Toshpulatov Akrom Ikromovichning
doktorlik dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Jinoyat-huquqiy prinsiplar: nazariya va amaliyot, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Yu227.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdurasulova Qumriniso Raimqulovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam Kabulovich, yuridik fanlar doktori, professor; Rasulev Abdulaziz Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat-huquqiy prinsiplar mohiyatini kompleks tadqiq qilish asosida ushbu prinsiplarning qonun ijodkorligi jarayoni va sud amaliyotida qo‘llashda mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash hamda jinoyat huquqi nazariyasi va jinoyat qonunchiligini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat qonunini o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash mumkin emasligini qonunda belgilash zarurligi isbotlangan;
javobgarlik yoki jazodan ozod qilish javobgarlikning muqarrarligi prinsipi mazmuniga mos emasligi, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalasini prinsip sifatida qonunchilikda aks ettirilishi zarurligi asoslangan;
jismoniy va ruhiy majburlash tufayli jinoyat sodir qilish qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat sifatida baholanishi kerakligi isbotlangan;
javobgarlikka tortish muddatlari o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish muddatlarini qisqartirish lozimligi asoslantirilgan;
javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash uchun qonunda o‘zini-o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash zarurligi asoslangan;
qilmishning jinoiyligi faqat JKda belgilanishi haqidagi qoidaga muvofiq, giyohvandlik vositalari analoglarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilanishi zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan: 
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish oqibatida sodir etishni qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar qatoriga kiritish bo‘yicha taklif 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–459-son Qonunning 
2-moddasi 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 17-dekabrdagi 06/1-05/12-2171-son ma’lumotnomasi). Mazkur norma odillik va ayb uchun javobgarlik prinsiplarini amalda to‘g‘ri qo‘llashga, ya’ni shaxsga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatda jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik istisno qilinishiga xizmat qilgan;
jinoyat qonunchiligidagi javobgarlikka tortish muddatlari o‘tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish muddatlarini qisqartirish haqidagi taklif 2018-yil 20-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–485-son Qonunning 1-moddasi 1 va 
2-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 
2021-yil 17-dekabrdagi 06/1-05/12-2171-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan muddatlarning qisqarishi orqali insonparvarlik prinsipini amalga oshirishni kafolatli ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish uchun javobgarlikni takomillashtirish va o‘zini-o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilashga oid takliflar 2017-yil 13-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ–436-son Qonunning 11-moddasi 1 va 2-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 17-dekabrdagi 06/1-05/12-2171-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi faqat jinoyat qonuni bilan belgilanishi haqidagi qonuniylik prinsipini amalga oshirish hamda o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga etkazish yoki unga undaganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilgan;
giyohvandlik vositasi hisoblanmaydigan, ammo kishining aql idrokiga ta’sir qiluvchi giyovandlik vositalari analoglari bilan qonunga xilof muomala qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash haqidagi taklif 2018-yil 22-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–503-son Qonunning 1-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 17-dekabrdagi 06/1-05/12-2171-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi faqat jinoyat qonuni bilan belgilanishi haqidagi qonuniylik prinsipini amalga oshirish hamda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qilgan;
jinoyat qonunchiligidagi javobgarlik yoki jazodan ozod qilish institutlarini javobgarlikning muqarrarligi prinsipi talablariga moslashtirish yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishda hisobga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 
2022-yil 27-dekabrdagi 27/2-362-22-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif javobgarlikdan ozod qilish institutining javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga mosligini ta’minlashga xizmat qilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish