Xudayberganov Shuhrat Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagog kadrlar ongida akademik erkinlik g‘oyasini shakllantirishning ijtimoiy-tarbiyaviy asoslari”, 13.00.01– Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/344.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbarning familyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagog kadrlar ongida akademik erkinlik g‘oyasini shakllantirishning ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyatini pedagogik tajribalar asosida tadqiq qilish va ta’limda qo‘llanilishini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“akademik erkinlik” tushunchasining ijtimoiy va shaxsga yo‘naltirilgan izchil innovatsion ta’limning barqarorlashtiruvchi, uyg‘unlashtiruvchi va baholovchi pedagogik mezonlari, tarixiy tajriba, odob-axloq, ma’naviy ehtiyoj kabi substansional negizlari hamda ta’lim sohasi infratuzilmalarini takomillashtirishning zamonaviy epistemologik asoslari ochib berilgan;
rivojlangan davlatlarda akademik erkinlik g‘oyasining shakllanishining antropopedagogik asoslari va pedagogik fasilitatsiyaning qulaylashtirish tamoyillarini konseptual aloqadorligi aniqlashtirilgan;
akademik erkinlikni qo‘llash modellari bilan takomillashtirilgan o‘zbek pedagogikasining qarashlari, g‘oyalari va yo‘nalishlari tuzilmasi shakllantirilib, yoshlarning bilim va tafakkurini yuksaltirishning kreativ va epistemologik asoslari ochib berilgan.
Yangi O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining strategik mohiyati asoslanib, akademik erkinlikni ta’minlashning etnosotsial jihatlari hamda ta’lim oluvchilarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning akmeologik mezonlari (motivasiya, shaxsiy-kasbiy sifatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish, refleksivlik, kreativlik) ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limda akademik erkinlikni ta’minlash va bu borada Yangi O‘zbekistonda to‘plangan pedagogik tajribalarni umumlashtirish va tarbiyaviy ahamiyatini ta’limda qo‘llanilishini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
“akademik erkinlik” tushunchasining ijtimoiy va shaxsga yo‘naltirilgan izchil innovatsion ta’limning barqarorlashtiruvchi, uyg‘unlashtiruvchi va baholovchi pedagogik mezonlari, tarixiy tajriba, odob-axloq, ma’naviy ehtiyoj kabi substansional negizlari hamda ta’lim sohasi infratuzilmalarini takomillashtirishning zamonaviy epistemologik asoslari “Kasbiy ma’naviyat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-782 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagog kadrlar ongida akademik erkinlik g‘oyasini shakllantirishning ijtimoiy-tarbiyaviy asoslarining pedagogik mexanizmlari rivojlantirilgan;
rivojlangan davlatlarda akademik erkinlik g‘oyasining shakllanishining antropopedagogik asoslari va pedagogik fasilitatsiyaning qulaylashtirish tamoyillarini konseptual aloqadorligini aniqlashtirishga doir tavsiyalardan Respublika yoshlar markazi Xorazm viloyat bo‘linmasining “Xorazm viloyatida yoshlar daftariga kirgan yoshlarni, band bo‘lmagan yoshlarni va ijtimoiy himoyaga extiyojmand oila farzandlarini kasb-hunar, ilm-fan to‘garaklarida o‘qitishni tashkil qilish” (2018-2021-y.y.) mavzusidagi amaliy loyihani “Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish texnologiyasi” qismini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2055/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar ongida akademik erkinlik g‘oyasini shakllantirishda to‘plangan tarixiy-tarbiyaviy, etnopedagogik tajribalar, milliy mentalitet, turmush tarzini rivojlantirilishiga erishilgan;
Yangi O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining strategik mohiyati asoslanib, akademik erkinlikni ta’minlashning etnosotsial jihatlari hamda ta’lim oluvchilarning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning akmeologik mezonlari (motivasiya, shaxsiy-kasbiy sifatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish, refleksivlik, kreativlik) ta’minlash asosida takomillashtirishga oid nazariy g‘oyalar “Kasbiy ma’naviyat” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida berilgan 68-782 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni akademik erkinligi shakllanib, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.