Ahadov Ma’murjon Sharipovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi renessans pedagogikasi sharoitida kimyo ta’limidagi uzviylik va uzlyuksizlikni rivojlantirish metodikasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped283.
    Ilmiy maslahatchi: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
    Rasmiy opponentlar: Nizomova Saida Adilovna, pedagogika fanlari doktori; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi renessans pedagogikasi sharoitida kimyo ta’limidagi uzviylik va uzlyuksizlikni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy-metodik faoliyatga tayyorlashning pedagogik kompetensiyalari tuzilmasini (maxsus, metodik, axborot-kommunikativ, prognostik) motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir komponentlari asosida kimyo o‘qitish jarayonini individual ta’lim traektoriyasi hamda vertikal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish bosqichlari (motivatsion, kreativ, integrativ) hamda intellektual faoliyatning tarkibiy asoslarining natijaviylik ko‘rsatkichlari (ssenariylashtirilgan dars kataloglarini yaratish) barqarorligini hisobga olish  asosida aniqlashtirilgan;
yangi renessans pedagogikasi sharoitida kimyo ta’limidagi uzviylik va uzlyuksizlik, o‘quv faoliyatiga yo‘naltirilgan metodik, kompetensiyaviy, intelektual mezonlar, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, refleksiv omillarning (ilmiy-pedagogik, didaktik, texnologik, diagnostik va metodik) metodik kompetentligi yangi kimyo darsliklari va o‘quv dasturlari asosida takomillashtirilgan;
yangi renessans pedagogikasi sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarning
metodik tayyorgarligini rivojlantirish, shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligiga ustuvorlik berish omillarini o‘zaro samarali optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
    bo‘lajak kimyo fani o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatini yaratish texnologiyasi va elektron resurslar bazasidan foydalanishning integrativ modeli maqsadli-motivatsion, konseptual-maqsadli, jarayonli-kreativ, integrativ-kognitiv, natijaviy-baholash komponentlari hamda modifikatsion faoliyatni ta’lim jarayoniga olib kirish asosida takomillashtirilgan.
kimyo darslarining tarbiyaviy maqsadi ajdodlar namunasi va o‘gitlari (kimyogar olimlar hayotdan esselar, buyuk allomalarimizning ibratli o‘gitlari, o‘quv materiallarida buyuk kimyogar olimlarning “sitatalari”dan foydalanish, idrokni rivojlantirish uchun, kimyoviy bilimlarni kundalik hayot bilan bogʻlaydigan ko‘ngilochar hikoyalar) orqali fanga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘zlashtirish dinamikasi kreativ yondashuvli faoliyat adekvatligi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi renessans pedagogikasinig ta’limdagi uzviylik va uzlyuksizlikni rivojlantirish sharoitida bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi tashkiliy, metodik-texnik, pedagogik-psixologik omillarni aniq va kognitiv vaziyatlarda diversifikatsion tashkil eta olishi, ssenariylashtirilgan dars kataloglarini yaratishga asoslangan “Kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan berilgan guvohnoma). Natijada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik parametrlari va zaruriy shart-sharoitlar mazmunini takomillashtirish imkonini bergan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining fanga oid kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi komponentlari o‘z ustda mustaqil bilim olish, hamda kimyo ta’limda o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha yangiliklarni o‘zlashtirish dinamikasini hisobga olib ijodiy yondashuvli faoliyatini individuallashtirish asosida “Anorganik kimyo” nomli darslik (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19- iyuldagi 233-son buyrug‘i bilan berilgan guvohnoma) ishlab chiqilgan. Natijada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining nazariy olgan bilimlaridan amaliy faoliyatiga foydalanishlari, kichik PISA tadqiqotlarida metodik faoliyatda tayyorgarliklarini rivojlantirishning imkonini bergan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini, o‘zlashtirishini nazorat  qilish, foydalanuvchilar va ular o‘rtasida ma’lumot almashinish, ijodiy masofaviy-kognitiv bajarish, yangi tasavvurlar, g‘oya va fikrlarni o‘zida qamrab olgan elektron veb-sayt yaratilgan, unda o‘zini-o‘zi kasbiy-shaxsiy rivojlantirish, pedagogning shaxsiy-motivatsion yo‘nalganligiga ustuvorlik berish omillarini o‘zaro samarali optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 13-dekabrdagi 89-02-954-son ma’lumotnomalari). Natijada bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining kimyo ta’limidagi uzviylik va uzlyuksizlikni ta’minlashda yangi renessans pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanib ta’limni tashkil etishni takomillashtirishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish