Jalilov Nodirjon Azamatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4329.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sodiqov Hamid Maxmudovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari jismoniy va aqliy harakatlar uyg‘unligining pedagogik-psixologik xususiyatlarini mashqlarni bajarish faolligiga ko‘ra aniqlash hamda aksiologik yondashuv samaradorligini ta’limiy maqsadlarga mos ta’minlashning fundamental tamoyillarini joriy etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish modeli pedagogik jarayonning kommunikativligini izchillik va uzviylik prinsiplariga mos ta’minlashga qaratilgan axborotlar bilan ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirishning funksional imkoniyatlarini innovatsion ta’lim muhitiga ijodiy faollikni oshirish traektoryasi bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish texnologiyalari innovatsion-interaktiv texnologiyalar amaliyligini oshirishga yo‘naltirilgan analitik- tashkiliy, ijodiy-faoliyatli monitoring qilish va natijaviylik bosqichlarini milliy qadriyatlarga amal qilishgayo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmuniga mos prognostik belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish jarayoni tahliliy-baholash mezonlarni qiyosiy-tahliliy aniqlash, demokratik qadriyatlar, insonparvarlik tamoyillari va milliy qadriyatlar integrativligini izchil ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarni rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari jismoniy va aqliy harakatlar uyg‘unligining pedagogik-psixologik xususiyatlarini mashqlarni bajarish faolligiga ko‘ra aniqlash hamda aksiologik yondashuv samaradorligini ta’limiy maqsadlarga mos ta’minlashning fundamental tamoyillarini joriy etishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish metodikasi (Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida shakllantirilgan 68-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish jarayonining mohiyati va pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish modeli pedagogik jarayonning kommunikativligini izchillik va uzviylik prinsiplariga mos ta’minlashga qaratilgan axborotlar bilan ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirishning funksional imkoniyatlarini innovatsion ta’lim muhitiga ijodiy faollikni oshirish traektoryasi bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish metodikasi (Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida shakllantirilgan 68-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish texnologiyalari innovatsion-interaktiv texnologiyalar amaliyligini oshirishga yo‘naltirilgan analitik- tashkiliy, ijodiy-faoliyatli monitoring qilish va natijaviylik bosqichlarini milliy qadriyatlarga amal qilishgayo‘naltirilgan pedagogik jarayon mazmuniga mos prognostik belgilash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish metodikasi (Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida shakllantirilgan 68-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak chaqiriqqasha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga imkon yaratilgan. 
bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirish jarayoni tahliliy-baholash mezonlarni qiyosiy-tahliliy aniqlash, demokratik qadriyatlar, insonparvarlik tamoyillari va milliy qadriyatlar integrativligini izchil ta’minlash asosida  takomillashtirishga oid takliflar “Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish metodikasi (Yo‘naltirilgan jismoniy tayyorgarlik)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i asosida shakllantirilgan 68-153 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kreativ sifatlarini rivojlantirishni baholash mezonlarini aniqlashga sharoit yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish