Shodmonov Axrorbek Akramjon o‘glining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e`lon
I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dental implantatsiya amaliyotida kompyuter modellashtirishni qo‘llash»,
14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3PhD/Tib1952.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Amxadova Malkan Abdrashidovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Respublikasi); Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarova nomidagi Qozoq Milliy Tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Tish implantatsiyasining kompyuter yordamida modellashtirish va an`anaviy usullari samaradorligini o‘rganish va baxolash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
guruhlar o‘rtasidagi statistik jihatdan muhim farqlar implant platformasi (p<0,001), cho‘qqisi (p<0,001) va implantning burchak burchagi (p<0,001) parametrlari bo‘yicha implantlarning rejalashtirilgan va jarrohlik amaliyotidan keyingi pozisiyasi o‘rtasida - platforma og‘ishi I guruh bemorlar II guruhga nisbatan 4,6 marta, implant apeks - 3,13 va burchagi - 5,57 marta yuqori bo‘lishi rentgen tekshiruvi asosida isbotlangan;
kompyuterni rejalashtirish protokoli suyak topografiyasini (4,5 marta), bir vaqtning o‘zida yo‘naltirilgan suyak regeneratsiyasiga bo‘lgan ehtiyojni (1,94 marta), implant o‘lchamlari (uzunligi - 2, 43 marta, diametri - 1,19 marta) parametrlarini an’anaviy implantatsiya protokoliga qaraganda yaxshiroq prognostik salohiyatga ega ekanligi isbotlangan;
kompyuter rejalashtirish usulining prognozlash xususiyati yordamida jarrohli amaliyotlarining I guruhda 92% rejalashtirilganidek, ananaviy guruhda esa 40% hollarda reja o‘zgartirishi isbotlangan;
olib borilgan so‘rovnomalar asosida operatsiya vaqtida bemorlarda qulaylik hissi 1,37 marta yuqori, og‘riq 3,5 marta kamroq sezilgan, operatsiyadan keyin og‘riq umuman bo‘lmagan. kompyuterni rejalashtirish usuli bemorlarga ko‘proq operatsiya ichi va operatsiyadan keyingi qulaylikni ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Implantatsiya amaliyotida jarrohlik shablonlaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotning klinik natijalari asosida:
dental implantatsiya amaliyotida kompyuter modellashtirishni qo‘llash orqali turli anatomik xosilalarni hisobga olgan holda operatsiyaning travmatik omillari kamayishi va reabilitatsiya jarayonini tezlashishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dental implantatsiya amaliyoti uchun ishlab chiqilgan jarroxlik shablonlaridan foydalanish usuli Fargona viloyat ko‘p tarmoqli stomatologik poliklinikasi (2022-yil 1-apreldagi dalolatnoma asosida) va Toshkent shaxar Viva Dental Studio nomli stomatologik klinikasida (2022-yil 5-apreldagi dalolatnoma asosida) amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarroxlik amaliyotida kompyuter modellashtirish orqali an`anaviy usulda uchrashi mumkin bo‘lgan xatoliklar va asoratlarni sonini minimallashtirishtiradi; • operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; • bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi; • bemorlarni vrach qabuliga takroriy qatnovlar sonini chastotasining 20–40% gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi jarroxlik usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 4 200 000 so‘m iqtisod qilindi. Yuqori aniqlikda va kesmalarsiz o‘tkazilgan jarroxlik amaliyotidan so‘ng bemorlarda qo‘shimcha dori vositalarga muhtojlikning bo‘lmasligi, qayta qo‘riklar sonini kamayishi, o‘rtacha analgetiklar qiymati 32 500 so‘m va o‘rtacha diuretiklar qiymati 47 000 so‘m ekanligini hisobga olganda 1 nafar 79 500 so‘m iqtisod qilinsa yiliga yillik iqtisodiy kursatkich 397 500 so‘mni (5 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 51 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 115 200 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiya amaliyotida kompyuter modellashtirishni qo‘llash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sogliqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban xulosasi (№:8n-z/368 18.07.2022 y.) taqdim etilgan.
dental implantatsiya amaliyotida kompyuter modellashtirishni qo‘llash orqali jarrohlik amaliyoti davomiyligi qisqarishini, shu bilan birgalikda dental implantlarni o‘rnatish vaqtidagi birlamchi stabilizatsiyasini ta`minlash oson va yuqori natijador bo‘lishi, bu esa bemorlarda dental implantlarni ossteointegratsiya ko‘rsatkichi tez kechishi imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dental implantatsiya amaliyoti uchun ishlab chiqilgan jarroxlik shablonlaridan foydalanish usuli Fargona viloyat ko‘p tarmoqli stomatologik poliklinikasi (2022-yil 1-apreldagi dalolatnoma asosida) va Toshkent shaxar Viva Dental Studio nomli stomatologik klinikasida (2022-yil 5-apreldagi dalolatnoma asosida) amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarroh stomatolog uchun jarroxlik amaliyotini davomiyligini qisqartirish; ogiz bo‘shligiga qo‘yilayotgan implantlar sonini optimallashtirish; • bemorlarda hayot sifatini qisqa davrda yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Implantatsiya amaliyotini oldindan modellashtirish asosida bemorlar uchun tanlangan ortopedik konstruktsiyani oddiy abatment asnosida rejalashtirish orqali 1 nafar bemor uchun xar bir implantlardan 110 000 so‘m, total xolatda o‘rnatilgan jag‘larda 660 000 so‘m iqtisod qilindi. (Buning natijasida burchakli abatmentlarga bo‘lgan talabni 30% gacha kamaytirib, bemorlar umumiy xarajatlarini 15 180 000 (23 nafar bemor uchun) ga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablaglarini 11 700 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5 300 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiya amaliyotida kompyuter modellashtirishni qo‘llash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sogliqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sogliqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban xulosasi (№:8n-z/368 18.07.2022 y.) taqdim etilgan.
kompyuter modellashtirish asosida dental implantatsiya amaliyotini o‘tkazish bemorlarda ortiqcha kesmalar o‘tkazmasdan implantlarni suyakning eng yaxshi va optimal soxasiga o‘rnatish, kesmalarsiz o‘tkazilgan amaliyot esa o‘z navbatida operatsiyadan keyingi davrda ogriqsiz va ortiqcha shishlarsiz kechadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dental implantatsiya amaliyoti uchun ishlab chiqilgan jarroxlik shablonlaridan foydalanish usuli Fargona viloyat ko‘p tarmoqli stomatologik poliklinikasi (2022-yil 1-apreldagi dalolatnoma asosida) va Toshkent shaxar Viva Dental Studio nomli stomatologik klinikasida (2022-yil 5-apreldagi dalolatnoma asosida) amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • operatsiyadan oldingi va keyingi davrda bemorlar qatnovini kamaytirish; • operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtirish; • jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda qo‘shimcha dorilar qabulini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun dental implantasiya amaliyotida kompyuter modellashtirishni qo‘llash asosida implantlarni o‘rnatish yuqori aniqlikda o‘tkazilganda jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar bo‘lish extimolligi kamaytirdi. qayta implantasiya amaliyoti o‘tkazilmasligini ta`minlashi asosida 2000000 so‘mdan 3000000 so‘mgacha iqtisod qilinadi. Takroriy ko‘ruv – 27 000 ; qayta rentgen taxlili – 110 000 ; qayta implantasiya amaliyoti – 2 000 000 ; dori- darmonlar xarajati – 50 000 (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 2 187 000 tashkil qildi). Xulosa: tadqiqot davomida foydalanilgan kompyuter modellashtirish va uning asosida implantatsiya amaliyotini o‘tkazish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablaglarini 137 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 2 050 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiya amaliyotida kompyuter modellashtirishni qo‘llash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sogliqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sogliqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban xulosasi (№:8n-z/368 18.07.2022 y.) taqdim etilgan.
kompyuter modellashtirish asosida dental implantatsiya amaliyotini o‘tkazish asosida implantlarni o‘rnatish oldindan qilingan reja asosida kechib, to‘liq reja asosida muvaffaqiyatli amalga oshishi taminlaydi. Bu esa jarroxlik amaliyotida uchrashishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni oldini olib qayta operatsiyaga muxtojlikni bartaraf etadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: dental implantatsiya amaliyoti uchun ishlab chiqilgan jarroxlik shablonlaridan foydalanish usuli Fargona viloyat ko‘p tarmoqli stomatologik poliklinikasi (2022-yil 1-apreldagi dalolatnoma asosida) va Toshkent shaxar Viva Dental Studio nomli stomatologik klinikasida (2022-yil 5-apreldagi dalolatnoma asosida) amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarroxlik operatsiyasining kirish va texnik jihatlarini optimallashtirish orqali dental implantatsiya amaliyoti davolash bosqichlarini optimallashtiriladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning jarroxlik amaliyoti uchun sonini optimallashtirish orqali yirik diametrdagi implantlardan foydalangan xolatda implantlar sonini 4 taga kamaytirish orqali (8 000 000 so‘m), ortopedik konstruktsiyalarni qayta yasalish extimolgini 10% ga qisqartirish orqali (600 000 so‘m), qayta ko‘ruvlar soni 20% ga kamaytirish orqali (54 000 so‘m) iqtisod qilindi. Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 43 270 000 so‘mni tashkil etadi (5 ta nafar bemor uchun 8 654 000 *7= 43 270 000 so‘mni tashkil etadi (Jami: 51 924 000 so‘m). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablaglarini 654 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablaglarni 8 000 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Dental implantatsiya amaliyotida kompyuter modellashtirishni qo‘llash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sogliqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sogliqni saqlash vazirligining Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatga javoban xulosasi (№:8n-z/368 18.07.2022 y.) taqdim etilgan.