Saparniyazova Muyassarning
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili ergonimlarining struktur-semantik, lingvomadaniy va pragmatik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.DSc/Fil405.
Ilmiy rahbar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek onomastikasi tizimida ergonimlarning struktur-semantik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini, o‘zbek tilida ergonimik nom yaratish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek onomastikasi tizimida ergonimlar tasnifiy tamoyillar asosida oykomodonimlar, emporonimlar, pragmatonimlar, gemeronimlar, geortonimlar, poreyonimlar, firma nomlari, restoran nomlari, reklama nomlari kabi guruhlardan iborat   alohida ergonimik mikrotizimni tashkil qilishi asoslanib, hududiy ergonimik mikrotizimning ergonim-mahsulot, ergonim-xizmat, ergonim-xom-ashyo, ergonim-brend, tovar belgisi kabi funksional xususiyatlari Toshkent shahri ergonimlari misolida ochib berilgan;
ergonimlarning attraksion – reklama qilish, mahsulotga xaridorlarni jalb qilishga qaratilgan hamda kvalifikativ –  tijorat obektining joylashuv o‘rni haqida axborot berish vazifalariga ega ekanligi  asoslangan;
o‘zbek tilidagi ergonimlarning shakllanishida antroponimlar, toponimlar, retro nominatsiyalar, etnomadaniy so‘zlar, assotsiativ birliklar, predmet, belgi, miqdor, harakatni ifodalovchi so‘zlar,  xorijiy so‘zlar asos bo‘lganligi, umumiy ergonimik birliklarning ko‘pchiligi xorij so‘zlari asosida yasalgani dalillangan;
marketologiyada neyming va lingvistikada ergonimika sohalari o‘rtasidagi aloqadorlik belgilanib, neym (nom) va ergonimlar orasidagi amaliy hamda eksperimental, onomastik belgilarga ko‘ra umumiy va lingvistik jihatdan xususiy jihatlari ochib berilgan;
ergonimlarning informativlik, ishoraviylik, kommunikativ natijaviylik hamda nutqiy ta’sir ko‘rsatish kabi pragmatik xususiyatlari aniqlanib, ergonimlarda til egalari ongida o‘rnashgan madaniy kodlar namoyon bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili ergonimlarining struktur-semantik, lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlarini o‘rganish asosida:
o‘zbek onomastikasi tizimida ergonimlar tasnifiy tamoyillar asosida oykomodonimlar, emporonimlar, pragmatonimlar, gemeronimlar, geortonimlar, poreyonimlar, firma nomlari, restoran nomlari, reklama nomlari kabi guruhlardan iborat   alohida ergonimik mikrotizimni tashkil qilishi yuzasidan bildirilgan xulosalaridan  O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan 2017-2020-yillarda bajarilgan OT–F1–78 raqamli «Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (o‘zbek tili vazifaviy uslublari tahlili asosida)» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 8-iuundagi 3/1255-1255-son ma’lumotnomasi). Natijada publisistik uslub xususiyatlari ergonimlarga doir nazariy qarashlar boyitilib, dissertatsiya materiallaridan olingan misollar bilan kengaytirilgan;
o‘zbek tilidagi ergonimlarning fonetik, leksik-semantik, derivatsion va grammatik xususiyatlari, tashkilot, firma, ishlab chiqarish, tijorat, maishiy xizmat ko‘rsatish obektlarini nomlashning lingvistik, psixologik, leksikografik mezonlari va qonuniyatlari tahlili bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172-raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020–2022-yy.) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 5-maydagi 01/10-887-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili ta’limiy korpusi leksik bazasidan o‘rin olgan ergonimlarning tipologik tasnifi, struktur-semantik xususiyatlarini tavsiflashning mukammallashuviga erishilgan;
marketologiyada neyming va lingvistikada ergonimika sohalari o‘rtasidagi aloqadorlik, neym (nom) va ergonimlar orasidagi amaliy hamda eksperimental; onomastik belgilarga ko‘ra umumiy va lingvistik jihatdan xususiy jihatlar haqidagi ma’lumotlardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan yaratilgan 60230700 - Amaliy filologiya ta’lim yo‘nalishi    uchun malaka talablarini ishlab chiqishda, 2023-yil nashrga tayyorlangan “Neyming nazariyasi va amaliyoti” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 18-apreldagi 02/1-755-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanmasinining “O‘zbek tilida nom yaratish usullari”, “Neyming va ergonimika”, “Ergonimlarning pragmatik tahlili”, “Ergonimlarning lingvokulturologik tadqiqi” mavzularidagi o‘quv materiallari mazmunan boyitilgan;
umumiy ergonimik birliklar tahlili, o‘zbek tilidagi ergonimlarning shakllanishida antroponimlar, toponimlar, retro nominatsiyalar, etnomadaniy so‘zlar, assotsiativ birliklar, predmet, belgi, miqdor, harakatni ifodalovchi so‘zlar,  xorijiy so‘zlar asos bo‘lganligi, milliy nomlarni hosil qilish bo‘yicha bildirilgan xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 16-martdagi 144-son qarori normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zR Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2022-yil 29-dekabrdagi 30/1-04 dalolatnomasi). Natijada qaror loyihasida savdo, ishlab-chiqarish obektlari va mahsulotlar nomlari bo‘yicha ko‘rsatmalar aniqlashtirilishiga;
ergonimlarning attraksion – reklama qilish, mahsulotga xaridorlarni jalb qilishga qaratilgan hamda kvalifikativ –  tijorat obektining joylashuv o‘rni haqida axborot berish vazifalari xususidagi xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Bitmas xazina”, “Intervyu” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Uzreport kanalining 2023-yil 29-maydagi 17-son ma’lumot-nomasi). Natijada nom va jamiyat, nomlar tahlilining ma’naviy hayotga tatbiq etilishi bilan ko‘rsatuvlar  ssenariylarining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish