Ro‘zmetov Faxraddin Nurmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi bakterial etiologiyali yallig‘lanish kasalliklarida antiendotoksik immunitetning klinikimmunologik xususiyatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2142.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Hamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Kamalov Zaynitdin Sayfitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bakterial etiologiyali yallig‘lanish kasalliklarida bolalar qon zardobidagi antiendotoksik immunitetning klinik-immunologik xususiyatlarini qiyosiy aniqlash, tashhisiy qiymatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalardagi mikrob etiologiyali kasalliklarda Escherichia coli endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasi 88,05% ni tashkil etgani, bu Citrobacter freindii shu parametriga nisbatan 1,11, Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan 1,26, Proteus vulgaris ga nisbatan 1,57, Klebsiellae pneumoniae ga nisbatan 1,71 martaga ishonarli ravishda ko‘p ekanligi isbotlangan;
ilk bor mikrob etiologiyali kasalliklar tashhislangan bolalarda sog‘lomlarga nisbatan Escherichia coli endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanishi 5,50, Proteus vulgaris ga qarshi 7,02, Citrobacter freindii ga qarshi 9,90, Klebsiellae pneumoniae ga qarshi 12,85, Pseudomonas aeruginosa ga qarshi 17,53 martaga ishonarli darajada ko‘p bo‘lgani aniqlangan, Escherichia coli endotoksinlariga nisbatan seropozitiv namunalarning yuqori foizi ushbu bemor bolalarda bo‘lgani isbotlangan;
3-6 va 7-12 yoshli bolalar qon zardobidagi grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasi yo‘g‘on ichak disbiozi aniqlangan bolalarda sog‘lomlarga nisbatan ishonarli ko‘pligi aniqlangan, ushbu patologiyalarda antitelolar aniqlanishi 90,7% ga etib, mos ravishda 9,07 va 1,21 martaga yuqori bo‘lgani aniqlangan, bolalar yoshi ortishi bilan antitelolar aniqlanish foizi sog‘lom bolalarda kamaygan, yo‘g‘on ichak disbiozida 7-12 yoshlilarda ishonarli ko‘paygan, asosiy guruhda seropozitiv namunalar foizi bo‘yicha yoshlararo tafovut aniqlanmagan;
grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasini ko‘rsatuvchi immunoferment analiz uchun test-tizimning sezgirligi yo‘g‘on ichak disbiozida 75%, o‘tkir tonzillitda 76%, o‘tkir bronxitda 89%, siydik yo‘li infeksiyalarida 95% ni, test-tizim maxsusligi 90,0% ni tashkil etgani ushbu test-tizimning diagnostik qiymati yuqoriligi ilk bor isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 14 apreldagi №23-z/021 son xulosasiga ko‘ra:
ilk bor bolalardagi mikrob etiologiyali kasalliklarda Escherichia coli endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasi 88,05% ni tashkil etgani, bu Citrobacter freindii shu parametriga nisbatan 1,11, Pseudomonas aeruginosa ga nisbatan 1,26, Proteus vulgaris ga nisbatan 1,57, Klebsiellae pneumoniae ga nisbatan 1,71 martaga ishonarli ravishda ko‘p ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda tashhislangan mikrob etiologiyali kasalliklarda Escherichia coli endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasi boshqa grammanfiy bakteriyalar va grammusbat kokklarga ishonarli ishonarli ravishda ko‘p ekanligi isbotlanganligi ushbu bolalarga qo‘yilgan tashhisni erta tasdiqlash va davolash taktikasini aniq belgilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bolalarda tashhislangan mikrob etiologiyali kasalliklarda Escherichia coli endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasini baholash usuli Qoraqolpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 06.04.2022 yil; № 20/2 va Buxoro bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 02.04.2022 yil; №205 tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: bolalarda tashhislangan mikrob etiologiyali kasalliklarda antiendotoksik immunitetni aniqlash usulining qo‘llanilishi erta tashhislashni amalga oshirishi barobarida kasalliklar asoratlanishini kamaytirgan, bakteriologik tashhisdagi xatolar sonini minimillashtirgan, kasallik davrining qisqarishi bemor bolalar hayot sifatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: bolalardagi mikrob etiologiyali kasalliklarda antiendotoksik immunitetning klinik-immunologik xususiyatlarini baholash uslubi mikrob etiologiyali kasalliklar uchrash darajasini aniqlash, tibbiy xizmatni tizimlashtirish, ushbu kasalliklarda immun statusni baholash uslubi sarflangan mablag‘ning har bir holati uchun 32 000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatgan. Xulosa: bolalardagi mikrob etiologiyali kasalliklarda antiendotoksik immunitetning klinik-immunologik xususiyatlarini baholash uslubi kasallik asoratlari sonini kamaytirgan va sarflangan mablag‘ning har bir holat uchun 32 000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Bolalardagi mikrob etiologiyali kasalliklarda antiendotoksik immunitet klinik-immunologik xususiyatlarini baholash uslubi» mavzusida uslubiy tavsiyanomani sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining rektori tomonidan 2022 yil 8 iyundagi 04№2207-son xat yuborilgan.
ilk bor mikrob etiologiyali kasalliklar tashhislangan bolalarda sog‘lomlarga nisbatan Escherichia coli endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanishi 5,50, Proteus vulgaris ga qarshi 7,02, Citrobacter freindii ga qarshi 9,90, Klebsiellae pneumoniae ga qarshi 12,85, Pseudomonas aeruginosa ga qarshi 17,53 martaga ishonarli darajada ko‘p bo‘lgani aniqlangan, Escherichia coli endotoksinlariga nisbatan seropozitiv namunalarning yuqori foizi ushbu bemor bolalarda bo‘lgani isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: mikrob etiologiyali kasalliklar tashhislangan bolalarda Escherichia coli endotoksinlariga nisbatan seropozitiv namunalar yuqori foizi aniqlangani tashhis samaradorligi yuqori bo‘lganini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qoraqolpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 06.04.2022 yil; № 20/2 va Buxoro bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 02.04.2022 yil; №205 tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: mikrob etiologiyali kasalliklar tashhislangan bolalarda Escherichia coli endotoksinlariga nisbatan seropozitiv namunalar yuqori foizi aniqlangani hisobiga tashhis samaradorligining yuqori bo‘lgani uning jarayonida yuzaga keladigan xatolar sonining pasayishi aniqlanish darajasini oshirgan. Bu esa erta tashhisni amalga oshirish imkonini bergan va bemorning tuzalish jarayonini tezlashtirgan, statsionarda davolanish muddati yoki poliklinikada qatnovlar soni kamayishi bemor bolalar tez tuzalishi imkonini bergan, ular ota-onalarining ishdan qolish vaqtini kamaytirgan, ular mehnatga layoqatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mikrob etiologiyali kasalliklar tashhislangan bolalarda Escherichia coli endotoksinlariga nisbatan seropozitiv namunalar yuqori foizi aniqlanishiga ko‘ra bir nafar bemor uchun 6 ming so‘m iqtisod qilingan, bu esa serologik tashhisning 10% ga yaxshilanishi hisobiga umumiy xarajatlarni 3 120 ming so‘mga iqtisod qilgan. Xulosa: mikrob etiologiyali kasalliklar tashhislangan bolalarda grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga nisbatan seropozitiv namunalar yuqori foizi serologik tashhisning yaxshilanishi hisobiga umumiy xarajatlarni 3 120 ming so‘mga tejagan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Bolalardagi mikrob etiologiyali kasalliklarda antiendotoksik immunitet klinik-immunologik xususiyatlarini baholash uslubi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining rektori tomonidan 2022 yil 8 iyundagi 04№2207-son xat yuborilgan.
3-6 va 7-12 yoshli bolalar qon zardobidagi grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasi yo‘g‘on ichak disbiozi aniqlangan bolalarda sog‘lomlarga nisbatan ishonarli ko‘pligi aniqlangan, ushbu patologiyalarda antitelolar aniqlanishi 90,7% ga etib, mos ravishda 9,07 va 1,21 martaga yuqori bo‘lgani aniqlangan, bolalar yoshi ortishi bilan antitelolar aniqlanish foizi sog‘lom bolalarda kamaygan, yo‘g‘on ichak disbiozida 7-12 yoshlilarda ishonarli ko‘paygan, asosiy guruhda seropozitiv namunalar foizi bo‘yicha yoshlararo tafovut aniqlanmagan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar yoshi ortishi bilan endotoksinlarga qarshi antitelolar aniqlanish foizi sog‘lom bolalarda kamaygani, yo‘g‘on ichak disbiozida 7-12 yoshlilarda ishonarli ko‘paygani, asosiy guruhda seropozitiv namunalar foizi bo‘yicha yoshlararo tafovut aniqlanmagani klinik, bakteriologik samaraga ega bo‘lgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qoraqolpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 06.04.2022 yil; № 20/2 va Buxoro bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 02.04.2022 yil; №205 tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: yo‘g‘on ichak disbiozi aniqlangan bemorlarda seropozitiv namunalar ko‘paygani ushbu holatning mikrob etiologiyali yallig‘lanish kasalliklari kechishini og‘irlashtiruvchi fon sifatida talqin etilgan va kasallikni davolash kompleksiga biopreparatlarni kiritish tavsiya etilgani bemor bolalar salomatligini yaxshilash barobarida ular hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: yo‘g‘on ichak disbiozi aniqlangan bemorlarda seropozitiv namunalar ko‘paygani ushbu holatning mikrob etiologiyali yallig‘lanish kasalliklari kechishini og‘irlashtiruvchi fon bo‘lgan. har bir bemor bakteriologik tashhis uchun 32 ming so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: yo‘g‘on ichak disbiozi aniqlangan bemor bolalarda seropozitiv namunalar ko‘paygani bakteriologik tashhisning serologik usulda tasdiqlangani hisobiga har bir bemor uchun 32 ming so‘m tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalardagi mikrob etiologiyali kasalliklarda antiendotoksik immunitet xususiyatlari» mavzusida olingan ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining rektori tomonidan 2022 yil 8 iyundagi 04№2207-son xat yuborilgan.
grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasini ko‘rsatuvchi immunoferment analiz uchun test-tizimning sezgirligi yo‘g‘on ichak disbiozida 75%, o‘tkir tonzillitda 76%, o‘tkir bronxitda 89%, siydik yo‘li infeksiyalarida 95% ni, test-tizim maxsusligi 90,0% ni tashkil etgani ushbu test-tizimning diagnostik qiymati yuqoriligi ilk bor isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasini ko‘rsatuvchi immunoferment analiz uchun test-tizimning sezgirligi va maxsusligi yuqoriligi ushbu eksperimental test-tizimning diagnostik qiymati yuqoriligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qoraqolpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 06.04.2022 yil; № 20/2 va Buxoro bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq 02.04.2022 yil; №205 tibbiyot amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat bo‘lgan: grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasini ko‘rsatuvchi sezgirligi va maxsusligi yuqori immunoferment analizning bakterial etiologiyali kasalliklarda qo‘llanilishi erta tashhisni amalga oshirish barobarida kasallikni o‘z vaqtida davolash va asoratlarni oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasini ko‘rsatuvchi immunoferment analiz uchun test-tizimning sezgirligi yo‘g‘on ichak disbiozida 75%, o‘tkir tonzillitda 76%, o‘tkir bronxitda 89%, siydik yo‘li infeksiyalarida 95% ni, test-tizim maxsusligi 90,0% ni tashkil etgani ushbu test-tizimning diagnostik qiymati yuqoriligi bo‘lganligi xorijdan kirib kelayotgan test-tizimlarning kamayishi, test-tizimlar tannarxining pasayishi hisobiga faqat grammanfiy bakteriyalar chaqirgan mikrob etiologiyali yallig‘lanish kasalliklari tashhisining yaxshilanishi hisobiga har bir test-tizim uchun 6 ming so‘mni tejash imkonini berishi aniqlangan. Xulosa: grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasini ko‘rsatuvchi sezgirligi va maxsusligi yuqori immunoferment analizning diagnostik qiymati yuqori bo‘lganligi xorijdan kirib kelayotgan test-tizimlar kamayishi, ular tannarxi pasayishi hisobiga har bir test-tizim uchun 6 ming so‘mni tejash imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Grammanfiy bakteriyalar endotoksinlariga qarshi antitelolar aniqlanish darajasini ko‘rsatuvchi immunoferment analiz uchun test-tizim» mavzusida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining rektori tomonidan 2022 yil 8 iyundagi 04№2207-son xat yuborilgan.