Babanazarova Sohiba Abdusharipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘xshatishlarda olamning lisoniy konseptuallashtirilishi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil643.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: Saparniyazova Muyassar, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Norboeva Shukrjon Hayitboevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi turg‘un o‘xshatishlarda olamning lisoniy konseptuallashtirilishi qonuniyatlarini ochib berish, o‘xshatishlarning olamning konseptual manzarasidagi o‘rnini belgilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
har bir xalqning tashqi olamdagi narsa-predmetlarga nisbatan ijtimoiy baholash standartlarini o‘xshatishlar misolida ijobiy yoki salbiy baho gradatsiyalarini kuzatish mumkinligi aniqlangan;
o‘zbek tilidagi turg‘un o‘xshatishlar misolida til birliklarining konseptuallashish jarayonida o‘zbek xalqi hayotini, o‘ziga xos tafakkur tarzini mujassam etishi ko‘rsatib berilgan;
o‘zbek tili egalarining lisoniy ongida tafakkuri mahsuli sifatida shakllangan erkinlik, do‘stlik, iroda, quvonch, go‘zallik kabi milliy konseptlarning turg‘un o‘xshatishlarda verballashuvi jarayoni ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi Alpomishday, avliyoday, gulday, anorday kabi turg‘un o‘xshatishlarning lisoniy shaxs ongida turli tushunchalar bilan assotsiatsiyalashuvi dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi turg‘un o‘xshatishlarning konseptual xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
har bir xalqning tashqi olamdagi narsa-predmetlarga nisbatan ijtimoiy baholash standartlarini o‘xshatishlar misolida ijobiy yoki salbiy baho gradatsiyalarini kuzatish mumkinligi haqidagi xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019-2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 16-sentyabrdagi 01-2599-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘xshatishlarda milliy konseptlarning o‘xshatishlar orqali verballashuvini ochib berishda, olamning konseptual manzarasini yoritishda, o‘zbek tilidagi o‘xshatishlarning semantik-kognitiv jihatlarini yoritishda, konseptual tahlil metodlarining turlariga tavsif berishda, o‘xshatishli qurilmalarni o‘rganishning taraqqiyot bosqichlari, tasnifini ochib berishda qo‘llangan terminlar ushbu lug‘atni boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi turg‘un o‘xshatishlar misolida til birliklarining konseptuallashish jarayonida o‘zbek xalqi hayotini, o‘ziga xos tafakkur tarzini mujassam etishiga oid ilmiy xulosalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati muassasasida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati muassasasining 2022-yil 9-noyabrdagi 34-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot xulosalari fond viloyat muassasasi zaxirasida saqlanayotgan qadimgi Xorazm tarixiga oid eksponatlarning ilmiy pasportini yozishga, fondda saqlanayotgan qo‘lyozma manbalar tabdilini yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
o‘zbek tili egalarining lisoniy ongida tafakkuri mahsuli sifatida shakllangan erkinlik, do‘stlik, iroda, quvonch, go‘zallik kabi milliy konseptlarning turg‘un o‘xshatishlarda verballashuvi jarayoni haqidagi ma’lumotlardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining efirga uzatilgan “Nafosat”, “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 24-noyabrdagi 2235-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni o‘xshatishlarning o‘rganilish tarixi va semantikasi, kognitiv jihatlariga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan.