Homidov Feruz Qosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq qon tomirlari ishemiyasida rentgenxirurgik zamonaviy davolash usullarini qo‘llanilishi» 14.00.19 – Klinik radiologiya, 14.00.27-Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib.3045.
Ilmiy rahbar: Ismailov O‘ktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajonov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoq qon tomirlar ishemiyasida diabetik panja sindromi bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish maqsadida oyoq tomirlarida qon aylanishini yaxshilashning yangi usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oyoqlarning o‘tkir ishemiyasi va diabetik panja sindromi bilan kasallangan bemorlarda tomirlarni zararlangan segmentida va zararlanish darajasiga ko‘ra, kaminvaziv rentgen endovaskulyar jarrohlik amaliyoti usuli ishlab chiqilgan;          oyoq qon tomirlarining o‘tkir ishemiyasi va diabetik panja sindromining neyroishemik shakli bilan kasallangan bemorlarda oyoqlar arterial  tomirlari zararlanishini bashoratlovchi yumshoq to‘qimalar ishemiyasida yuzaga keladigan patologik jarayonlarning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
oyoq qon tomirlarining o‘tkir ishemiyasi va diabetik panja sindromida rentgen endojarrohlik amaliyotida qon tomirlar ichi trombektomiyasi uchun Aspireks va Rotareks katetrlari yordamida jarrohlik amaliyotining samaradorligi hamda angiografik nazorat orqali o‘lim ko‘rsatkichining pasayishi isbotlangan;
ilk bora oyoqlarning o‘tkir ishemiyasi va diabetik panja sindromida rentgen endojarrohlik amaliyotdan keyingi erta va kechki asoratlarni oldini olishda angiografik nazorat orqali jarrohlik aralashuvida oyoq amputatsiyasini kamaytirishga qaratilgan baholashning yangi bosqichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mazkur davolash strategiyasi o‘tkir oyoq qon tomir arteriyalari kritik ishemiyasining III va IV bosqichli darajasidagi bemorlarda foydalanishi kompleks davolanish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (01.11.2022y.; №74); Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bo‘yicha buyruq (O5.07.202Zy.; №56) bilan markaz amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘tkir ishemiyaning III bosqichida eng samarali usul bu oyoq qon tomirlarining (arteriyalari) distal qismida revaskulyarizatsiya jarrohlik amaliyoti qo‘llanilishi muhim ekanligi aniqlandi. Oyoq qon tomir ishemiyasida arterial tomirning zararlangan qismini stentlash yoki stentlashsiz balon angioplastika amaliyotini bajarilishi oyoqlarni uzoq muddatda muvaffaqiyatli saqlab qolish imkonini yaratadi. Bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yiringli-nekrotik shikastlanishlar mavjud bo‘lganda (ayniqsa diabetik oyoqning neyropatik shakli bilan), harakatni cheklash, qo‘ltiq tayoqlar yoki nogironlar aravachasidan foydalanish, maxsus ortopedik asboblar, tagliklar yoki poyabzal yordamida zararlangan oyoq-qo‘llarni harakatlantirish rejimini ta’minlash kerak. Diabetik oyoq sindromida yarali nuqsonlarning mavjudligi jarohatni muntazam davolashni talab qiladi. Davolash usulini optimallashtirish orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarni 825 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: Oyoq qon tomirlari o‘tkir ishemiyasida rentgen endojarrohlik amaliyoti bilan kompleks davolash strategiyasi ishlab chiqilishi hamda bemorlarni davolash amaliyotiga joriy etilishi kasallikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemor (nogironligi bo‘lgan,ijtimoiy himoyaga muxtoj) hisobiga byudjet mablag‘larini 825 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 510 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Oyoq qon tomirlari ishemiyasida rentgenxirurgik zamonaviy davolash usullarini qo‘llanilishi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2022 yil 5 oktyabrdagi 04/5044-son xat yuborilgan.
