Hamdamov Ulug‘bek Ro‘zievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq chuqur venalari tromboziga chalingan bemorlarda antikoagulyant terapiyaga zamonaviy yondashuvlar» 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2306.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Olim Mirzaxidovich, tibbiyot fanlari doktori; Kurbaniyazov Zafarjon Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.V. Sklifosovskiy nomidagi tez yordam ilmiy tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi ).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoq chuqur venalarining trombozi bilan og‘rigan bemorlarda trombni rekanalizatsiya dinamikasi va turli xil antikoagulyant terapiya natijalarini dupleks skanerlash asosida baholashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotoba antikoagulyant terapiyaning turli xil variantlarining samaradorligi dupleks ul`tratovush ma’lumotlari asosida aniqlangan;
bemorlarda trombning rekanalizatsiya darajasi trombning proksimal chegarasiga va kasallikning davomiyligiga qarab baholanish natijasida isbotlangan;
davolanishning statsionar va ambulator bosqichlarida ul`tratovushli dupleks skanerlash ma’lumotlariga ko‘ra, trombning proksimal qismini fiksatsiya va lizis dinamikasini hisobga olgan holda turli antikoagulyant dori vositasining samaradorligi asoslangan;
bevosita va bilvosita antikoagulyantlarning asoratlari va ularning trombning qaytalanish darajasi ko‘rsatkichlariga ta’sirining qiyosiy tahlilini o‘tkazish asosida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 03 apreldagi 23-z/015 son xulosasiga ko‘ra:
oyoq venalarining ul`tratovush tekshiruviga ko‘ra,trombning xilpillovchi qismining uzunligini batafsil ko‘rsatish davom etayotgan antikoagulyant terapiya samaradorligi yuqori bo‘lganligi sababli amaliyotga tavsiya etilgan bu o‘z navbatida davolash natijalarini yaxshilab shifo jarayonini tezlashtirishi Buxoro viloyat Qoraqo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.07.2022 y.; №27/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.07.2022 y.; №22/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan antikoagulyant terapiyaning turli xil variantlarining samaradorligini dupleks ul`tratovush tekshiruvi yordamida baholash usulidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: antikoagulyant terapiyaning turli xil variantlarining samaradorligi dupleks ul`tratovush ma’lumotlari asosida aniqlash usuli o‘tqazilayotgan kompleks davolash natijalarini bashorat qilish hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: ilk marotoba antikoagulyant terapiyaning turli xil variantlarining samaradorligi dupleks ul`tratovush ma’lumotlari asosida baholashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilishi oyoq chuqur venalari tromboziga chalingan bemorlarni davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 235 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 155 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Oyoq chuqur venalari tromboziga chalingan bemorlarni trombning rekanalizatsiya darajasi o‘tkazilgan antikoagulyant terapiya turiga bog‘liqligi aniqlanishi Buxoro viloyat Qoraqo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.07.2022 y.; №27/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.07.2022 y.; №22/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq chuqur venalari tromboziga chalingan bemorlarni davolashda rivaroksaban dori vositasini qabul qilish trombning rekanalizatsiyasini tezlashtirib davolanish samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq chuqur venalari tromboziga chalingan bemorlarni davolashda rivaroksaban dori vositasini qabul qilish usulini amaliyotga joriy etilishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 390 ming so‘mga kamaytirgan (RShTYoIM BF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 130.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 75 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: oyoq chuqur venalari tromboziga chalingan bemorlarni davolashda rivaroksaban dori vositasini qabul qilish usulini amaliyotga joriy etilishi bemorlarda trombning rekanalizatsiyasi muddatini qisqartilishi natijasida yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini 4% kamaytirish va kasallikning qaytalanishini va asoratlarini oldini olish imkonini bergan.
Rivaroksaban ishonchli va xavfsiz antikoagulyant dori vositasi bo‘lib, kasallikning o‘tkir bosqichida venoz tromboz bilan og‘rigan bemorlarda ulardan foydalanish retromboz xolatlarining kamayish imkonini berishi isbotlangan. Bu o‘z navbatida, trombning proksimal qismini fiksatsiya va lizis dinamikasini hisobga olgan holda antikoagulyant terapiyani ul`tratovush dupleks skanerlash ma’lumotlariga asoslanib o‘tqazilishi maqsadga muvofiqligi ko‘rsatilishi Buxoro viloyat Qoraqo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.07.2022 y.; №27/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.07.2022 y.; №22/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: rivaroksaban ishonchli va xavfsiz antikoagulyant dori vositasi bo‘lib, kasallikning o‘tkir bosqichida venoz tromboz bilan og‘rigan bemorlarda ulardan foydalanish retromboz xolatlarining kamayish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 390 ming so‘mga kamaytirgan. 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: oyoq chuqur venalari tromboziga chalingan bemorlarni davolashda ul`ratovush dupleks skanerlash ma’lumotlariga asoslanib rivaroksabanni qabul qilinishi ishonchli va xavfsiz bo‘lib, kasallikning o‘tkir bosqichida venoz tromboz bilan og‘rigan bemorlarda ulardan foydalanish retromboz xolatlarining kamayish imkonini berishi isbotlanib, uning amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 390 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 75 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Bevosita va bilvosita antikoagulyant terapiya qabul qilinganda ularning ta’siri trombning rekanalizatsiya darajasiga bog‘liqligi ko‘rsatilib, antikoagulyantlarning samaradorligi tromblarning qayta rekanalizatsiyasi, noxush hodisalarning uchrash darajasi va retromboz xolatlarning kamayganligi bilan izohlanishi Buxoro viloyat Qoraqo‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (12.07.2022 y.; №27/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.07.2022 y.; №22/1) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoq chuqur venalari tromboziga chalingan bemorlarni davolashda ishlatiladigan yangi zamonaviy oral antikoagulyantlar, ularni shifoxonada davolanish kunini kamaytiribgina qolmasdan, rekanalizatsiya vaqtini tezlashtirib, bemorlarni faol hayotga qisqa muddat ichida qaytish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iorat: oyoq chuqur venalari trombozlarini davolashda yangi zamonaviy oral antikoagulyantlaridan foydalanishni amaliyotga joriy etilishi hisobiga har bir bemorni statsionar davolash bo‘yicha 390 ming so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini va 235 ming so‘m miqdoridagi byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Olingan natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bemorlarda oyoq chuqur venalari trombozining og‘irlik darajasini aniqlash, shunga ko‘ra aniq zamonaviy antikoagulyant davoni tanlash natijasida kasalxonada davolanish muddatini kamaytirish xamda bemorlarning hayotiga taxdid soluvchi asoratlar ulushini kamaytirish, hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.