Muxtorov Sherzod Murod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bronxial astmani davolashda glyukokortikorezistentlikni aniqlashning ahamiyati va uning immunologik jihatlari”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1787.
Ilmiy rahbarlar: Suyarov Akram Amirkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori; Yuldashov Il`xom Ruzievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bronxial astmani davolashda  glyukokortiko-rezistentlikni aniqlashning ahamiyati va uning immunologik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor BAning III va IV pog‘onasi bilan og‘rigan bemorlar periferik qoni va balg‘amida triamsinalonga o‘ta yuqori, keyingi o‘rinlarda betametazon, gidrokortizon, prednizolon, deksametazon, metilprednizolon va o‘ta past sezuvchanlik darajasi nebuflyuzonda bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor BAda  triamsinalon, deksametazon, prednizolonga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik kuzatilgan bemorlarda CD8+, CD16+, CD20+, CD23+, IgA, IgM, IgE miqdorlarining ortishi va CD3+, CD4+, CD4+/CD8+, CD45RA+, CD95+ miqdorlarining kamayishi aniqlangan;
ilk bor BA kasalligida bir vaqtda metilprednizolon, gidrokortizon, nebuflyuzonga o‘ta past sezuvchanlik aniqlanganda CD16+, CD20+, CD23+, IgE miqdorlarining ortishi va CD3+, CD4+, CD8+, CD4+/CD8+,  CD45RA+, CD95+, IgM, IgG, miqdorlarining kamayishi isbotlangan;
ilk bor glyukokortikosteroidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik aniqlangan bemorlarda limfotsitlar, CD3+, CD8+, CD23+ sonining kamayishi hamda CD16+, CD20+, IgA, IgM miqdorlarining oshishi, shu bilan birga sitokinlarning (IL-1β, IL-4, IL-6 va TNFα) davolashdan avval ortgan miqdorlari GKSlar bilan davolashga bog‘liq holda kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immunologiya va inson genomikasi instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 iyundagi PhD 5a-2/002–sonli xulosasiga ko‘ra:
bronxial astma bilan og‘rigan bemorlar periferik qoni va balg‘amida glyukokortikosteroidlarga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan triamsinalon preparati, ana’naviy usullarga nisbatan davolash samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent shaxar 3-son klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish  kasallikni samarali davolashga va asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlash strategiyasi, har qanday resurs bilan ta’minlash sharoitida bronxial astmada glyukokortikoidlarga sezuvchanlikni aniqlash glyukokortikoid preparatlari miqdorini tejash va davolanishga sarflanadigan ortiqcha xarajatlarni oldini olish hisoblanadi. Xulosa: Muxtorov Sherzod Murod o‘g‘lining “Bronxial astmani davolashda glyukokortikorezistentlikni aniqlashning ahamiyati va uning immunologik jihatlari mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha «Bronxial astmaning nazoratsiz kechishi bilan og‘rigan bemorlarda glyukokortikosteroidlarga chidamliligini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi).
bronxial astmada  glyukokortikosteroidlarga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lgan bemorlarda o‘ziga xos immun javob reaksiyasi hosil bo‘lib, immunologik ko‘rsatkichlarining disbalansi tarzida namoyon bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent shaxar 3-son klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish  kasallikni samarali davolashga va asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlash strategiyasi, har qanday resurs bilan ta’minlash sharoitida bronxial astmada glyukokortikoidlarga sezuvchanlikni aniqlash glyukokortikoid preparatlari miqdorini tejash va davolanishga sarflanadigan ortiqcha xarajatlarni oldini olish hisoblanadi. Xulosa: Muxtorov Sherzod Murod o‘g‘lining “Bronxial astmani davolashda glyukokortikorezistentlikni aniqlashning ahamiyati va uning immunologik jihatlari mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha «Bronxial astmaning nazoratsiz kechishi bilan og‘rigan bemorlarda glyukokortikosteroidlarga chidamliligini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi).
bronxial astmada  glyukokortikosteroidlarga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik aniqlangan bemorlarda immun javob reaksiyasi hujayraviy va gumoral immunologik ko‘rsatkichlarining disbalansi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Toshkent shaxar 3-son klinik shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan sifatli tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanishi kasallikning natijasi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlash strategiyasi, har qanday resurs bilan ta’minlash sharoitida bronxial astmada glyukokortikoidlarga sezuvchanlikni aniqlash glyukokortikoid preparatlari miqdorini tejash va davolanishga sarflanadigan ortiqcha xarajatlarni oldini olish hisoblanadi. Xulosa: Muxtorov Sherzod Murod o‘g‘lining “Bronxial astmani davolashda glyukokortikorezistentlikni aniqlashning ahamiyati va uning immunologik jihatlari mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha «Bronxial astmaning nazoratsiz kechishi bilan og‘rigan bemorlarda glyukokortikosteroidlarga chidamliligini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi).
deksametazonga nisbatan o‘ta yuqori sezuvchanlik aniqlangan BA bilan og‘rigan bemorlarni deksametazon bilan RLGT usulida davolaganimizda limfotsitlar, CD4+, CD8+, CD23+, IL-1β, IL-4, IL-6 va TNFα ko‘rsatkichlari miqdoriga samarador ta’sir ko‘rsatib, sog‘lomlar ko‘rsatkichlariga yaqinlashganligi namoyon bo‘ldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bronxial astmani davolashda glyukokortikorezistentlarga nisbatan sezuvchanlikni aniqlash natijalari asosida ishlab chiqilgan «Bronxial astmaning nazoratsiz kechishi bilan og‘rigan bemorlarda glyukokortikosteroidlarga chidamliligini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarda glyukokortikosteroidlarga nisbatan sezuvchanlikni aniqlagan holda ishlab chiqilgan yangi davolash algoritmi ana’naviy davolash usullariga nisbatan samarador bo‘lib, klinik va immunologik ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga o‘zgartirib, asoratlar rivojlanishini oldini olinishiga hamda bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bronxial astmada glyukorezistenlikni aniqlagan holda yangi davolash algoritmi asosida davolash choralari olib borilsa, bemorlarga ketadigan glyukokortikoid preparatlari miqdori tejalib, bemorlarning sog‘ayishi tezlashadi, shifoxonada yotish kunlari qisqaradi hamda iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Xulosa: Muxtorov Sherzod Murod o‘g‘lining “Bronxial astmani davolashda glyukokortikorezistentlikni aniqlashning ahamiyati va uning immunologik jihatlari mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha «Bronxial astmaning nazoratsiz kechishi bilan og‘rigan bemorlarda glyukokortikosteroidlarga chidamliligini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/307-son ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish