Sattorov Musurmonqul Dostonovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i nomi): “Yoshlar ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal348.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isaxonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Tilavov Uktamjon G‘ulomovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedogogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini ochib berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy tabiatshunoslik konsepsiyasining sinergetik yondashuv (murakkablik, tizimlilik, nochiziqlilik)ga asoslangan tamoyillari bugungi global ekologik beqarorlik sharoitida yoshlarda ekotizimga nisbatan ratsional munosabatni shakllantirish omili ekanligi isbotlangan;
yoshlar ekologik ongi, madaniyati va ekoestetik dunyoqarashini yuksaltirishda ta’lim-tarbiya tizimiga konstruktiv ta’sir etuvchi kognitiv yondashuvning praksiologik jihatlarini takomillashtirish zaruriyati asoslangan;
tabiat go‘zalliklarini inson tomonidan badiiy-estetik idrok etishning gedonistik-huzur halovat, utilitar-amaliy-oqilona, rasional-umumestetik asoslari aniqlangan;   
tabiiy resurslarni o‘zlashtirishning ekoturizm, ekokommunikasiya, sayohat obektlari kabi estetik shakllari davrlashtirilib, insonni tabiatga nisbatan estetik munosabatining dinamik xronologiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalarini takomillashtirish doirasida ishlab chiqilgan ijtimoiy-siyosiy takliflar asosida:
zamonaviy tabiatshunoslik konsepsiyasining sinergetik yondashuv (murakkablik, tizimlilik, nochiziqlilik)ga asoslangan tamoyillari bugungi global ekologik beqarorlik sharoitida yoshlarda ekotizimga nisbatan ratsional munosabatni shakllantirish omili ekanligiga oid taklif va xulosalardan O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashining 2019 yilga mo‘ljallangan dasturiy vazifalarni samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan “Ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilikning o‘rni”, “Yurt ozodaligi va obodligiga hissa qo‘shaylik” va “Jamoatchilik ekologik nazorati tizimini takomillashtirish” kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining sseynariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy kengashining 2022-yil 14-martdagi 03-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning atrof-muhit muhofazasiga oid bilim va ko'nikmalarini hosil qilish, ularning estetik ongini va tafakkurini sog'lomlashtirishda tabiatga estetik munosabatni takomillashishiga xizmat qilgan;
yoshlar ekologik ongi, madaniyati va ekoestetik dunyoqarashini yuksaltirishda ta’lim-tarbiya tizimiga konstruktiv ta’sir etuvchi kognitiv yondashuvning praksiologik jihatlarini takomillashtirish zaruriyatiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlari agentligi tomonidan amalga oshirilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida foydalangan (O‘zbekiston Yoshlari agentligining 2022-yil 12-apreldagi 4-13-13-977-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ekologik ong va estetik tafakkurni shakllantirishga doir ma’ruza matnlarini yaratishda va targ‘ibot vositalarining nazariy - metodologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tabiat go‘zalliklarini inson tomonidan badiiy-estetik idrok etishning gedonistik-huzur halovat, utilitar-amaliy-oqilona, rasional-umumestetik asoslariga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IV yo‘nalishiga oid Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va “Besh muhim tashabbus” doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturining 18-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 13-iyuldagi 02/02-1171-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz yoshlari ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishga xizmat qilgan;
tabiiy resurslarni o‘zlashtirishning ekoturizm, ekokommunikasiya, sayohat obektlari kabi estetik shakllari davrlashtirilib, insonni tabiatga nisbatan estetik munosabatining dinamik xronologiyasiga doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat tetradiokompaniyasining 2022 yilda efirga uzatilgan “Assalom Samarqand” va “Ma’naviyat ko‘zgusi” ko‘rsatuvini dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 28-fevraldagi 01-11/798-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda tabiatga estetik tafakkurni rivojlantirish va tabiatga estetik madaniyat sifatlarini rivojlantirishda nazarya va amalyot birligi muammosi izchillikda takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish