Hamroeva Dilafro‘z Shukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini baholash va profilaktik choralarini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib2858.
Ilmiy rahbar: Mirsalixova Firuza Luqmonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Siddiq Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori., dotsent; Sokolovich Natal`ya Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.(Rossiya federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: «Samarqand davlat tibbiyot universtiteti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yurak nuqsoni mavjud bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini o‘rganish hamda baholash, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari profilaktikasini takomillashtirishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda klinik-funksional, laborator, sitologik ko‘rsatkichlar disbalansi va stomatologik kasalliklar klinik simptomlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan, bu bog‘liqlik ushbu kasalliklar shakllanishi va rivojlanishida asosiy o‘rin tutishi patogenetik jihatdan asoslangan;
yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalar og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi darajasi va parodont yumshoq to‘qimalarida yallig‘lanish reaksiyasi faolligi tishlar kariesi va parodont kasalliklari rivojlanishining asosiy xavf omillari ekanligi aniqlangan;
ilk bor yurak nuqsoni mavjud bolalar stomatologik salomatligini mustahkamlash maqsadida tavsiya etilgan profilaktik chuqur ftorlash bilan reminerallashtiruvchi terapiyaning yuqori samaradorligi aniqlangan;
yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalar uchun ishlab chiqilgan stomatologik kasalliklarning oldini olish kompleks tadbirlar algoritmi profilaktik samaradorlikni oshirganligi, karies asoratlari va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari residivlari sonini ishonarli darajada kamaytirgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyun №23-z/038 son xulosasiga ko‘ra:
tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda organizmdagi klinik-funsional, laborator va sitologik ko‘rsatkichlar va og‘iz bo‘shlig‘ida asosiy stomatologik kasalliklarning klinik alomatlari o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ishning amaliy ahamiyati, tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda stomatologik kasalliklar tarqalish darajasi va asosiy xavf omillarini o‘rganish hamda tahlil qilishdan iborat bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2022 y.; № 29) hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.09.2022 y.; № 26) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda stomatologik kasalliklar, ayniqsa karies, gingivit, parodontit kasalliklarini erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi davolash usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor bola uchun 750 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 15,5 foiz bemor bolalarda qayta davolash muolajasi amalga oshiriladi). Qayta davolash amaliyoti darajasini 15,5 foizdan 10 foizga kamaytirgan (1 nafar bemor boladan 750 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 40 nafar bemor boladan kasallik kaytalanishi 6,2 nafar bemordan 4 nafar bemorgacha ikkilamchi davolash muolajasi kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 750 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 4 500 000 so‘mni (6 nafar bemor bola uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 850 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 750 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda og‘iz suyuqligi ko‘rsatkichlarida biofizik o‘zgarishlar, og‘iz bo‘shlig‘ida gigiena darajasi va parodont yumshoq to‘qimalarida yallig‘lanish reaksiyasi asosida tishlar kariesi, parodont kasalliklari rivojlanishining asosiy xavf omili ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy tibbiyotga tadbiq etilishi tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda stomatologik kasalliklarni davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2022 y.; №29) hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.09.2022 y.; № 26) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: to‘qimalarning sitologik tekshiruvi yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida parodont yumshoq to‘qimasidagi o‘zgarishlar, stomatologik kasalliklarni o‘z vaqtida tashxislashga qaratilgan va yallig‘lanish jarayonidagi qaysi dori vositasidan to‘g‘ri foydalanishga qaratilgan. Undan foydalanish qulay va bemorlarda turli xildagi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini oldini oladi. Shu bilan birga, ushbu tekshirish usuli shartlarida sezilarli farqlarning yo‘qligi, shuningdek, to‘qimalarning sitologik tekshiruvi yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazishning iqtisodiy samaradorligi ushbu patologiyani tashxislashda juda qulay usullardan biri hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun taklif qilingan dori vositalari amaliyotda kompleks davolash bilan chambarchas bog‘liq bulib, ishlab chiqilgan davolash usuli bemor bolalarning davolashdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi, quyidagicha: qayta ko‘rik – 45 000 so‘m; qayta stomatologik muolajalar – 105 000 so‘m; dori- darmonlar xarajati – 150 000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor bola uchun 300 000 so‘m tashkil qildi, yillik qaytalangan bemor bolalar soni 4, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 600 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi davolash usulining amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini 750 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 480 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda ilk bor chuqur ftorlash bilan birga reminerallashtiruvchi terapiyaning yuqori profilaktik samaradorligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ushbu kontingentga mansub bemor bolalarda karies kasalligi klinik belgilarini o‘ziga xosliklari aniqlanadi va har bir guruh uchun individual yondashuv qo‘llagan holda, davolashga ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi. (2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini baholash va profilaktik choralarini takomillashtirish elektron dastur № DGU 23999. 22.03.2023 yil). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2022 y.; № 29) hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.09.2022 y.; № 26) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda karies profilaktika mezonlarini takomillashtirishni tahlil qilish imkonini berdi. Yuqoridagi natijalar stomatologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika qilish uchun yordamga muhtoj bemor bolalar kontingentini aniqlash uchun ham yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 750 000 so‘m iqtisod qilindi (har xil kardiologik davolash muolajalari amaliyoti paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemor bolalarning 15,0% (40 nafardan 6,2 nafar bemorlar) asosiy kasallik foni bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 4 500 000 (6 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 2 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda karies va parodont yumshoq to‘qima kasalliklarini profilaktika qilish kompleksi tarkibiga kirgan nazoratli tish yuvish, og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga rioya qilish, gigiena vositalarini tanlab berish, stomatolog qabuliga har chorakda bir marta tashrif buyurish va parodont yumshoq to‘qima yallig‘lanishiga qarshi chora tadbirlarning ijobiy samarasi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari hamda yallig‘lanish jarayonlarining shakllanishini ambulator-poliklinika sharoitida erta tashxis qo‘yish va erta bartaraf etish uchun mutaxassislararo keng qamrovli tezkor yondashuv asoslari yaratilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2022 y.; №29) hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (17.09.2022 y.; № 26) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar tug‘ma yurak nuqsoni bilan kasallangan bemor bolalar og‘iz bo‘shlig‘ida karies va parodont kasalliklari rivojlanishini oldini olish, erta tashxislash va davolashga imkon bergan. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingent bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor bolaning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 15 kundan 10 kunga (5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 700 000 so‘mga kamaytirdi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 855 000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 285 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 15 400 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 9 874 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 8 376 000 so‘m. Jami: 18 250 000 so‘m). Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini 10 436 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7 814 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Hamroeva Dilafro‘z Shukurovnaning « Yurak nuqsoni bilan kasallangan bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini baholash va profilaktik choralarini takomillashtirish» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa Cog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro Davlat tibbiyot institutuning 2022 yil 9 noyabrdagi 04/6046- sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.