Kuziev Oybek Chulievichvichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): “Talabalar jamoasida norasmiy liderlar ta’sirini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05. – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P94.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Farfieva Kamola Atxamjonovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Muxtorov Erkin Mustafoevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalar jamoasida norasmiy liderlar ta’sirini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar jamoasiga norasmiy liderlar ta’sirining darajaviy ifodalanishida “ijtimoiy muloqotga kirishuvchanlik”ni faoliyatda liderlik uslubining samaradorligiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy-psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
talabalar jamoasidagi psixosotsial tip tuzilishiga ko‘ra “dionisiy”, “epitemiy”, “prometiy”, “apollon” funksiyalarining liderlik faoliyatiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli “hissiy qabul qiluvchi”, “hissiy hal qiluvchi”, “mantiqiy his qiluvchi”, “emotsional his qiluvchi” xususiyatlarning differensiatsiyasi asoslangan;
talabalar jamoasidagi norasmiy liderlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari koping strategiyalardan “emotsional focsed”, “emotsional fossed”larning individual-psixologik uslublarga bog‘liq ravishda faoliyatda differensial namoyon bo‘lishi tufayli “liderlik qobiliyati” va “liderlar ta’siri samaradorligi”ni rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
talabalar jamoasiga norasmiy liderlar ta’sirini aniqlashning ijtimoiy-psixologik modeli shaxslararo munosabatlarda psixologik (verbal, noverbal, paralingvistik) ta’sirni qo‘llashning individual psixologik usullarini integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli “muhit”, “gobitar”, “predmetlashtirilgan”, “verbal”, “kinetik” imidj bilan bog‘liq xususiyatlarning ierarxik pog‘onasini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalar jamoasida norasmiy liderlar ta’sirini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
talabalar jamoasiga norasmiy liderlar ta’sirining darajaviy ifodalanishida “ijtimoiy muloqotga kirishuvchanlik”ni faoliyatda liderlik uslubining samaradorligiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy-psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq differensial farqlarning mavjudligi dalillanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-22-sonli buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-22-m-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar jamoasida norasmiy liderlar ta’sirining darajaviy ifodalanishini aniqlashga erishilgan;
talabalar jamoasidagi psixosotsial tip tuzilishiga ko‘ra “dionisiy”, “epitemiy”, “prometiy”, “apollon” funksiyalarining liderlik faoliyatiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli “hissiy qabul qiluvchi”, “hissiy hal qiluvchi”, “mantiqiy his qiluvchi”, “emotsional his qiluvchi” xususiyatlarning differensiatsiyasi asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-22-sonli sonli buyrug‘iga asosan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-22-m-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida amaliyotchi psixologlarda liderlik qobiliyati va liderlar ta’sirining samaradorligi”ni rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ifodalanishi asoslangan ilmiy-metodik ta’minotni boyitilishiga erishilgan;
talabalar jamoasidagi norasmiy liderlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari koping strategiyalardan “emotsional focsed”, “emotsional fossed”larning individual-psixologik uslublarga bog‘liq ravishda faoliyatda differensial namoyon bo‘lishi tufayli “liderlik qobiliyati” va “liderlar ta’siri samaradorligi”ni rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-22-sonli buyrug‘iga asosan «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-22-m-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tadbiqi orqali markaz xodimlari va amaliyotchi psixologlar uchun postdiagnostikani to‘g‘ri tashkil etish imkoniyati yaratilgan;
talabalar jamoasiga norasmiy liderlar ta’sirini aniqlashning ijtimoiy-psixologik modeli shaxslararo munosabatlarda psixologik (verbal, noverbal, paralingvistik) ta’sirni qo‘llashning individual psixologik usullarini integrativ namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli “muhit”, “gobitar”, “predmetlashtirilgan”, “verbal”, “kinetik” imidj bilan bog‘liq xususiyatlarning ierarxik pog‘onasini kiritish asosida takomillashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 16 iyundagi PM-22-sonli buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 22 iyundagi PM-22-m-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi markazning mutaxassis psixologlarida o‘quv faoliyatida talabalar jamoasidagi norasmiy liderlar psixosotsial tipi tuzilishiga ko‘ra “dionisiy”, “epitemiy”, “prometiy”, “apollon” funksiyasiga qarab, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining integrativ ierarxik pog‘onasiga doir bilim, ko‘nikma va malakalarini oshishiga xizmat qilgan.