Nishanbaeva Gularo Jahongirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Mustaqillik yillarida O‘zbekiston madaniyatining takomil bosqichlari va rivojlanish omillari”, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (falsafa fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/San178.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Mavrulov Abduxalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01.
Rasmiy opponentlar: To‘ychieva Sayyora Suyarqulovna, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi  Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi istiqlol yillarida O‘zbekiston madaniyati rivojining asosiy bosqichlari va o‘ziga xos xususiyatlari, bu borada qo‘lga kiritilgan yutuqlar va natijalarga ta’sir ko‘rsatgan omillarni ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning ilk davrida O‘zbekiston madaniuatida sovet amal qilgan ma’muriu buuruqbozlikdan iborat mexanizmning bartaraf etilganligi va milliu madaniuatni rivojlantirishning istiqlol yillariga xos innovatsiyalarga asoslangan uangi konsepsiuasi shakllanganligi ochib berilgan;
istiqlol uillarida O‘zbekiston madaniuatining rivojlanishi to‘rt bosqichdan (1991-2000; 2001-2010; 2010-2016; 2016 yildan hozirgacha bo‘lgan davrlardan) iborat bo‘lgani, har biri bosqich jamiuatni sivilizatsion taraqqiui ettirish va aholida madaniu ehtiuojlarini qondirishda intensiv va dinamik mazmunga ega bo‘lganligi isbotiqilingan;
Uangilanauotgan O‘zbekiston sharoitida aholi madaniu qiuofasidagi ijtimoiu faollik, madaniuatlararoibag‘rikenglik, ma’naviui mas’ullik kabi eng muhim tamouillarningi jamiuatdagi ijtimoiu funksiualari ma’naviui muhitni takomillashtirishda muhim paradigmal o‘ringa ega bo‘lganligi aniqlangan; 
mamlakatimiz rivojiningi uangi bosqichida fuqarolar, auniqsa uoshlar madaniu saviuasigai o‘zining salbiu ta’sirini ko‘rsatishi hollari, ichki va tashqi, ma’naviu-mafkuraviui tahdidlarga qarshi kurashishning innovatsion va kreativ usullari, samarali vositalari va imkoniyatlari ochib berilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
madaniyat muassasalari tizimi va uning tarmoqlari faoliyatini samarali tashkil qilish va bugungi kundagi madaniy taraqqiyotni ta’minlashga doir amaliy faoliyat mexanizmini optimallashtirishga doir nazariy umumlashmalari va tahlillari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida 2022 yilda amalga oshirilgan «Navruz» umumxalq bayrami, «Mustaqillik kuni», «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» kabi bayram tadbirlar va «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali kabi tadbirlarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2023 yil12 yanvardagi 12.2023.1/6-son ma’lumotnomasi). Natijalar madaniyat omilining kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi, mazkur soha taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va vositalar tizimining samarasini oshirishga xizmat qiladigan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan ushbu vazirlikning 2023 yilga mo‘ljallangan «Harakatlar dasturi»ni tuzishda ham foydalanilgan, bu esa o‘z navbatida, yuqorida qayd qilingan amaliy tadbirlar xalqchilligini va ta’sirchanligini oshirish, joriy yildagi harakatlar dasturining mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
mustaqillikning ilk davrida O‘zbekiston madaniuatida sovet amal qilgan ma’muriu buuruqbozlikdan iborat mexanizmning bartaraf etilganligi va milliu madaniuatni rivojlantirishning istiqlol yillariga xos innovatsiyalarga asoslangan uangi konsepsiuasi shakllanganligi ochib berilganligi yuzasidan taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida, xususan, Prezidentning 2021 yil 26 martdagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-5040-son qaroridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da ko‘rsatilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 8 yanvardagi 4/01.23-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, PZ-20170930386 shifrli «O‘zbekistonda milliy qadriyatlar va falsafiy merosning o‘rnini ilmiy tadqiq etish asosida «O‘zbekiston falsafasi tarixi» kitobining 3 jildini tayyorlash va nashr qilish» mavzuidagi ilmiy loyiha, «Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessansning munosib poydevori», «Kitob-ma’rifat chirog‘i» kabi mavzulardagi tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 8 yanvardagi 4/01.23-son ma’lumotnomasi).  Natijalar madaniyat sohasiga tarixiy, falsafiy, antropologik, kulturologik, aksiologik, plyuralistik va metodolik yondashuv, bu sohada keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning konseptual-kulturologik asoslariga e’tibor berilishi Markazning mazkur yo‘nalishdagi tadbirlari mazmundorligini oshirgan va ularning ta’sirchanligini kuchaytirishga yordam bergan;
