Hamroev Baxtiyor Sultonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi , ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dori vositalari ta’siri oqibatida oshqozon ichak traktidan qon ketishlar diagnostikasi va davosining zamonaviy taktikasi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam B2021.4.PhD/Tib2307.
Ilmiy rahbar: O‘roqov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodir Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Professor S.V.Ochapovskiy nomidagi ilmiy tekshirish instituti» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalari sababli rivojlangan o‘tkir eroziv yarali jarayonlarni tashhislash va davolash natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini qabul qilish natijasida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishilar so‘nggi 3 yil ichida oshganligi va ushbu toifadagi bemorlar sonining o‘sish tendensiyasi kuzatilishi aniqlangan;
oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishining residivlanishiga moyillik tug‘diruvchi omillari sifatida fon kasalliklarining o‘rni aniqlangan;
kompleks endoskopik va konservativ terapiyaga qo‘shimcha ravishda Rebamipid va Glutation kislotalarining va bir vaqtning o‘zida kombinirlangan endoskopik gemostazning ishlatilishi natijasida, residivlar ko‘rsatgichlarining kamayiishi, xususan jigarning surunkali diffuz kasalliklari fonidagi bemorlarda yuqori samaradorligi aniqlangan;
yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini qabul qilish natijasida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishini davolashda va qon ketish residivlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashda, ularga ta’sir qilish maqsadida tashhislash-davolash algoritmi ishlab chikilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot istituti ekspert kengashining 2023 yil 4 apreldagi 23-Z/017-son xulosasiga ko‘ra:
oshqozon va 12 barmoqli ichak surunkali eroziyasi va yaralardan qon ketishlarda, shuningdek yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini qo‘llash natijasida kuzatilgan qon ketishlarda kasallik kechishining, klinik va laborator tahlil natijalarining o‘ziga xosligi, bemorlarni tashhislashda va har bir bemorga individual yondashuv orqali konservativ, miniinvaziv va jarrohlik yondashuvi orqali davolash usullarining samaradorligi oshirilishi Buxoro viloyat Olot tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.11.2022 y.; №8/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.11.2022 y.; №5/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini qabul qilish natijasida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishlar so‘nggi 3 yil ichida oshganligi va ushbu toifadagi bemorlar sonining o‘sish tendensiyasi kuzatilishi aniqlanganligi, ushbu kasallarni davolash taktikasini o‘zgartirishni taqozo etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini qabul qilish natijasida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishlar so‘nggi 3 yil ichida oshganligi va ushbu toifadagi bemorlar sonining o‘sish tendensiyasi kuzatilishi sababli ushbu kasallarni davolash taktikasini o‘zgartirilishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 235 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: Dori vositalari ta’siri oqibatida oshqozon ichak traktidan qon ketishlarda davolash taktikasining o‘zgartirilishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 940 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishining residivlanishiga moyillik tug‘diruvchi omillari sifatida fon kasalliklarning inobatga olinishi qon ketishlar kelib chiqish xavfini oldini oladi. Buxoro viloyat Olot tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.11.2022 y.; №8/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.11.2022 y.; №5/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishining residivlanishiga moyillik tug‘diruvchi omillari sifatida fon kasalliklarining o‘rnini inobatga olinishi davolanish samaradorligini oshirilishiga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishining residivlanishiga moyillik tug‘diruvchi omillari sifatida fon kasalliklarining o‘rnini inobatga olinishi natijasida 1 nafar bemor uchun 940 000 so‘m iqtisod qilindi, qon ketish residivlanishini oldini olinishi bemorlarning qayta gospitalizatsiyalanishini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 41 360 000 so‘m miqdoridagi xarajat tejalishiga erishilgan. Xulosa: oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishining residivlanishiga moyillik tug‘diruvchi omillari sifatida fon kasalliklarining o‘rnini inobatga olinishi davolanish samaradorligini oshirilishi davolash natijalarini 44% yaxshilanish imkonini bergan.
Kompleks endoskopik va konservativ terapiyaga qo‘shimcha ravishda Rebamipid va Glutation kislotalarining va bir vaqtning o‘zida kombinirlangan endoskopik gemostazning ishlatilishi bilan davolashning yuqori samaradorligiga erishilishi Buxoro viloyat Olot tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.11.2022 y.; №8/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.11.2022 y.; №5/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompleks endoskopik va konservativ terapiyaga qo‘shimcha ravishda Rebamipid va Glutation kislotalarining va bir vaqtning o‘zida kombinirlangan endoskopik gemostazning ishlatilishi xolatlarining kamayish imkonini bergan, bu o‘z navbatida  davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, xususan jigarning surunkali diffuz kasalliklari fonida davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 7 kundan 4,0 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori har kun hisobiga 235 000 so‘mga iqtisod bo‘lishiga olib keldi, umumiy iqtisodiy samaradorlik esa 705 000 so‘mni tashkil qildi. Xulosa: kompleks endoskopik va konservativ terapiyaga qo‘shimcha ravishda Rebamipid va Glutation kislotalarining va bir vaqtning o‘zida kombinirlangan endoskopik gemostazning ishlatilishi xolatlarining kamayish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirish imkonini berishi isbotlanib, uning amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 940 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 175 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Taklif qilingan tashhislash-davolash algoritmi yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini qabul qilish natijasida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishini davolashda va qon ketish residivlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash kompleks davolanish samaradorligi oshirilishi Buxoro viloyat Olot tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (24.11.2022 y.; №8/1) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (23.11.2022 y.; №5/1) bilan amaliyotiga joriy etilgan.Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif qilingan tashhislash-davolash algoritmi bemorlarni davolashda ishlatiladigan yangi zamonaviy usullarni tadbiq etilishiga hamda yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini qabul qilish natijasida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishini davolash vaqtini tezlashtirib, bemorlarni faol hayotga qisqa muddat ichida qaytish imkonini bergan.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yallig‘lanishga qarshi nosteroid dori vositalarini qabul qilish natijasida oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak o‘tkir eroziv-yarali jarayonlaridan qon ketishini davolashda va qon ketish residivlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashda, ularga ta’sir qilish maqsadida tashhislash-davolash algoritmi ishlab chiqilgan amaliyotga joriy etilishi hisobiga har bir bemorni statsionar davolash bo‘yicha 940 000 ming so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini va 235 ming so‘m miqdoridagi byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi.Xulosa: taklif qilingan tashhislash-davolash algoritmining klinik amaliyotga joriy qilinishi  145 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 136 300 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 34 075 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish