Amonov Barot Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sahihul Buxoriy”ga hanafiy mazhabi asosida yozilgan sharhlar tahlili (“Umdatul qoriy” asari misolida). 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Isl54.
Ilmiy rahbar: Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlar doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Muminov Ashirbek Kurbanovich, tarix fanlar doktori; Eshonjonov Baxtiyor Ilhomovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Umdatul qoriy” asarining hanafiy mazhabi qarashlarini dalillashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Badruddin Ayniyning “Sahihul Buxoriy” (صحيح البخاري)ga yozgan sharhi “عمدة القارى” (Umdatul qoriy)ning ishonchlilik darajasi, uning Imom Buxoriyga shogirdligi Muhammad ibn Yusuf Firabriydan uch yo‘l (Abu Haysam Kashmihiniy, Abu Muhammad Saraxsiy, Abu Ali ibn Shibavayh) va har bir yo‘lda sakkiz nafar uzlyuksiz va ishonchli shayxlar sanadi mavjudligi orqali isbotlangan;
XIV asr Misrda Mamluk sultoni Ashraf Sha’bon davrida Imom Buxoriy merosiga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi natijasida “al-Jome’ as-sahih” (الجامع الصحيح)ni o‘rganish amaliyoti keng tatbiq etilib, Qohiradagi sulton qarorgohi va markaziy masjidlarda ramazon oyida Qur’on xatmi singari “Sahihul Buxoriy” (صحيح البخاري)ni xatm qilish an’anasi joriy etilgani aniqlangan;
Badruddin Ayniy “al-Jome’ as-sahih” (الجامع الصحيح)ni o‘qitishda alohida uslub va maktabga asos solganligi uning hanafiylikka asoslangan “Ayniy madrasasi” (مدرسة العينى)ni tashkil etib, unda hadislarni yodlash, sharhlash va qiyosiy tahlil qilish metodini joriy etgani misolida ochib berilgan;
Badruddin Ayniy “Umdatul qoriy” (عمدة القارى) asaridagi hadislarning hukmiy ma’nolarini batafsil yoritish maqsadida, yigirmata mezon “hadislarning mavzuga bog‘liqligi” (بيان تعلق الحديث بالترجمة), “hadis roviylari bayoni” (بيان رجاله), “hadis turlari bayoni” (بيان نوع الحديث), “savol-javob” (الأسئلة و الأجوبة), “hadisdan fiqhiy hukm olish” (استنباط الأحكام الفقهية) va “hadisdan olingan foyda” (فائدة) asosida fiqh, grammatika, tilshunoslik, manbashunoslik jihatidan hanafiy an’anasiga muvofiq sharhlaganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Sahihul Buxoriy”ga hanafiy mazhabi asosida yozilgan sharhlar tahlili (“Umdatul qoriy” asari misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Badruddin Ayniyning “Sahihul Buxoriy” (صحيح البخاري)ga yozgan sharhi “عمدة القارى” (Umdatul qoriy)ning ishonchlilik darajasi uning Imom Buxoriyga shogirdligi Muhammad ibn Yusuf Firabriydan uch yo‘l (Abu Haysam Kashmihiniy, Abu Muhammad Saraxsiy, Abu Ali ibn Shibavayh) va har bir yo‘lda sakkiz nafar uzlyuksiz va ishonchli shayxlar sanadi mavjudligi xususidagi ilmiy xulosalardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning buyurtmasi asosida tayyorlangan “Sulosiyotul Buxoriy” kitobida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 8 oktyabrdagi 02-03/7718-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar o‘quvchi va talabalarda hadis ilmining rivojlanishiga oid tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
XIV asr Misrda Mamluk sultoni Ashraf Sha’bon davrida Imom Buxoriy merosiga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi natijasida “al-Jome’ as-sahih” (الجامع الصحيح)ni o‘rganish amaliyoti keng tatbiq etilib, Qohiradagi sulton qarorgohi va markaziy masjidlarda ramazon oyida Qur’on xatmi singari “Sahihul Buxoriy” (صحيح البخاري)ni xatm qilish an’anasi joriy etilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalari 2018 yil 5 iyundagi 3178-sonli xulosasi asosida tayyorlangan “Imom Buxoriy muhaddislar sultoni” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 13 oktyabrdagi 760-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar buyuk ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosining asl mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
Badruddin Ayniy “al-Jome’ as-sahih” (الجامع الصحيح)ni o‘qitishda alohida uslub va maktabga asos solganligi uning hanafiylikka asoslangan “Ayniy madrasasi” (مدرسة العينى)ni tashkil etib, unda hadislarni yodlash, sharhlash va qiyosiy tahlil qilish metodini joriy etgani misolida ochib berilgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “Islom tarixi” (Ummaviy xalifalar davri) o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yil 13 oktyabrdagi 01-07/155-son ma’lumotnomasi). Natijada, hadis amaliyotiga doir masalalar mohiyati kengroq ochib berilib, noto‘g‘ri talqin etuvchi toifalarga raddiya berishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
Badruddin Ayniy “Umdatul qoriy” (عمدة القارى) asaridagi hadislarning hukmiy ma’nolarini batafsil yoritish maqsadida, yigirmata mezon “hadislarning mavzuga bog‘liqligi” (بيان تعلق الحديث بالترجمة), “hadis roviylari bayoni” (بيان رجاله), “hadis turlari bayoni” (بيان نوع الحديث), “savol-javob” (الأسئلة و الأجوبة), “hadisdan fiqhiy hukm olish” (استنباط الأحكام الفقهية) va “hadisdan olingan foyda” (فائدة) asosida fiqh, grammatika, tilshunoslik, manbashunoslik jihatidan hanafiy an’anasiga muvofiq sharhlaganligi xususidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Xalq mulki” va “Mavzu” turkum ko‘rsatuvlarining senariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 22 avgust 02-31-1677-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining hadis borasidagi bilimlarining yanada boyishiga, muhaddis allomalar hayoti va faoliyatiga doir keng bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan.