Baxriddinova Muyassarxon Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis-o‘zbek tillari yuridik terminlarining leksikografik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1443.
Ilmiy rahbar: Gulyamova Gulnora Yakubovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shahabitdinova Shohida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Nargiza Muxtarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yoʼnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi o‘zbek va nemis tillari yuridik terminologiyasini va yuridik terminlarni tartibga solish tamoyillarni nemis tili terminologiyasi bilan qiyoslash orqali ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik terminlarni yaxlit bir sistema sifatida hamda terminlarni tartibga solishga qaratilgan umumhuquqiy tezaurus lug‘at tuzish zarurati asoslangan;
o‘zbek va nemis yuridik terminlarini andozalash (standartlash), ularning bir xilligi (unifikatsiyasi)ga erishish hamda yuridik lug‘at tizimini boyitish yo‘llari bo‘yicha har ikki til yuridik terminologiyasida polisemiya va sinonimiya orqali ajralib turadigan va chegaralashda zarur bo‘lgan tezaurus tuzish asoslangan;
yuridik terminlar yasalish usullari, shakl va ma’no xususiyatlariga, yuridik terminlarning o'zaro ma’noviy munosabatlarini ochib beruvchi giponimiya, sinonimiya, antonimiya kabi omillar dalillangan;
o‘zbek va nemis yuridik terminologiyasining hozirgi bosqichdagi holati, ularning semantikasi, yasalish usullariga ko‘ra yuridik lug‘at tizimini boyitish yo‘llari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
o‘zbek va nemis yuridik terminlarini andozalash (standartlash), ularning bir xilligi (unifikatsiyasi)ga erishish kabi masalalar yuridik terminlarning o‘zaro ma’noviy munosabatlarini ochib beruvchi omillar (giponimiya, sinonimiya, antonimiya) asosida yuzaga chiqishiga doir nazariy xulosalardan «Deusch » nomli 9-sinf nemis tili darsligini qayta tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016-yil 17-iyundagi AI 154-son qaroriga asosan mualliflar ma’lumotnomasi). Natijada darslikning «Staatssystem», «Bildungssystem» mavzularidagi ma’lumotlarning ta’sirchanligi, qiziqarliligi, rang-barangligi ortgan va mavzular ilmiy qarashlar asosida dalillangan;
o‘zbek va nemis tillaridagi yuridik terminlarning o‘zaro ma’noviy munosabatlarini ochib beruvchi omillar (giponimiya, sinonimiya, antonimiya) bilan bog‘liq xulosalardan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 14-iyuldagi 10/1166-son ma’lumotnomasi). Natijada terminlarning o‘zaro ma’noviy munosabatlarini ochib beruvchi omillar fundamental loyiha doirasida qo‘llanma, monografiya va tarqatma materiallar mavzularini takomillashtirishga xizmat qilgan;
nemis va o‘zbek tillari yuridik terminologiya borasidagi tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston”, “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar”, “Radioadvokat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Zamondosh”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-yanvardagi 04-36-77-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.