Mattiev Abdulaziz Oktyabrjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida holat bildiruvchi so‘zlar semantikasi, tarjima muammolari, pragmatik xususiyati va leksikografik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2769.    
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xashimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzohidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida holat bildiruvchi so‘zlar semantikasi, tarjimadagi pragmatik xususiyatlarini ochib berish hamda leksikografik talqinini  aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
holat bildiruvchi so‘zlar ko‘p ma’noli bo‘lganda, so‘zning barcha ma’nolari “holat” arxisemasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsada, ayrim semalari holat bildirmasligi har ikki tilda aniqlangan;
tarjima jarayonida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining yetakchi fe’l qismi tarjima qilinib, ko‘makchi fe’l qismi tushirib qoldirish holatini bartaraf etishning optimal yo‘li sifatida o‘zbek tilidagi harakat tarzini ifodalovchi fe’llarni ingliz tiliga fe’lning predlogli qurilmalari bilan o‘girish dalillangan;
ingliz tili izohli lug‘atlarida mavjud holat bildiruvchi so‘zlar polifunksionalligi bir so‘z bir necha turkumga doir vazifa bajarishi, hissiy ekspressiv va uslubiy jihatdan farqli ma’nolar,  til bilish darajalariga doir pometalar o‘zbek tili izohli lug‘atlarida ham berilishi lozimligi asoslangan;
holat kategoriyasining turli turkumlarga mansub vaziyat, ahvol, jismoniy yoki ruhiy jihatdan bo‘lgan ifoda, ko‘rinish qiyofa, avzoni bildiradigan ifodalovchilari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek va ingliz tillarida holat bildiruvchi so‘zlar semantikasi,  tarjima muammolari, pragmatik xususiyati va leksikografik talqini” mavzusida olib borilgan tadqiqot asosida:
ingliz/o‘zbek tillarida bog‘lovchilarning umumiy va farqli jihatlari, o‘zaro tarjimasidagi muammolarning aniqlanganligi hamda leksikografik talqini bo‘yicha takliflar, tadqiqot natijalaridan ingliz va o‘zbek tilidagi bog‘lovchilarning lingvotipologik aspektda o‘rganuvchilar uchun muhim ma’lumotlarga asoslangan natijalaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda  amalga oshirilgan OT-F1-18 «Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish» davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023-yil 16 maydagi 32-04-1190-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik, stilistika, leksikologiyaga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar  bilan  boyitilgan;
ingliz-o‘zbek qiyosiy muammolarini tadqiq qilish, takomillashtiri, leksikografik muammolarni echish kabi masalalar borasidagi tadqiqot natijalaridan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda olib borilgan S-ECAGD-18-CA-0067(PO20002335) “fy 2018 English Access Microscholarship Programm” nomli AQSh ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihalarida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022-yil 8-sentyabrdagi 221-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan  nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
struktur jihatdan bin biridan keskin farq qiluvchi ingliz va o‘zbek tillarida holat bildiruvchi so‘zlarning umumiy va farqli jihatlari, o‘zaro tarjimasidagi muammolarni aniqlash hamda leksigrafik talqinini ilmiy asoslashga doir natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-marifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlarini ssenariysida (2022 yil iyul va avgust oylari) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-sentyabrdagi 04-36-1433-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda ishda qo‘llangan yondashuv ingliz va o‘zbek tillarida holat bildiruvchi so‘zlarning o‘zaro tarjimada berilishini tadqiq etish va badiiy adabiyot tarjima sifatini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish