Ishbaeva Nazira Abduraimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3360.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizova Qizlarxon Mashrabovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari mustaqil ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or tajribalardan samarali foydalanish, harakat dasturlarini shakllantirish hamda takroriy sinov baholash natijalari va yangi bilimlarni o‘zlashtirishni monitoring qilish dinamikligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
tinglovchilarning didaktik kompetentligini rivojlantirish modeli o‘quv kurslari sifatiga qo‘yiladigan talablar mazmunini boyitish, kasbiy o‘sish imkoniyatlarini amaliy faoliyat natijalari bilan adekvat moslashtirib borish hamda mustaqil ta’limda predmetli-amaliy xarakatlarni idrok etish uyg‘unligiga mosligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirish jarayoni innovatsion ta’lim texnologiyalari tamoyillariga ko‘ra tafakkur va amaliy faoliyatni ifodalash, o‘rganilayotgan xodisa mohiyatini anglash hamda qadriyatli-yo‘naltirilgan shaxsiy fikrlarni verbal-faoliyatli yondoshuv vositasida bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirish mazmuni samaradorlik natijalari monitoringini statistik qayta tahlil qilish, malakani oshirish xarakteristikalariga moslashuvchanlik omillarini aniqlash, yangi deskretiv baholashdan foydalanishga ustuvorlik berish hamda jamoaviy-hamkorlikning didaktik strategiyani vektorli belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirish imkoniyatlari mustaqil ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or tajribalardan samarali foydalanish, harakat dasturlarini shakllantirish hamda takroriy sinov baholash natijalari va yangi bilimlarni o‘zlashtirishni monitoring qilish dinamikligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21-iyundagi 02-07-2384/04-son dalolatnomasi). Natijada tinglovchilarni kasbiy qayta tayyorlash jarayonida xorijiy tajribalar va zamonaviy tendensiyalar tahlil etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
tinglovchilarning didaktik kompetentligini rivojlantirish modeli o‘quv kurslari sifatiga qo‘yiladigan talablar mazmunini boyitish, kasbiy o‘sish imkoniyatlarini amaliy faoliyat natijalari bilan adekvat moslashtirib borish hamda mustaqil ta’limda predmetli-amaliy xarakatlarni idrok etish uyg‘unligiga mosligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21-iyundagi 02-07-2384/04-son dalolatnomasi). Natijada, kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirish jarayoni innovatsion ta’lim texnologiyalari tamoyillariga ko‘ra tafakkur va amaliy faoliyatni ifodalash, o‘rganilayotgan xodisa mohiyatini anglash hamda qadriyatli-yo‘naltirilgan shaxsiy fikrlarni verbal-faoliyatli yondoshuv vositasida bosqichma-bosqich shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21-iyundagi 02-07-2384/04 son dalolatnomasi). Natijada kasbiy qayta tayyorlash jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
kasbiy qayta tayyorlash jarayonida tinglovchilarning didaktik kompetentliligini rivojlantirish mazmuni samaradorlik natijalari monitoringini statistik qayta tahlil qilish, malakani oshirish xarakteristikalariga moslashuvchanlik omillarini aniqlash, yangi deskretiv baholashdan foydalanishga ustuvorlik berish hamda jamoaviy-hamkorlikning didaktik strategiyani vektorli belgilash asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 21-iyundagi 02-07-2384/04-son dalolatnomasi). Natijada kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari didaktik kompetentliligining rivojlanganligini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan.