Qurbanov Dilshodbek Farhod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xomiladorlar – tuqqanlar emizikli ayollar tizimida stomatologik kasalliklar profilaktikasining tibbiy – ijtimoiy jihatlari», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2843.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc)yu
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori; Olimov Siddiq Sharipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: FDAOTM Sank-Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlar-tuqqanlar-emizikli ayollar tizimida stomatologik kasalliklar uchrashi, og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immunitet omillari parametrlarini baholash orqali stomatologik salomatlikni muhofaza qilish imkonini beruvchi stomatologik kasalliklar profilaktikasining tibbiy-ijtimoiy jihatlarini aniqlash va baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlar-tuqqanlar-emizikli ayollar tizimida stomatologik salomatlikni qiyosiy o‘rganish hamda baholash, ilk bor va ko‘p marta homilador bo‘lganlarda stomatologik kasalliklar uchrash darajasini aniqlash;
homiladorlar-tuqqanlar-emizikli ayollar tizimida og‘iz bo‘shlig‘idagi karioz va nokarioz kasalliklar uchrash darajasini aniqlash va qiyosiy baholash;
ushbu kategoriyadagi ayollar so‘lagi maxsus bo‘lmagan himoya omillari va sitokin statusini baholash orqali stomatologik salomatlikni baholap imkonini beruvchi diagnostik va prognostik mezonlar ishlab chiqish;
homilador, tuqqan va emizikli ayollarda stomatologik kasalliklar uchrash darajasining tibbiy-ijtimoiy jihatlari, unga bog‘liq holda og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immunitet omillarini baholash orqali ular orasida stomatologik salomatlikni muhofaza qilish imkonini beruvchi profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homiladorlar-tuqqanlar-emizikli ayollar tizimida stomatologik kasalliklar profilaktikasining tibbiy-ijtimoiy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
ilk bor ko‘p marta homilador ayollar stomatologik salomatligi buzilganlar birlamchi homiladorlarga nisbatan 2,64 martaga ishonarli darajada yuqori bo‘lgani isbotlanib, emizikli ayollarda stomatologik kasalliklar uchrash darajasi homiladorlar va tuqqanlarga nisbatan 1,67 va 1,69 martaga ishonarli ko‘p bo‘lganligi, bu emizikli davr ta’siri bo‘lmay, homiladorlikdagi omillar ta’sirining davomi ekanligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalar stomatologik xizmatni tashkil etishda, stomatologik salomatlik buzilishining emizikli ayollarda homilador va tuqqanlarga nisbatan ishonarli darajada ko‘p uchrashining aniqlanishi o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarining rejalashtirilishi hamda amalga oshirilishi imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Kogon tumani tibbiyot birlashmasi buyruq (11.05.2023 y.; №3/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.05.2023 y.; № 5/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligi klinik va tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish orqali bemorlarni davolash sifatini yaxshilagan, profilaktikasining samarali bo‘lishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari stomatologik xizmatni tashkil etishda, stomatologik salomatlik buzilishining emizikli ayollarda homilador va tuqqanlarga nisbatan ishonarli darajada ko‘p uchrashining aniqlanishi o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 7 144 000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligi tibbiy-ijtimoiy jihatlarini qiyosiy o‘rganish natijalari stomatologik xizmatni tashkil etishda, stomatologik salomatlik buzilishining emizikli ayollarda homilador va tuqqanlarga nisbatan ishonarli darajada ko‘p uchrashining aniqlanishi o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi hisobiga 1 nafar bemor uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning 7 144 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xomiladorlar - tuqqanlar - emizikli ayollar tizimida stomatologik kasalliklar profilaktikasining tibbiy-ijtimoiy jihatlari” mavzusi bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining ilmiy yangiligini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi 04/2667-sonli xat yuborilgan.
birinchi marta homilador bo‘lganlarda karies ko‘p homilador bo‘lganlarga nisbatan 2,04, periodontit 2,52, surunkali parodontit 2,14, emal eroziyasi 3,77 va emal gipoplaziyasi 5,65 martaga kam uchragani aniqlangan, xuddi shunday raqamlar tuqqanlar bo‘yicha ham olingan, ushbu kasalliklar uchrash darajasi bo‘yicha tavofut homiladorliklar soni bilan bog‘langan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: homilador bo‘lganlarda karies, periodontit, surunkali parodontit, emal eroziyasi va emal gipoplaziyasining uchrash darajasi homiladorliklar soni bilan bog‘liqligi aniqlangan, bu esa profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirilishi homiladorlik paytidan boshlanishi lozimligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Kogon tumani tibbiyot birlashmasi buyruq (11.05.2023 y.; №3/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.05.2023 y.; № 5/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘p homilador bo‘lgan ayollarda karies, periodontit, surunkali parodontit, emal eroziyasi va emal gipoplaziyasining profilaktik chora tadbirlarining amalga oshirilishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘p homilador bo‘lgan ayollarda karies, periodontit, surunkali parodontit, emal eroziyasi, emal gipoplaziyasi kabi og‘iz bo‘shlig‘i patologik holatlari profilaktikasining amalga oshirilishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni davolash-profilaktika natijalarini yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkoniyati, bemorning stomatolokka qatnovlari sonini qisqartirib, xarajatlar miqdorini har bir bemor uchun kariesni davolash maqsadida 50 000 so‘m, periodontitni davolash uchun 100 000 so‘m, surunkali parodontitni davolash uchun 175 000 so‘m, jami 325 000 so‘mgacha kamaytirgan. Xulosa: ko‘p homilador bo‘lgan ayollarda karies, periodontit, surunkali parodontit, emal eroziyasi va emal gipoplaziyasining profilaktik tadbirlari amalga oshirilishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi stomatologlarga bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash uchun maqsadli yondashuv imkoniyatini berib, kasallik asoratlari rivojlanishining oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Xomiladorlar - tuqqanlar - emizikli ayollar tizimida stomatologik kasalliklar profilaktikasining tibbiy-ijtimoiy jihatlari” mavzusi bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining ilmiy yangiligini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi 04/2667-sonli xat yuborilgan.
sIgA va laktoferrinning so‘lakdagi miqdorlari homiladorlarda homilador bo‘lmaganlarga nisbatan 1,02 va 3,29 martaga ishonarli ravishda ko‘p bo‘lgan, yallig‘lanishni qo‘llovchi (IL-1β, IL-6) va unga qarshi (IL-10) sitokinlar konsentratsiyasi bir xil tendensiya va intensivlikda oshgan, ular o‘zgarishlari homiladorliklar soniga emas, stomatologik kasalliklar bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatib berilgan, emizikli ayollarda barcha parametrlar homilador va tuqqanlar ko‘rsatkichlaridan statistik jihatdan ahamiyatli past bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sIgA va laktoferrinning so‘lakdagi miqdori homiladorlarda homilador bo‘lmaganlarga nisbatan ishonarli ravishda ko‘p bo‘lgani, IL-1β, IL-6, IL-10 konsentratsiyalari bir xil tendensiya va intensivlikda oshgani, emizikli ayollarda barcha parametrlar homilador va tuqqanlar ko‘rsatkichlaridan ishonarli past bo‘lgani isbotlanganligi, ilk bor stomatologik salomatlikni baholashda so‘lakdagi laktoferrin, IL-6 va IL-10 konsentratsiyalarini aniqlash diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Kogon tumani tibbiyot birlashmasi buyruq (11.05.2023 y.; №3/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.05.2023 y.; № 5/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sIgA, laktoferrin, IL-1β, IL-6, IL-10 larning so‘lakdagi konsentratsiyalari homiladorlarda homilador bo‘lmaganlarga nisbatan oshgani, emizikli ayollarda barcha parametrlar homilador va tuqqanlar ko‘rsatkichlaridan ishonarli past bo‘lgani isbotlanganligi, ilk bor stomatologik salomatlikni baholashda so‘lakdagi laktoferrin, IL-6 va IL-10 larning so‘lakdagi miqdorlarini aniqlash stomatologik kasalliklar shakllanishi va rivojlanishining diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlar oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida profilaktika chora tadbirlari tibbiy-ijtimoiy samaradorligini oshirish evaziga ayollar stomatologik salomatligini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilk bor stomatologik salomatlikni baholashda so‘lakdagi laktoferrin, IL-6 va IL-10 larning so‘lakdagi miqdorini aniqlash stomatologik kasalliklar rivojlanishi diagnostik mezoni sifatida tavsiya etilganligi bemorning poliklinikada davolanish davrining 1-2 kunga qisqartirishiga olib kelishi hisobiga stomatologik material va dori sarfi kam talab etilgan. Xulosa: ilk bor stomatologik salomatlikni baholashda so‘lakdagi laktoferrin, IL-6 va IL-10 konsentratsiyalarini aniqlash diagnostik mezon sifatida stomatologik amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga sarflanadigan mablag‘larni 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Xomiladorlar - tuqqanlar - emizikli ayollar tizimida stomatologik kasalliklar profilaktikasining tibbiy-ijtimoiy jihatlari” mavzusi bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining ilmiy yangiligini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi 04/2667-sonli xat yuborilgan.
ilk bor homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligini baholashda so‘lakdagi laktoferrin, IL-6, IL-10 miqdorlarini aniqlash diagnostik hamda stomatologik patologiyalar yakuni istiqbolini belgilashda prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligini aniqlash va baholashda ular so‘lagidagi laktoferrin, IL-6, IL-10 miqdorlarini aniqlash stomatologik patologiyalar yakuni istiqbolini belgilashda prognostik mezonlar sifatida ilk bor tavsiya etilganligi, ommaviy va profilaktik stomatologik ko‘riklar o‘tkazish uchun ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan, chunki ular immun javob kuchi, uning davomiyligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Kogon tumani tibbiyot birlashmasi buyruq (11.05.2023 y.; №3/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.05.2023 y.; № 5/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: stomatologik salomatlik buzilishining emizikli ayollarda homilador va tuqqanlarga nisbatan ishonarli ko‘p uchrashi profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda ahamiyatli bo‘lishi ko‘rsatib berilganligi, homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligini baholashda so‘lakdagi laktoferrin, IL-6 va IL-10 miqdorlarini aniqlash prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilganligi ommaviy va profilaktik stomatologik ko‘riklar o‘tkazish uchun ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligini baholashda so‘lakdagi laktoferrin, IL-6 va IL-10 miqdorlarini aniqlash prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilganligi ommaviy va profilaktik stomatologik ko‘riklar o‘tkazish uchun ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilib, uning stomatologik amaliyotda qo‘llanilishi o‘tkazilgan profilaktika natijalarini yaxshilash imkonini berib, 1 marta o‘tkazilgan ommaviy va profilaktik stomatologik ko‘rik hisobiga byudjet mablag‘larini 7 144 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: homilador, tuqqan va emizikli ayollar stomatologik salomatligini aniqlash va baholashda ular so‘lagidagi laktoferrin, IL-6, IL-10 miqdorlarini aniqlash stomatologik patologiyalar yakuni istiqbolini belgilashda prognostik mezonlar sifatida ilk bor tavsiya etilganligi ommaviy va profilaktik stomatologik ko‘riklar o‘tkazish uchun ahamiyatli ekanligi ko‘rsatilgan, chunki ular immun javob kuchi, uning davomiyligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish imkonini bergan. 1 marta o‘tkazilgan ommaviy profilaktik stomatologik ko‘rik hisobiga byudjet mablag‘larini 7 144 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xomiladorlar - tuqqanlar - emizikli ayollar tizimida stomatologik kasalliklar profilaktikasining tibbiy-ijtimoiy jihatlari” mavzusi bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishining ilmiy yangiligini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2023 yil 18 maydagi 04/2667-sonli xat yuborilgan.