Oyoq qon tomirlari o‘tkir ishemiyasi va diabetik tovon sindromi neyroishemik shakli bo‘lgan bemorlarda oyoq tomirlari ishemiyasini davolash natijalarini ob’ektiv baholash orqali patologik jarayonning kechishini qisqarishi hisobiga jarohat infeksiyasi va uning oqibatlarini prognostik ehtimolini inobatga olgan holda, yuqori texnologiyali endovaskulyar davolash usullaridan o‘z vaqtida foydalanishning samaradorligini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (01.11.2022y.; №74 ); (Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 12.06.23 y 105-sonli buyrug‘i ) hamda Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinikasining 2023 yilning 7 iyundagi 56-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Davolashning rentgen-endovaskulyar usullari ilgari amalga oshirilgan ochiq tomir rekonstruksiyalaridan so‘ng oyoqlar tomirlari protezi va arteriyalariga takroriy aralashuvlarda samarali va xavfsizligi isbotlandi. Yo‘naltirilgan mexanik trombektomiya uchun zamonaviy asboblar oyoq tomirlari o‘tkir trombozi holatlarida endovaskulyar davolash usullarini samarali qo‘llash imkonini beradi, shuningdek amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni mahalliy davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Oyoq qon tomirlari o‘tkir ishemiyasi bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirish usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 4 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 680 ming so‘mgacha kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 170.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: Davolashning rentgen-endovaskulyar usullari ilgari amalga oshirilgan ochiq tomir rekonstruksiyalaridan so‘ng oyoqlar tomirlari protezi va arteriyalariga takroriy aralashuvlarda samarali va xavfsizligi isbotlandi. Yo‘naltirilgan mexanik trombektomiya uchun zamonaviy asboblar oyoq tomirlarining o‘tkir trombozi holatlarida endovaskulyar davolash usullarini qo‘llash kasallikning hayotga xavf tug‘diradigan asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Oyoq qon tomirlari ishemiyasida rentgenxirurgik zamonaviy davolash usullarini qo‘llanilishi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2022 yil 5 oktyabrdagi 04/5044-son xat yuborilgan.
Oyoq qon tomirlarining o‘tkir ishemiyasi va diabetik tovon sindromi neyroishemik shaklining og‘ir kechishi to‘qima ishemiyasini davolash usulini optimallashtirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida, kompleks davolash natijalarini yaxshilab, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (01.11.2022y.; №74 ); (Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 12.06.23 y 105-sonli buyrug‘i ) hamda Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinikasining 2023 yilning 7 iyundagi 56-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Endojarrohlik amaliyoti davomida qon tomiri ichiga trombektomiya uchun Aspirex va Rotarex kateterlari yordamida sonning yuza arteriyasi va popliteal arteriyalarini surunkali tiqilishi va stentlardagi restenozlarni, shuningdek, antegrad tromektomiya amaliyotini bajarish uchun samaradorligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 510 ming so‘mgacha kamaytirgan (shifoxonada 1 kun qolish 170.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); bemorning shifoxonadan tashqaridagi davolanish davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilishiga erishildi. Xulosa Oyoq qon tomirlari o‘tkir ishemiyasida rentgen endojarrohlik amaliyoti davomida qon tomiri ichiga trombektomiya uchun Aspirex va Rotarex kateterlari amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini ochiq operatsiyaga nisbatan 825 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 510 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Oyoq qon tomirlari ishemiyasida rentgenxirurgik zamonaviy davolash usullarini qo‘llanilishi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2022 yil 5 oktyabrdagi 04/5044-son xat yuborilgan.
Oyoq qon tomirlari o‘tkir ishemiyasi va diabetik tovon sindromi neyroishemik shakli bilan og‘rigan bemorlar umumiy ahvolining og‘irligini, hamroh kasalliklarning mavjudligini inobatga olgan holda, miniinvaziv davolash usullarini qo‘llash hisobiga davolash natijalarining qoniqarsiz bo‘lgan holatlari sonini kamaytirishi va bemorlarning asosiy guruhida o‘limga olib keladigan holatlarning oldini olish imkonini berishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha (01.11.2022y.; №74 ); (Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 12.06.23 y 105-sonli buyrug‘i ) hamda Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinikasining 2023 yilning 7 iyundagi 56-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq qon tomirlari o‘tkir ishemiyasini davolashni takomillashtirilgan miniinvaziv usuli asosida davolash algoritmini qo‘llanilishi, mazkur kasallikka chalingan bemorlarning kompleks davolanish samaradorligini oshirilishi natijasida ularning reabilitatsiyasi va mehnat qilish faoliyatini tiklanish muddatlarini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq qon tomirlari o‘tkir ishemiyasida miniinvaziv davolash usullarini amaliyotga joriy etilishi kasallikda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemor (nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muxtoj) hisobiga byudjet mablag‘larini 825 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 510 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Oyoq qon tomirlari o‘tkir ishemiyasida miniinvaziv davolash usullarini amaliyotga joriy etilishi, kompleks davolanish samaradorligini oshirish hamda bemorlarda hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Oyoq qon tomirlari ishemiyasida rentgenxirurgik zamonaviy davolash usullarini qo‘llanilishi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan 2022 yil 5 oktyabrdagi 04/5044-son xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish