Ismoilov Sherzodbek Dilshodovichning
falsafa doktori (PhD) disseretatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning familistik kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4PhD/Ped3980.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2020.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, qadriyatli, refleksiv-baholovchi, axboriy-huquqiy, xulq-atvor va faoliyatli komponentlarning individual va shaxslararo hamda ichki va tashqi omillar bilan qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirish darajalari (past (undovchi), o‘rta (baholovchi-refleksiv, qabul qiluvchi), yuqori (integrativ, improvizatsiyali)) o‘zini tushunish, o‘ziga (Men-obraz, Men-konsepsiya), tengdoshlar guruhiga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatga (ta’lim, muloqot, jamoat) munosabat shakllari ta’sirchanligi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlangan;
talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirish texnologiyasi mazmunini tanlashning didaktik parametrlari va jarayonli-tashkiliy asoslari ta’lim (modulli, vaziyatli, loyiha, strategik, taktik, vitagen) texnologiyalari, o‘quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish, o‘qituvchi va talaba faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirish birligi: “bilim – ko‘nikma – malaka – kompetensiya” va ana shu bosqichlarni har birida familistik kompetensiyani o‘ziga xos tarzda rivojlantirib borishini aks ettiruvchi interfaol ta’lim texnologiyalarni samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan didaktik tizimi ta’lim oluvchining refleksiv pozisiyasini intellektual rivojlanish sohasi bilan ichki integrallashuvini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda familistik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirish tuzilmasi kognitiv, aksiologik, axboriy analitik va faoliyatga doir komponentlarning individual va shaxslararo hamda ichki va tashki omillar bilan qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligining empirik jihatiga ustuvorlik berishi asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalaridan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2099/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirishni pedagogik tizimini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish imkoni kengaytirilgan.
talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirish darajalari (past (undovchi), o‘rta (baholovchi-refleksiv, qabul qiluvchi), yuqori (integrativ, improvizatsiyali)) o‘zini tushunish, o‘ziga (Men-obraz, Men-konsepsiya), tengdoshlar guruhiga, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatga (ta’lim, muloqot, jamoat) munosabat shakllari barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashga oid tavsiyalaridan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2099/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirishni pedagogik tizimini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.
talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirish texnologiyasi mazmunini tanlashning didaktik parametrlari va jarayonli-tashkiliy asoslari ta’lim (modulli, vaziyatli, loyiha, strategik, taktik, vitagen) texnologiyalari, o‘quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish, o‘qituvchi va talaba faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid takliflardan
PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2099/04-son dalolatnomasi). Natijada zamonaviy yondashuvlar asosida talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik modelini ishlab chiqish samaradorligi ortgan.
talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirish: “bilim-ko‘nikma-malaka-kompetensiya” va ana shu bosqichlarni har birida familistik kompetensiyani o‘ziga xos tarzda shakllanib borishini aks ettiruvchi interfaol ta’lim texnologiyalarni samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan didaktik tizimi ta’lim oluvchining refleksiv pozisiyasini intellektual rivojlanish sohasi bilan ichki integrallashuvini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalaridan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2099/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda familistik kompetensiyani rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan.