Jalolova Madina Shopo‘lat qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Transport tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish» mavzusidagi, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1398.
Ilmiy rahbar: Zaxidov G‘ofurjon Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salomova Sarvinoz Salomovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida transport tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra transport tizimi va transport infratuzilmasini o‘z ichiga olgan “transport kompleksi” tasnifi asosida transport tizimining mamlakat iqtisodiy rivojlanishga ta’siri omillari va natijalari hamda asosiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;
transport xizmatlari sifatini bazaviy va ekspert ma’lumotlariga ko‘ra baholash uslubi ikkita ko‘pburchak maydonlarini solishtirish va transport xizmatlarini ko‘rsatishning sifat guruhlari darajalari bo‘yicha ekspert baholaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
temir yo‘l transporti faoliyatining yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini beruvchi tizim mulkiy majmuasi asosiy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi me’yoriy nisbatlar (asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar [70-80% / 20-30%]; ishlab chiqarish va noishlab chiqarish [90-98% / 2-10%]; aylanma va muomala fondlari [50-65% / 50-35%] va h.k.)ning maqbul qiymatlari asoslangan;
O‘zbekistonda transport tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli vazifalar asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Transport tizimini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy xulosalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra transport tizimi va transport infratuzilmasini o‘z ichiga olgan “transport kompleksi” tasnifi asosida transport tizimining mamlakat iqtisodiy rivojlanishga ta’siri omillari va natijalari hamda asosiy shart-sharoitlarini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solishning takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Mahalliy salohiyat va iqtisodiy rivojlanish siyosati” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022 yil 24 oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i). Mazkur transport tizimini davlat tomonidan tartibga solishning takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun takomillashtirilgan holda o‘quv qo‘llanmaga kiritilishi natijasida talaba va mutaxassislarning transport tizimi va transport infratuzilmasi faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
transport xizmatlari sifatini bazaviy va ekspert ma’lumotlariga ko‘ra baholash uslubining ikkita ko‘pburchak maydonlarini solishtirish va transport xizmatlarini ko‘rsatishning sifat guruhlari darajalari bo‘yicha ekspert baholaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan variantini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 8-iyundagi 4-1/3900-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tarmoq korxonalari faoliyatida belgilangan (0-1) shkalaga ko‘ra baholanganda 0,55 birlikka tengligini aniqlangan hamda korxonaning innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash imkoni yaratilgan;
temir yo‘l transporti faoliyatining yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini beruvchi tizim mulkiy majmuasi asosiy tarkibiy qismlari o‘rtasidagi me’yoriy nisbatlar (asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar [70-80% / 20-30%]; ishlab chiqarish va noishlab chiqarish [90-98% / 2-10%]; aylanma va muomala fondlari [50-65% / 50-35%] va h.k.)ning maqbul qiymatlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 8-iyundagi 4-1/3900-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish natijasida temir yo‘l transport tizimining rivojlanish konsepsiyalarini ishlab chiqish, iste’molchilari bilan faoliyatlarini samarali tashkil etish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, logistika xizmatlari provayderlarining raqobatbardoshligini oshirish, shu bilan birgalikda temir yo‘l transport tizimi faoliyati samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda transport tizimining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha maqsadli vazifalar asosida 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 8-iyundagi 4-1/3900-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida o‘rta muddatli istiqbolda transport xizmatlari ko‘rsatish hajmi hamda asosiy parametlari aniqlashtirilib, jumladan tovarlarni transport vositalari orqali manzilga etkazib berish vaqti 25 foizga qisqarishi va rivojlanish darajasi 15 foizga oshishi o‘z tasdig‘ini topgan.