarini kiritish orqali moliyaviy hisobotlarning axborot berish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda yog‘-moy mahsulotlari hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hisob siyosatiga yog‘-moy mahsulotlarining ishlab chiqarishdagi ahamiyatliligidan kelib chiqib 2810-«Asosiy mahsulotlar», 2820-«Yondosh mahsulotlar»,
2830-«Yordamchi mahsulotlar» nomli schyotlarni kiritish asosida buxgalteriya hisobining axborot imkoniyatini oshirish bo‘yicha taklifi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining tegishli yo‘l xaritalari, nizomlari, buyruqlari va uslubiy tavsiyalariga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2023 yil 18 yanvardagi KS/3-29-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga va tushunchalarga aniqlik kiritishga xizmat qilgan. Natijada yog‘-moy mahsulotlarini hisobda to‘g‘ri aks ettirishga, tannarx ob’ektlarini aniqlashga hamda axborotlarning ishonchliligi va realligini ta’minlashga xizmat qilgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini «xom ashyoga birlamchi ishlov berish – tozalash – hidsizlantirish – qadoqlash» zanjirida tashkil qilish bo‘yicha taklifi «Yog‘gar» AJ tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan («Yog‘gar» AJning 2023 yil 18 yanvardagi 11-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi paxta texnik chigitidan tayyorlanadigan yog‘-moy mahsulotlarining tannarxini ishlab chiqarishning texnologik bosqichlari asosida haqqoniy shakllantirish imkonini bergan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida yog‘-moy mahsulotlari tannarxini tezkor aniqlash orqali ularni qayta ishlash to‘g‘risida muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida rahbariyatni aniq, ishonchli va tekzor axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan. Natijada korxona
2022 yilda qo‘shimcha 1,7 mlrd so‘m daromad olishga erishgan;
paxta texnik chigitiga ishlov berishda kompleks ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy texnologik jarayonlar bo‘yicha bo‘linish nuqtalarini belgilash asosida asosiy va yondosh mahsulotlar tannarxini sotish baholariga mutanosib ravishda aniqlash bo‘yicha taklifi «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJ tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan («Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJning 2023 yil 7 yanvardagi 1/8-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi birgalikda ishlab chiqarish jarayonining bo‘linish nuqtalarini to‘g‘ri aniqlash va xarajatlarni hisoblash natijasida boshqaruvga mahsulotlarni bo‘linish nuqtalarida sotish yoxud ularni qayta ishlashni davom ettirish yuzasidan samarali qarorlar qabul qilish uchun shaffof va ishonchli axborot tizimi ishlab chiqilgan. Natijada jamiyatda 3 turdagi asosiy mahsulotlarni qayta ishlash orqali sotish rentabelligi o‘tgan yilga nisbatan 2 foizga oshgan;
umumishlab chiqarish xarajatlarini birinchi bosqichda rejali tannarx bo‘yicha ishlab chiqarish bo‘limlariga mutanosib taqsimlash, ikkinchi bosqichda asosiy va yondosh mahsulotlarga bevosita xarajatlarning haqiqiy qiymati bo‘yicha qayta taqsimlash orqali yog‘-moy mahsulotlari tannarxiga olib borishning ikki pog‘onali tizimi bo‘yicha taklifi «Qarshi yog‘-ekstraksiya» AJ, «Yog‘gar» AJ va «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan («Qarshi yog‘-ekstraksiya» AJning 2023 yil 26 yanvardagi 6-son, «Yog‘gar» AJning 2023 yil 18 yanvardagi 11-son, «Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy» AJning 2023 yil 7 yanvardagi 1/8-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida umumishlab chiqarish xarajatlarining yog‘-moy mahsulotlari tannarxiga taqsimlashning uslubiy tartibi osonlashgan hamda boshqaruv xodimlari uchun umumishlab chiqarish xarajatlarining tayyor mahsulotlar tannarxi tarkibidagi ulushini tahlil qilish orqali xaridorgir narx siyosatini yuritish va uning ta’sirchanligini oshirish imkonini bergan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida asosiy va yondosh mahsulot turlari bo‘yicha sotishdan olingan yalpi tushum, xaridorlardan qaytgan mahsulotlar, sotishda berilgan chegirmalar, sotishdan olingan sof tushum, sotish tannarxi, sotishdan yalpi foyda ko‘rsatkichlarini kiritish orqali moliyaviy hisobotlarning axborot berish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4611-son qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 6 apreldagi 35-03-34/23-04-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilganligi korxonalarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisobotlarni tuzishga, moliyaviy natijalarini hisobotda shaffof aks ettirishga imkon bergan. Yog‘-moy sanoati korxonalarida ushbu taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorini korxonalarda ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan.