Niyozova Shaxnoza Xamoydinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar metastazlari bilan yo‘g‘on ichak saratonni davolashda target preparatlari bilan birgalikda zamonaviy kimyoterapiya imkoniyatlarini o‘rganish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2791.
Ilmiy rahbar: Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdujapparov Suleyman Baxretdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli kimyoterapiya rejimlarini maqsadli dorilar bilan birlashtirib, jigar metastazlari bilan kolorektal saraton bilan xastalangan bemorlarni davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maqsadli dori vositalaridan foydalangan holda jigar metastazlari bilan kolorektal saratonni kompleks davolashning terapevtik taktikasi optimallashtirilib, terapiyaning toksikligini oshirmasdan bemorlarning rezeksiya qobiliyatini oshirish, tezkor va uzoq muddatli natijalarni sezilarli darajada yaxshilash isbotlangan;
glyukometamin, glyukodiamin, nikotinamid askorbatni o‘z ichiga olgan gepatoprotektiv faollikka ega kombinatsiyalangan dori vositasini qo‘llash kimyoterapiyaning gepatotoksik xususiyatlarni samarali tarzda kamaytirish imkonini berganligi isbotlangan.
bemorlarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan tartibda ko‘p omillik tahlil yordamida jigar metastazlari bilan kolorektal saraton bilan xastalangan bemorlarni davolashning uzoq muddatli natijalariga ta’sir etuvchi klinik va morfologik xususiyatlarini inobatga olgan tartibda keyingi davolash yondashuvini individuallashtirish isbotlangan;
kolorektal saraton bilan xastalangan jigar metastazlari bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda maqsadli terapiyani qo‘llash algoritmi amaliy onkologlarga  klinik va laborator tahlillar asosida bemor uchun eng maqbul kombinatsiyalangan davolash tartibini individual ravishda tanlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 15 iyundagi 06/008-son hulosasiga ko‘ra:
jigar metastazlari bilan kolorektal saratonning etiologiyasi, patogenezi, rivojlanishining xavf omillari, klinik kechishini, xastalikni erta tashxislash, molekulyar-genetik asoslarini yaratish natijasida davolash samaradorligiga qaratilgan tizimli tartibni yaratishning nazariy asoslari yaratilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: maqsadli dori vositalaridan foydalangan holda jigar metastazlari bilan kolorektal saratonni kompleks davolashning terapevtik taktikasi optimallashtirilib, terapiyaning toksikligini oshirmasdan bemorlarning rezeksiya qobiliyatini oshirish, tezkor va uzoq muddatli natijalarni sezilarli darajada yaxshilanganligini asoslash Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyuldagi 59-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022 yil 1 iyundagi 42- sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi jigar metastazlarida kolorektal saratonni kompleks davolashning terapevtik taktikasi optimallashtirish natijasida tezkor va uzoq muddatli natijalar sezilarli darajada yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: jigar metastazlari bilan kolorektal sartonni kompleks davolash taktikasini optimallashtirish natijasida bemorlarni bo‘limda bo‘lish vaqtini ikki kunga kamaytirishi uchun klinik laborator tahlil, yotoq o‘rin-kun, kunlik ovqatlanish hamda kimyoviy dorilarga ajratiladigan xarajatlarga 493098 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: maqsadli dori vositalaridan foydalanganda jigar metastazlari bilan kolorektal saratonni kompleks davolashda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 2813413 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengayirilgan holda foydalanish: “Jigar metastazlari bilan yo‘g‘on ichak saratonini davolashda target preparatlari bilan birgalikda zamonaviy kimyoterapiya imkoniyatlarini o‘rganish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023- yil 04 may № 03-23/09 x sonli xat yuborilgan.
glyukometamin, glyukodiamin, nikotinamid askorbatni o‘z ichiga olgan gepatoprotektiv faollikka ega kombinatsiyalangan dori vositasini qo‘llash kimyoterapiyaning gepatotoksik xususiyatlarni samarali tarzda kamaytirish imkonini berganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: maqsadli dori vositalaridan foydalangan holda jigar metastazlari bilan kolorektal saratonni kompleks davolashning terapevtik taktikasi optimallashtirilib, terapiyaning toksikligini oshirmasdan bemorlarning rezeksiya qobiliyatini oshirish, tezkor va uzoq muddatli natijalarni sezilarli darajada yaxshilanganligini asoslash Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyuldagi 59-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyundagi 42- sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan davolash taktikasi glyukometamin, glyukodiamin, nikotinamid askorbatni o‘z ichiga olgan gepatoprotektiv faollikka ega kombinatsiyalangan dori vositasini qo‘llash kimyoterapiyaning gepatotoksik xususiyatlarini pasaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  kombinatsiyalangan davolash tartibini amalga oshirish uchun  1 nafar bemor uchun  kursiga 152000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: maqsadli dori vositalaridan foydalanganda jigar metastazlari bilan kolorektal saratonni kompleks davolashda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 760000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengayirilgan holda foydalanish: “Jigar metastazlari bilan yo‘g‘on ichak saratonini davolashda target preparatlari bilan birgalikda zamonaviy kimyoterapiya imkoniyatlarini o‘rganish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023- yil 04- may № 03-23/09 x sonli xat yuborilgan.
bemorlarning yosh xususiyatlarni inobatga olgan tartibida ko‘p omillik tahlil yordamida jigar metastazlari bilan kolorektal saraton bilan xastalangan bemorlarni davolashning uzoq muddatli natijalariga ta’sir etuvchi klinik va morfologik xususiyatlarini inobatga olgan tartibda keyingi davolash yondashuvini effetivligi va uzoq muddat kasallikning qaytalanmasligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ihtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyuldagi 59-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyundagi 42- sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish orqali bemorlarning yosh xususiyatlarni inobatga olib, tahlillar jigar metastazlari bilan kolorektal saraton bilan xastalangan bemorlarni davolashning uzoq muddatli natijalariga ta’sir etuvchi klinik va morfologik xususiyatlarini inobatga olgan tartibda keyingi davolash yondashuvi tanlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: jigar metastazlari bilan kolorektal saraton bilan xastalangan bemorlarni davolash kursini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash orqali sarf-xarajatlarni kamaytirish va  512000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: jigar metastazlari bilan kolorektal saraton bilan xastalangan bemorlarni davolashda klinik va morfologik xususiyatlarini inobatga olgan tartibda keyingi davolash yondashuvini individuallashtirishda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kunga 760000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengayirilgan holda foydalanish: “Jigar metastazlari bilan yo‘g‘on ichak saratonini davolashda target preparatlari bilan birgalikda zamonaviy kimyoterapiya imkoniyatlarini o‘rganish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023- yil 04- may № 03-23/09 x sonli xat yuborilgan.
kolorektal saraton bilan xastlangan jigar metastazlari bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda maqsadli terapiyani qo‘llash algoritmi amaliy onkologlarga  klinik va laborator tahlillar asosida bemor uchun eng maqbul kombinatsiyalangan davolash tartibini ishonchli intervali yordamida algoritm ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1 iyuldagi 59-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali kimyoterapiya va radiologiya bo‘limi bo‘yicha 2022- yil 1- iyundagi 42- sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash orqali kolorektal saraton bilan xastalangan jigar metastazlari bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda maqsadli terapiyani qo‘llash algoritmi amaliy onkologlarga klinik va labarator tahlillar asosida bemor uchun eng maqbul kombinatsiyalangan davolash tartibini individual ravishda tanlash imkoni xavf omillarining gradatsiyasi natijasida davolash sifatini yaxshilash tartibi tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kolorektal saraton bilan xastalangan jigar metastazlari bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda maqsadli terapiyani qo‘llash algoritmi amaliy onkolog klinik kombinatsiyalangan davolash tartibini individual ravishda tanlashga bir kunga 512000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: kolorektal saraton bilan xastalangan jigar metastazlari bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda maqsadli terapiyani qo‘llash algoritmini indivdual ravishda tanlash hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kunga 512000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengayirilgan holda foydalanish: “Jigar metastazlari bilan yo‘g‘on ichak saratonini davolashda target preparatlari bilan birgalikda zamonaviy kimyoterapiya imkoniyatlarini o‘rganish” mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan 2023- yil 04- may № 03-23/09 x sonli xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish