Akmalova Mohinur Zafar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Zamonaviy formatsiyadagi ijtimoiy muhitda maktabgacha ta’lim menejerini shakllantirish jarayonini takomillashtirish”, 13.00.07 – “Ta’limda menejment” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3931.
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, PhD.03/31.05.2022.Ped.16.04.
Rasmiy opponentlar: Riskulova Kamola Djumaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xurvalieva Tarmiza Latipovna pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy formatsiyadagi ijtimoiy muhitda maktabgacha ta’lim menejerini shakllantirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy formatsiyadagi ijtimoiy muhitda maktabgacha ta’lim tashkilotlari menejerining boshqaruv faoliyatida zamonaviy yondashuvning mohiyati maqsadni aniqlash, rejalashtirish, tashkilotchilik, tartibga solish, nazorat va motivatsiya kabi boshqaruv faoliyati funksiyalarini o‘zaro integratsiyalash hamda menejment tarkibini tashkiliy va nazorat faoliyatiga ajratish orqali aniqlashtirilgan;
zamonaviy formatsiyadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari menejerining boshqaruv faoliyatinining texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy shakllari boshqaruv faoliyat darajasiga yordam beruvchi qonuniyatlar va ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy-pedagogik metodlari va texnologiyalarini maqsadli rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy formatsiyadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqaruv faoliyatining innovatsion modeli zamonaviy yondashuvni amalga oshirish shartlarining rejalashtirish, nazorat va tartibga solish kabi parametrlarini kiritish hamda boshqaruv sikli funksiyalarini adaptiv kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari menejerining boshqaruv faoliyatida zamonaviy yondashuvni takomillashtirishning boshqaruv qarorlarini qabul qilish, bilim, ko‘nikmalarni nostandart vaziyatlarda qo‘llash kabi parametrlari menejerlarni kasbiy tayyorgarligi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari hamda tayanch kompetensiyalar tizimini (ijtimoiy, kognitiv, funksional) integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy formatsiyadagi ijtimoiy muhitda maktabgacha ta’lim menejerini shakllantirish jarayonini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
zamonaviy formatsiyadagi ijtimoiy muhitda maktabgacha ta’lim tashkilotlari menejerining boshqaruv faoliyatida zamonaviy yondashuvning mohiyati maqsadni aniqlash, rejalashtirish, tashkilotchilik, tartibga solish, nazorat va motivatsiya kabi boshqaruv faoliyati funksiyalarini o‘zaro integratsiyalash hamda menejment tarkibini tashkiliy va nazorat faoliyatiga ajratish orqali aniqlashtirish, zamonaviy formatsiyadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari menejerining boshqaruv faoliyatinining texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy shakllari boshqaruv faoliyat darajasiga yordam beruvchi qonuniyatlar va ta’lim muassasasini boshqarishning tashkiliy-pedagogik metodlari va texnologiyalarini maqsadli rivojlantirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformasini yaratish (Pre-schoolPDP)” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 15-iyuldagi 04/11-4328-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining boshqarish tizimining rivojlantirish tendensiyalari va uning strategik modelini takomillashtirish imkoniyati yaratilib, amaliyotga joriy etishga xizmat qilgan;
zamonaviy formatsiyadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari boshqaruv faoliyatining innovatsion modeli zamonaviy yondashuvni amalga oshirish shartlarining rejalashtirish, nazorat va tartibga solish kabi parametrlarini kiritish hamda boshqaruv sikli funksiyalarini adaptiv kengaytirish orqali takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari menejerining boshqaruv faoliyatida zamonaviy yondashuvni takomillashtirishning boshqaruv qarorlarini qabul qilish, bilim, ko‘nikmalarni nostandart vaziyatlarda qo‘llash kabi parametrlari menejerlarni kasbiy tayyorgarligi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari hamda tayanch kompetensiyalar tizimini (ijtimoiy, kognitiv, funksional) integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-419-sonli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformasini yaratish (Pre-schoolPDP)” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 15-iyuldagi 04/11-4328-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining boshqarish tizimining rivojlantirish tendensiyalari va uning strategik modelini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.