Saidjalolov Saidafzal Saidxanbalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mahmud Zamaxshariyning “Ruusul-masail“ asarida hanafiy mazhabi talqini”. 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar.52.
Ilmiy rahbar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Axadjon Axmedjanovich, tarix fanlari doktori, professor; Lutfillaev Hamidillo Murodillaevich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahmud Zamaxshariyning “Ruusul-masail” asarida hanafiy mazhabi talqinini ilmiy asosda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mahmud Zamaxshariyning “Ruusul-masail” asaridagi 406 ta fiqhiy masalada hanafiylar yondashuvini عندنا – “bizning nazdimizda”  deb taqdim qilishiga asoslangan holda allomaning fiqh ilmida  hanafiy mazhabi vakili ekani isbotlangan;
X-XII asrlarda Xorazmshohlar davlatida hanafiy va shofeiy mazhabi vakillari faoliyat yuritishiga qaramay, Zamaxshariydek o‘z davrining yetakchi olimlari qiyosiy fiqhshunoslikka oid “Ruusul-masail” (رؤوس المسائل), Abul-Lays as-Samarqandiy “Muxtalaf ar-rivoya” (مختلف الرواية), Abu Zayd ad-Dabusiy “Ta’sis an-nazar” (تأسيس النطر) asarlarida hanafiy mazhabini qo‘llab-quvvatlagani bois mintaqada  hanafiylik mustahkam maqomga ega bo‘lgani dalillangan;
“Ruusul-masail” hanafiylikning mashhur asarlardan “Tuhfa al-fuqaho” (تحفة الفقهاء),  “Badayi’-as-sanayi’” (بدائع الصنائع), “Kanz ad-daqoiq” (كنز الدقائق), “Al-Hidaya” (الهداية), “Kifoya”  (الكفاية) asarlari bilan solishtirilganda uning  “Badayi’”dagi  yondashuvga yaqin ekani “Qiblani aniqlash”ni ifoda qiluvchi 49-masala, “Vafot etgan kishidan zakot soqit bo‘lishi”ga bag‘ishlangan 104-masala, “Kasal inson boy bo‘lsa-da, unga haj vojib bo‘lmasligi” borasidagi  137-masalalar asosida isbotlangan.
“Ruusul-masail”dagi  (رؤوس المسائل)  “Balog‘atga etmagan bolaning biror majburiyatni tan olishi” (إقرار) haqidagi  218-masala, “Musulmon kishi va zimmiy munosabatlari”ga bag‘ishlangan (ذمي) 228-masala, “Mabtuta (مبتوتة) - ajrashish jarayonida eri vafot etgan ayolning meros olishi”ni ifoda qiluvchi 291-masala, “Mukotab – (مكاتب) va qul kishi (رقبة)ni ozod qilish (عتق)” borasidagi 299, 300, 301 va 397-masalalarda hanafiy mazhabining yondashuvi boshqa mazhablarga nisbatan bag‘rikeng ekani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Mahmud Zamaxshariyning “Ruusul-masail“ asarida hanafiy mazhabi talqini” mavzusida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Mahmud Zamaxshariyning “Ruusul-masail” asaridagi 406 ta fiqhiy masalada hanafiylar yondashuvini عندنا – “bizning nazdimizda”  deb taqdim qilishiga asoslangan holda allomaning fiqh ilmida  hanafiy mazhabi vakili ekani isbotlangan to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida  tayyorlangan «O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi» nomli kitobning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 18-maydagi 02/239-son ma’lumotnomasi). Natijada, kitob Mahmud Zamaxshariy faoliyatiga oid milliy va xorijiy miqyosdagi so‘nggi tadqiqotlarda aniqlangan yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
“Ruusul-masail” hanafiylikning mashhur asarlardan “Tuhfa al-fuqaho” (تحفة الفقهاء),  “Badayi’-as-sanayi’” (بدائع الصنائع), “Kanz ad-daqoiq” (كنز الدقائق), “Al-Hidaya” (الهداية), “Kifoya”  (الكفاية) asarlari bilan solishtirilganda uning  “Badayi’”dagi  yondashuvga yaqin ekani “Qiblani aniqlash”ni ifoda qiluvchi 49-masala, “Vafot etgan kishidan zakot soqit bo‘lishi”ga bag‘ishlangan 104-masala, “Kasal inson boy bo‘lsa-da, unga haj vojib bo‘lmasligi” borasidagi  137-masalalar asosida isbotlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida imom-xatiblar uchun  tashkil qilingan o‘quvlarda “Islomdagi mazhablar va oqimlar” fani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 19-maydagi  1527-son ma’lumotnomasi). Natija diniy soha vakillari uchun tashkil qilinadigan malaka oshirish o‘quvlarida tinglovchilarning islomdagi mazhablar, xususan, hanafiy mazhabining mohiyati borasidagi bilimlari kengayishiga xizmat qilgan;
 X-XII asrlarda Xorazmshohlar davlatida hanafiy va shofeiy mazhabi vakillari faoliyat yuritishiga qaramay, Zamaxshariydek o‘z davrining yetakchi olimlari qiyosiy fiqhshunoslikka oid “Ruusul-masail” (رؤوس المسائل), Abul-Lays as-Samarqandiy “Muxtalaf ar-rivoya” (مختلف الرواية), Abu Zayd ad-Dabusiy “Ta’sis an-nazar” (تأسيس النطر) asarlarida hanafiy mazhabini qo‘llab-quvvatlagani bois mintaqada  hanafiylik mustahkam maqomga ega bo‘lgani dalillangani borasidagi ilmiy xulosalar «Islomdagi yo‘nalishlar va mazhablar» darsligi, “Islomdagi mazhablar va oqimlar” va “Dinlardagi oqimlar va sektalar” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023-yil 19-maydagi  02-03/3883-son ma’lumotnomasi). Natija “Islomdagi mazhablar va oqimlar”, “Mazhablarni qiyosiy o‘rganish”, “Markaziy Osiyoda fiqh ilmi taraqqiyoti”, “Hanafiy mazhabi ta’limoti”, “Markaziy Osiyo mutafakkirlari” fanlarini ilmiy, o‘quv-uslubiy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
“Ruusul-masail”dagi (رؤوس المسائل) “Balog‘atga etmagan bolaning biror majburiyatni tan olishi” (إقرار) haqidagi  218-masala, “Musulmon kishi va zimmiy munosabatlari”ga bag‘ishlangan (ذمي) 228-masala, “Mabtuta (مبتوتة) - ajrashish jarayonida eri vafot etgan ayolning meros olishi”ni ifoda qiluvchi 291-masala, “Mukotab – (مكاتب) va qul kishi (رقبة)ni ozod qilish (عتق)” borasidagi 299, 300, 301 va 397-masalalarda hanafiy mazhabining yondashuvi boshqa mazhablarga nisbatan bag‘rikeng ekani asoslangani xususidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ-5186-son qaroriga 1-ilova "Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish" bo‘yicha targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 18- maydagi 08-17/438-son ma’lumotnomasi) Natija buyuk allomalarimiz  ijodidagi bag‘rikenglik g‘oyalarini aholi, xususan, yoshlar orasida targ‘ib qilishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish