Xaydarova Ozodaxon Musojonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gruntning tarkibiy buzilishini hisobga olgan holda dinamik kuchlar ta’sirida gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM316.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xusanov Baxtiyar Ergashbaevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. 
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sultanov Tohirjon Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor;
Bo‘riev Abdulaziz Tojiboevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi gruntning tarkibiy buzilishini hisobga olgan holda dinamik kuchlar ta’sirida gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usullarini takomillashtirish va ishlab chiqishdan iborat
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
dinamik kuchlar ta’sirida to‘g‘on materialidagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda hisob sohasini uchburchak elementlarga ajratish yo‘li bilan gruntli to‘g‘onlarni chekli ayirmalar usulida hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
deformatsiyalish va namlanish davrida gruntning tarkibiy o‘zgarishi, dinamik kuchlar ta’siridagi to‘g‘onning hususiy og‘irligi hamda gruntning chiziqsiz deformatsiyalanishini hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini sonli hisoblash algoritmi va dasturi yaratilgan; 
seysmik kuchlar va gruntli to‘g‘onning hususiy og‘irligi hisobiga gruntdagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda gruntli to‘g‘onning dinamik harakati bo‘yicha masalani echishning sonli usuli ishlab chiqilgan;
gruntli to‘g‘onlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati deformatsiya va namlanish hisobiga gruntdagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olib seysmik kuchlar ta’sirida aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Monitoring kuzatuv natijalaridan foydalanib gruntli to‘g‘onlarning hisoblash usuli takomillashtirilgan va hisoblash dasturi ishlab chiqilgan:
Qo‘rg‘ontepa suv ombori to‘g‘onida grunt namligi, elastik, plastik va yopishqoqlikni hisobga olib to‘g‘onning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati tahlil qilingan. Shuningdek, ishlab chiqilgan dastur yordamida Qo‘rg‘ontepa suv ombori to‘g‘onida nazorat o‘lchov asboblari orqali olingan kuzatish natijalari, ya’ni kuchlanishlar, siljishlar, deformatsiya va cho‘kishlarning qiymatlari tadqiqot ishida ishlab chiqilgan nazariy yo‘l bilan hisoblangan qiymatlariga solishtirilganda 2-3% ga farqi aniqlanib, dissertatsiya ishi natijalarining ishonchliligini ko‘rsatgan.(Farg‘ona viloyati suv omborlari boshqarmasi bilan 19.10.2022y, 06.12.2022 y.da dalolatnomalar tuzilgan). 
Tavsiya etilgan hisoblash usuli gruntli to‘g‘onlarning deformatsiya, ko‘chish, cho‘kish, siljishlarini aniqlash imkoniyatiga ega, bunda muhim iqtisodiy samaradorlikka hamda 1,5 barobargacha hisoblash vaqtini tejashga erishilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 23 dekabrdagi 03/37-2900-sonli ma’lumotnimasi)
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish