Abdullaeva Nafisa Shavkatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped185.
Ilmiy rahbar: Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, PhD.03/31.05.2022.Ped.16.04 raqamli Ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Maqsud Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Djamilova Nargiza Nuriddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klasterli yondashuv asosida uzlyuksiz ta’lim sifatini oshirishning tashkiliy-pedagogik hususiyatlari o‘zgaruvchan ta’lim muhitining moslashuvchanlik, individualizatsiya, differensiatsiya kabi darajalarini erkin akademik traektoriyaga yo‘naltirilgan hamkorlik mazmuniga ijtimoiy tenglik munosabatida kiritish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimlarining o‘zaro klasterli integratsiyasini ta’minlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari tizimlararo mazmun uzviyligini muntazam ta’minlashga yo‘naltirilgan eksperimental maydonni modellashtirishning ochiqlik, shaffoflik, natijadorlik, sifat o‘lchovi kabi tamoyillariga manfaatli xissadorlik jihatdan ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini kvalimetrik baholash mexanizmlari subektlar faoliyatiga ortiqcha yuklanishni cheklovchi vertikal hamda ta’lim oluvchi ehtiyojlarini infratuzilmaviy o‘sish sharoitida ta’minlovchi gorizontal klasterlarning real o‘lchamli prognostik sinergiyasini motivatsion impuls ta’siriga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan; 
maktabgacha ta’lim klasteri subektlarining integrativ faoliyati samaradorligini oshirish modeli o‘quv laboratoriyalar hamda ishlab chiqarish integratsiyasini sifat menejmenti instrumentlari  asosida oshirishning “SMART rejalashtirish”, “Taym menjejment”, “Sifat barqarorligi” kabi texnologiyalariga ishbilarmonlik muhitida  ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmi transformatsion jarayonlarda (hamkorlikka psixologik tayyorgarlik, bilimlar transferi, zahiralarni aniqlashtirish, ijtimoiy imidj, kreativ tadbirkorlik) rahbar kadrlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan  modulli malaka oshirish kurslarini kiritish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimlarining o‘zaro klasterli integratsiyasini ta’minlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari tizimlararo mazmun uzviyligini muntazam ta’minlashga yo‘naltirilgan eksperimental maydonni modellashtirishning ochiqlik, shaffoflik, natijadorlik, sifat o‘lchovi kabi tamoyillariga manfaatli xissadorlik jihatdan ustuvorlik berishga oid tavsiyalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutining “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” nomli loyihasi (2022-2023-yillar) mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-apreldagi 4/17-20/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari, malaka oshirish instituti tinglovchilari  extiyojidan kelib chiqib metodik ta’minotni takomillashtirishga  erishilgan;  
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini kvalimetrik baholash mexanizmlari subektlar faoliyatiga ortiqcha yuklanishni cheklovchi vertikal hamda ta’lim oluvchi ehtiyojlarini infratuzilmaviy o‘sish sharoitida ta’minlovchi gorizontal klasterlarning real o‘lchamli prognostik sinergiyasini motivatsion impuls ta’siriga yo‘naltirish bo‘yicha takliflardan “Bolalar adabiyoti” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-apreldagi 4/17-20/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmunini shakllantirishda, o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
maktabgacha ta’lim klasteri subektlarining integrativ faoliyati samaradorligini oshirish modeli o‘quv laboratoriyalar hamda ishlab chiqarish integratsiyasini sifat menejmenti instrumentlari  asosida oshirishning “SMART rejalashtirish”, “Taym menjejment”, “Sifat barqarorligi” kabi texnologiyalariga ishbilarmonlik muhitida  ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan malaka oshirish institutida tashkil etilgan “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasi”ning nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 25-apreldagi 03-53-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish va oliy ta’lim muassasalari integratsiyasi kasbiy-axborot muhitini shakllantirish, o‘quv jarayonida klaster texnologiyalarini qo‘llash, ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish talablarini xorijiy tajribalar asosida transformatsiyalash imkoniyati kengaygan; 
klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmi transformatsion jarayonlarda hamkorlikka psixologik tayyorgarlik, bilimlar transferi, zahiralarni aniqlashtirish, ijtimoiy imidj, kreativ tadbirkorlik, rahbar kadrlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan  modulli malaka oshirish kurslarini kiritish orqali ta’lim sifatini oshirishga oid tavsiyalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutining “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” nomli loyihasi (2022-2023-yillar) mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-apreldagi 4/17-20/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim, oliy ta’lim va malaka oshirish hamkorligini tizimli yo‘lga qo‘yishga, maktabgacha ta’lim tizimiga zamonaviy rahbar kadrlar zaxirasini tayyorlashga, rahbar kadrlarni menejerlik ko‘nikmalarini takomillashtirishga va variativ dasturlarni amaliyotga joriy etilishini ta’minlash orqali pedagog kadrlarni ijtimoiy imidjini va rahbar kadrlarning boshqaruv kompetentligini oshirishga erishilgan. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish