Allanazorov Muxiddin Xayitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tabotaboiy qarashlarining falsafiy-konseptual tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
.Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal833.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponetlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Fayzixo‘jaeva Dilbar Ergashevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tabotaboiy qarashlaridagi ontologik, gnoseologik, teologik va aksiologik masalalarning falsafiy-konseptual asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy islom falsafasidagi ontologik, gnoseologik, teologik va aksiologik masalalarning integratsiyalashuvi va o‘zaro transformatsiyalashuvi jarayonlari Tabotaboiy qarashlarining falsafiy-konseptuallashuviga ko‘ra ochib berilgan;
ayollarning islom dinida barcha ahkomlar va ijtimoiy huquqlar borasida erkaklar bilan tengligiga doir islom teologiyasiga asoslangan xulosalarning gender tenglikka erishishdagi ijtimoiy ahamiyati mutafakkirning ijtimoiy qarashlari asosida isbotlangan;
mutafakkirning falsafa, tafsir va axborni o‘zaro aralashtirib yuborish, dalil topa olmasdan paralogistik xulosalarga asoslangan holda o‘z dalillarini mukammallashtirishga qaratilgan urinishlarning ilmiy va e’tiqodiy muhitda nizolarga, qarama-qarshiliklarga asos bo‘lishiga doir falsafiy-konseptual g‘oyalarining ijtimoiy ahamiyati asoslab berilgan;
islom ilohiyotshunosligidagi ratsionalistik va zamonaviy nasroniylik ilohiyotshunosligiga xos bo‘lgan irratsionalistik yondashuvlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni konseptual tahlil qilish asosida islom ilohiyotshunosligini ratsional irfonning haqiqiy namunasi sifatida shakllanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alloma Tabotaboiy qarashlarini falsafiy-konseptual nuqtai nazardan tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
zamonaviy islom falsafasidagi ontologik, gnoseologik, teologik va aksiologik masalalarning integratsiyalashuvi va o‘zaro transformatsiyalashuvi jarayonlari Tabotaboiy qarashlarining falsafiy-konseptual tahlili asosida ochib berilganligiga doir xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining IX yo‘nalishida belgilangan “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish” 9-bandi “Mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish va mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, diniy aqidaparastlik va ekstremizmning buzg‘unchi g‘oyalaridan ogoh etishga qaratilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat”, “Islom aqidaparastlikni qoralaydi”, “Yoshlar ekstremizmga qarshi”, “Ma’naviyat odam va olam xaloskori”, “Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo‘llari”, “Islom terrorizmga qarshi” mavzularidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 3-fevraldagi 34-son ma’lumotnomasi). Natijada, mutafakkirning Sharq ma’naviy merosiga qo‘shgan ulushi, uning islom dinida ayollarning ijtimoiy huquqlari, islom ilohiyotshunosligiga xos bo‘lgan ratsionalizm tahlili, aql, qalb va shariatga tayanuvchi bilish yo‘llariga doir bilimlarini oshirishiga xizmat qilgan;
ayollarning islom dinida barcha ahkomlar va ijtimoiy huquqlar borasida erkaklar bilan tengligiga doir islom teologiyasiga asoslangan xulosalarning gender tenglikka erishishdagi ijtimoiy ahamiyati mutafakkirning ijtimoiy qarashlari asosida isbotlanganligiga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston teleradiokanali “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 8-maydagi 02-06-710-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyuk islom mutafakkirlarining hayot yo‘li, ilmiy merosiga, shuningdek, islom ilohiyotshunosligining ijtimoiy ahamiyatiga doir ko‘rsatuvlarning mazmunan boyishiga, teletomoshabinlarning bu boradagi bilim va dunyoqarashining kengayishiga xizmat qilgan;
mutafakkirning falsafa, tafsir va axborni o‘zaro aralashtirib yuborish, dalil topa olmasdan paralogistik xulosalarga asoslangan holda o‘z dalillarini mukammallashtirishga qaratilgan urinishlarning ilmiy va e’tiqodiy muhitda nizolarga, qarama-qarshiliklarga asos bo‘lishiga doir falsafiy-konseptual g‘oyalarining ijtimoiy ahamiyatiga doir umumlashma va xulosalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 “O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining g‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 4-fevraldagi 04/11-551-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom ilohiyotshunosligining yirik vakili Alloma Tabotaboiy gnoseologik izlanishlarining ijtimoiy ahamiyati, falsafiy metodlarni teologik tadqiqotlar bilan uyg‘unlashtirish hamda fanlararo yondashuv asosida gnoseologik va teologik bilish uslublari qiyoslanishining islom falsafiy rivojidagi o‘rniga oid mulohazalarni mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
islom ilohiyotshunosligidagi ratsionalistik va zamonaviy nasroniylik ilohiyotshunosligiga xos bo‘lgan irratsionalistik yondashuvlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni konseptual tahlil qilish asosida islom ilohiyotshunosligini ratsional irfonning haqiqiy namunasi sifatida shakllanishiga doir nazariy umumlashmalar va yangiliklardan Farg‘ona davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 13-iyundagi 01-2557-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy tadqiqot loyihasining ilmiy-amaliy ahamiyatini oshirishga va yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.