Shernazarov Iskandar Ergashovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro baholash tadqiqotlari asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped406.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Yaxshieva Zuhra Ziyatovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdiev Umirbek Begmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Xushvaqtova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari asosida rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti xalqaro baholash PISA tadqiqotidagi (kreativ faoliyatli, tabiiy-ilmiy) savodxonlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan grafikli masalalar mazmuniga individual murakkablikda singdirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari asosida rivojlantirish metodikasi samaradorligini tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini (hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish, ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish, ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash) yaxlit tarzda shakillantirish kabi metodik shart sharoitlari topshiriqlarni kognitiv darajalar bo‘yicha korrelyasiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatiga tayyorlashning metodik tizimi ta’limning interaktiv muhitiga moslashuvchanligini barqarorlashtiruvchi adaptiv va amaliy yo‘nalganlik tamoyillarini talabalarning mustaqil faoliyati mazmuniga produktiv barqarorlikda kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasi xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashning noan’anaviy yondashuvi va ilmiy kompetentligi (bilish, tushunish, amalda qo‘llash, tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazish, tahlil qilish, ijodiy fikrlash, shaxsiy va kasbiy faoliyatida qo‘llash)ni rivojlantirish mexanizmini intensiv barqarorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari asosida rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minotining didaktik tizimi kreativ topshriqlarni tuzishga o‘rgatuvchi usullarni kasbiy yo‘nalgan grafik-dizaynli topshiriqlar bilan maqbul kombinasiyalarda optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro baholash tadqiqotlari asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini tabiiy-ilmiy savodxonligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti xalqaro baholash PISA tadqiqotidagi (kreativ faoliyatli, tabiiy-ilmiy) savodxonlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan grafikli masalalar mazmuniga individual murakkablikda singdirishga oid takliflaridan “Uzlyuksiz ta’lim dasturlari”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 9-noyabrdagi 03-3664-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan dastur va model asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilari va o‘quvchilarning funksional va tabiiy-ilmiy savodxonligi shakllantirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari asosida rivojlantirish metodikasi samaradorligini tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini (hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish, ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish, ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash) yaxlit tarzda shakillantirish kabi metodik shart sharoitlari topshiriqlarni kognitiv darajalar bo‘yicha korrelyasiyasini ta’minlashga oid amaliy taklif va tavsiyalardan A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH in Bremen in Germany tashkilotining ish faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH, Stresemannstraße 29 28207 Bremen Datum 16.02.2023). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilari kelajakdagi kasbiy faoliyatida o‘quvchilarning tabiat hodisalarining ilmiy izohlashda tabiatshunoslik savodxonligining gnoseologik muammolarini hal qilishda fanlarning asinxron integratsiyasi asosidagi topshiriqlar yordamida tayyorlash samaradorligini oshirishga erishilgan.
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatiga tayyorlashning metodik tizimi ta’limning interaktiv muhitiga moslashuvchanligini barqarorlashtiruvchi adaptiv va amaliy yo‘nalganlik tamoyillarini talabalarning mustaqil faoliyati mazmuniga produktiv barqarorlikda kiritish hamda bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash metodikasi xalqaro baholash dasturlariga tayyorlashning noan’anaviy yondashuvi va ilmiy kompetentligi (bilish, tushunish, amalda qo‘llash, tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazish, tahlil qilish, ijodiy fikrlaysh, shaxsiy va kasbiy faoliyatida qo‘llash)ni rivojlantirish mexanizmini intensiv barqarorligini ta’minlashga doir tavsiyalaridan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli 68-235-son ma’lumotnomasi). Natijada, model yordamida talabalarining ilmiy-amaliy kompetentligi, tabiiy-ilmiy savodxonligi rivojlantirilgan;
talabalarning tabiiy-ilmiy savodxonligini xalqaro baholash tadqiqotlari asosida rivojlantirishning ilmiy-metodik ta’minotining didaktik tizimi kreativ topshriqlarni tuzishga o‘rgatuvchi usullarni kasbiy yo‘nalgan grafik-dizaynli topshiriqlar bilan maqbul kombinasiyalarda optimallashtirishga doir taklif asosida Milliy o‘quv dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huziridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 31-martdagi 01/11-01/9-192-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarni ilmiy va amaliy kompetensiyalarni va kreativ faoliyatini shakllantirishga erishilgan.