Abrorov Akbar Saidovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompleks ishlov berish usuli bilan tola ajratish mashinalari arrali silindr arra tishlari sirtini mustahkamlash texnologiyasini ishlab chiqish” 05.02.03-Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2495.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Fazliddin Aminovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
II. Tadqiqotning maqsadi tola ajratish mashinalarida arra tishlarining umrboqiyligini oshirish imkoniyatini beruvchi ionli azotlash va lazerli puxtalashning yangi texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini jinlash mashinasidagi arrali disk tishlari uchun ilk marotaba ionli azotlash va lazer nuri orqali puxtalash texnologiyasining ketma - ketligi ishlab chiqilgan;
jinlash mashinasining arra tishlari ishchi zonasini ionli azotlash imkoniyatini beruvchi va arraning ortiqcha deformatsiyalanishdan saqlovchi yangi moslamaning konstruktiv va texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;
jin mashinasining arra tishlarini ishchi yuzasida kimyoviy-termik ishlov berilgan so‘ng hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar ya’ni, egilish, sinish va eyilish imkoniyatini aniqlab beruvchi matematik model ishlab chiqilgan;
ionli azotlash va lazer nuri yordamida paxta xomashyosini jinlash mashinasining arra tishlari mustahkamligini oshiruvchi kimyoviy moddalarning ulushlarining ratsional qiymatlari regression matematik model asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arrali silindr tishlarini ionli azotlash va lazer nuri yordamida puxtalash orqali samaradorligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arra tishlarini ionli azotlash va lazer nuri yordamida qayta ishlash natijasida tishlari mustahkamlangan arrali silindrlar Buxoro viloyati “Buxoro Agroklaster” MChJ ga qarashli G‘ijduvon paxta tozalash AJ da, Kogon paxta tozalash AJda, Shofirkon paxta tozalash AJda va Romitan tumanidagi “BST Cluster Agrokompleks” MChJ ga qarashli paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 21 fevraldagi 02/22-92-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jin arralarining ishlash muddati 2,0-2,5 barobarga oshgan hamda paxta tozalash korxonasi misolida jami yillik iqtisodiy samaradorlik 4029027,5 ming so‘mni tashkil etgan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha 5 ta xalqaro va 3 ta Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida ma’ruza qilingan, hamda aprobatsiyadan o‘tkazilgan. Namangan viloyat televideniyasi “Guldasta” musiqiy informatsion dasturining “Suhbatdosh” sahifasida intervyu berilgan.
V. Ixtiro patenti. «Diskli arra tishlariga termik ishlov berish usuli» nomli ixtiro patentiga» (№ IAP 06848, 25.03.2022 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022 yil 3-son xulosasi.