Uangilanauotgan O‘zbekiston sharoitida aholi madaniu qiuofasidagi ijtimoiu faollik, madaniuatlararoibag‘rikenglik, ma’naviui mas’ullik kabi eng muhim tamouillarningi jamiuatdagi ijtimoiu funksiualari ma’naviui muhitni takomillashtirishda muhim paradigmal o‘ringa ega bo‘lganligi aniqlanganligi yuzasidan takliflardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» partiyasining 2022 yilga mo‘ljallangan «Harakat dasturi»ni amalga oshirishda, partiya hududiy Kengashlarining 2022 yilga mo‘ljallangan faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ish rejasini shakllantirishda, «Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasi asosida viloyatlar va tumanlar Kengashlari hamkorligida amalga oshirilgan partiyaviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023 yil 7 yanvardagi 3/23.1-son ma’lumotnomasi). Bu o‘z navbatida, partiyaning mamlakatimiz rivojining yangi bosqichida fuqarolar, ayniqsa yoshlar madaniy saviyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ma’naviy xuruj va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning samarali usullari va yo‘llarini belgilashga doir ijtimoiy-ma’rifiy faoliyatiga doir tadbirlar ta’sirchanligini tizimli tarzda oshirishga yordam berib, o‘z navbatida bu tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari, usullari va vositalari ta’sirchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
Yangi O‘zbekiston madaniyatining transformatsiyasi ro‘y berayotgan hozirgi davrda mazkur soha taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va vositalar tizimining samarasini oshirish uchun zarur ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan 2016-2020 yillarda amalga oshirilgan "Jahon va O‘zbekiston ijtimoiy tafakkurini rivojini tahlil qilish natijasida Falsafa qomusi"ni yaratish mavzusidagi IF 1-093 hamda 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan "O‘zbekiston falsafa tarixining 3 jildini yaratish va chop etish» mavzusidagi PZ-20170930386 raqamli amaliy tadqiqot loyixasini bajarishda foydalanilgan. Bu esa mazkur tadqiqot loyihasining samarali amalga oshirilishi va unga doir vazifalarni sifatli bajarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2023 yil 9 yanvardagi 6.01.23-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan» Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi»ning V qismi, ya’ni «Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar» (71-78 maqsadlar) bo‘yicha amalga oshirilayotgan ma’rifiy tadbirlar mazmundorligini va ta’sirchanligini oshirishga yordam bergan;
mamlakatimiz rivojiningi uangi bosqichida fuqarolar, auniqsa uoshlar madaniu saviuasigai o‘zining salbiu ta’sirini ko‘rsatishi hollari, ichki va tashqi, ma’naviu-mafkuraviui tahdidlarga qarshi kurashishning innovatsion va kreativ usullari, samarali vositalari va imkoniyatlari ochib berilganligi asosida shakllantirilgan taklif va tavsiyalardan «Milliy tiklanish» gazetasi va gazeta veb-sayti faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan, shuningdek gazeta va veb-saytda e’lon qilinadigan infografika va boshqa vizual kontent sifatini oshirishga, bu borada ayniqsa, yoshlar madaniy saviyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ma’naviy xuruj va mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning samarali usullari va yo‘llariga bag‘ishlangan maqola va xabarlar tayyorlashda tadqiqot yordam bergan («Milliy tiklanish» gazaetasi tahririyatining 2023 yil 7 yanvardagi 23.1.3-son ma’lumotnomasi). Bu mazkur rukndagi maqolalarning xalqchilligi va ta’sirchanligini yanada oshirish borasida dissertatsiyada ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarni samarali qo‘llashga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish