Kubaev Aziz Saidolimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz jag‘ sohasi o‘smalari bilan bemorlarni tashhislash, davolash va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishga tizimli yondashuv», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib570.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich,tibbiyot fanlari doktori, professor; Iordanishvili Andrey Konstantinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bakiev Baxtiyar Abdullaevich,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tokai Central Hospital (Yaponiya).
II. Tadqiqotning maqsadi yuz-jag‘ sohasi o‘smalarida stereolitik modellar asosidagi  har tomonlama takomillashtirish asosida stomatologik yordam ko‘rsatishning mavjud tartibini chuqur o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yuqori jag‘ning subtotal nuqsonlarini bartaraf etish uchun ikki bosqichli jarrohlik taktikasini qo‘llash va nuqsonni individual 3D protezlari bilan birlamchi yopish usuli ishlab chikilgan;
Yuz-jag‘ sohasi o‘smalarini kelib chiqish sabablarining chastotasini klinik va statistik tahlil qilinganda yosh o‘sishi bilan ko‘rsatkichlar darajasining o‘sishi asoslangan;
Yuz-jag‘ sohasi o‘smalari bor bemorlarga jag‘ protezi asosi va obturatoridan foydalanish og‘iz shilliq qavatida mikoblar tomonidan kolonizatsiya qilinishiga tahsir qilinishi isbotlangan;
Yuz-jag‘ soxasi o‘smalari bo‘lgan bemorlarda nur va kimyo terapiyasi bilan birga o‘tkazilgan jarrohlik muolajasidan 2-3 oy o‘tib murojaat qilgan bemorlarda mikrob tasvirining o‘rganilganda og‘iz shilliq qavatida mikroblar sonining o‘sganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Yuz jag‘ sohasi o‘smalari bilan bemorlarni tashhislash, davolash va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishga tizimli yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yuz-jag‘ sohasi deformatsiyalari mavjud bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashdan so‘ng reabilitatsiya qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Orttirilgan jag‘ suyaklari nuqsonlari bo‘lgan bemorlar turmush sifati» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 31 maydagi 8n–r/566–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yuz-jag‘ nuqsonlariga ega bemorlarni jarrohlik usuli yordamida davolash va reabilitatsiya qilish imkonini bergan: Ushbu 3D protezlar yordamida nuqsonni bartaraf etish  bilan birlamchi yopish og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining mikroblar tomonidan kolonizatsiya qilinishi darajasini sezilarli miqdorda kamaytrishini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yuqori jag‘ning subtotal nuqsonni individual 3D protezlari bilan birlamchi yopish usuli Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 y №21), Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filiali bo‘yicha buyruq (21.04.2022 №36), hamda Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 №35) bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kuydagilardan iborat: • olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi aholi o‘rtasida yuz-jag‘ sohasi o‘smalarini  vaqtida aniqlash va bartaraf etish; • davo muolajalarini individual tanlab berish bemorlarda kuzatiladigan asoratlarni oldini  olishga va davo samarasini oshirish; • bemorlar turmush sifatini yaxshilaydi; • takroriy jarrohlik aralashuvlar chastotasini 13,2% dan 6,8% gacha kamaytiradi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: orttirilgan yuz-jag‘ nuqsonlari mavjud bemorlarni davolash va reabilitatsiyasi samaradorgini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqarilishi natijasida  natijasida 1 nafar bemor uchun 2 200 000 so‘m iqtisod qilindi. (tajribaga ko‘ra 13,2 foiz bemorlarda qayta jarroxlik (ikkinchi jarroxlik) opresiyasi amalga oshiriladi).  Qayta jarrohlik amaliyoti darajasini 13,2 foizdan 6,8 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 2 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 40 nafar bemordan kasallik kaytalanishi 5 bemordan 2 bemorgacha ikkilamchi jarroxlik operatsiya kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 2 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 3 600 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa:  Ushbu xolatda aytib utilgan davolash taktikasining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini  4 400 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz jag‘ sohasi o‘smalari bilan bemorlarni tashxislash, davolash va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishga tizimli yondashuv»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 15-iyundagi 1940-sonli xat yuborilgan.
Axoliga xususan 50 yoshdan yuqori yoshdagi axoliga stomatologik kompleks yordam choralarini shakllantirish, onkologik holat aniqlangan bemorlarda tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy yordam berish tizmini yaxshilash yuz-jag‘ sohasi o‘smalari natijasida kelib chiqadidagan nuqsonlarni kelib chiqishini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Yuqori jag‘ning subtotal nuqsonni individual 3D protezlari bilan birlamchi yopish usuli Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 y №21), Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filiali bo‘yicha buyruq (21.04.2022 №36), hamda Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 №35) bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar davolashdan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytaradi; • ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 2 200 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil stomatologik tekshiruv amaliyotlari paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% (40 dan 8ta bemorlar) yuz-jag‘ soxasi o‘smalari bilan kasallangan bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini  17 600 000 (8 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: ushbu xolatning amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 11 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 6 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz jag‘ sohasi o‘smalari bilan bemorlarni tashxislash, davolash va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishga tizimli yondashuv»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 15-iyundagi 1940-sonli xat yuborilgan.
Yuz-jag‘ sohasi o‘smalari bor bemorlarga jag‘ protezi asosi va obturatori “Dentalur” markali qattiq poliuretan ("Dentalur" OAJ, Rossiya)dan foydalanish og‘iz shilliq qavatida mikoblar tmonidan kolonizatsiya qilinishini sezilarli ravishda kamaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yuqori jag‘ning subtotal nuqsonni individual 3D protezlari bilan birlamchi yopish usuli Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 y №21), Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filiali bo‘yicha buyruq (21.04.2022 №36), hamda Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 №35) bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • kasallikdan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; • kasallikdan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; • ushbu davolanishdan keyin bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun ushbu keltirilgan tekshiruv amaliyoti bemorlarning davolanishdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 90 000 sum; xom ashyo – 120 000 sum; protez-150 000 sum; (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 360 000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 3, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 1 080 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: ushbu tekshiruv usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 720 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 360 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz jag‘ sohasi o‘smalari bilan bemorlarni tashxislash, davolash va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishga tizimli yondashuv»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 15-iyundagi 1940-sonli xat yuborilgan.
Yuz-jag‘ soxasi o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarda xar-hil turdagi protezlardan foydalanilganda turli protezlardan foydalanilganda turlicha kolonizatsiya qilinishi aniqlandi. Xususan shakllanturuvchi protez o‘rnatilgandan keyin 1, 5, 15 sutkalarda, 3, 6, 12 oylarda mikroblar soni tekshirilganda (Staphylococcusspp., Klebsiellaspp., Pseudomonas aeruginosae) mikroblar kolonizatsiyasi maksimal darajaga  etganligi va aksincha Veillonellaparvula va Corynebacteriumxerosis kabi juda muxim stabillashtiruvchi antagonist bakteriyalar vakillarining kolonizatsiyasi kuzatilmaganligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Yuqori jag‘ning subtotal nuqsonni individual 3D protezlari bilan birlamchi yopish usuli Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 y №21), Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarkand filiali bo‘yicha buyruq (21.04.2022 №36), hamda Toshkent shaxar 7-son shaxar shifoxonasi bo‘yicha buyruq (22.04.2022 №35) bilan tibbiyot birlashmasi bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida YJS o‘smalari bilan kasallangan bemorlarda bemorlarning kundalik xayot faoliyati yaxshilanadi va kasalxonaga yotib davolanish kunini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,3 kundan 5,2 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 495 ming so‘mga kamaytirdi (preyskurantga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 165.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 420 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 105 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 35 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 40 800 000 so‘mni tashkil etadi (40 ta operatsiya bo‘yicha 1 020 000*40= 40 800 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 27 540 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 13 260 000 so‘m); 12 000 000 - ikkinchi operatsiya narxini kamaytirish orqali samaradorlikka erishiladi. 3 ta bemorda jarroxlikdan keyin asoratlar chastotasini kamaytirish xisobiga  695 000 sum iqtisod qilindi. Jami: 53 495 000 so‘m). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 38 841 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 15 104 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yuz jag‘ sohasi o‘smalari bilan bemorlarni tashxislash, davolash va reabilitatsion tadbirlarni rejalashtirishga tizimli yondashuv»  mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2022 yil 15-iyundagi 1940-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish