Halimov O‘ktam Haydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida loyihalash kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1223.
Ilmiy rahbar: Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetininng Jizzax filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzillo Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida loyihalash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarga amaliy ta’limni tashkil etishda va loyihalash faoliyatiga tayyorlashda ijodiy munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda loyiha ishidagi muammoni ko‘rish va mos echimni topishga qaratilgan motivatsion, intellektual, ijodiy, amaliy komponentlardan tashkil topgan bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi mazmuni tizimli va faoliyatli yondashuvlarni sintezlsh asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirishda umumlashtiruvchi takrorlash, murakkabligi yuqori darajadagi topshiriqlarda o‘z kuchiga tayanish, ma’lumotlar etishmasligi sharoitida erkin improvizatsiya, hayotiy tajribaga tayanish kabi maxsusu faollashtiruvchi usullardan foydalangan holda, maqsadli, motivatsion - tashxisli, mazmunli - faoliyatli, texnologik va baholash - natijali kabi o‘zaro bog‘liq beshta komponentdan iborat loyihalash kompetentligini rivojlantirishning tashkliy - tuzilmaviy modeli tizimli yondoshuv asosida takomillashtirilgan;
innovatsion xarakterli ijodiy loyihalar va muhandislik grafik topshiriqlarini bajarishda “Maple” va “GeoGebra” kabi kompyuter dasturlarini hamda konstruktorlik - texnologik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda matematik kompetentligini rivojlantirish” elektron plotformasini amaliyotga joriy qilish orqali talabalarning loyihalash kompetentligini rivojlantirishning didakatik ta’minoti  takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandisning loyihalash kompetentligini rivojlanganlik darajasini  aniqlash usullari boshlang‘ich loyiha tushunchalarini egallaganligi, muhandislikga yo‘nalgan loyiha ko‘nikmalarining shaklanganligi, sohaga oid loyihaviy bilimlarni bilishi, muhandislik fazilatlarini anglaganligi, o‘ziga va o‘quv faoliyatiga munosabati kabi mezonlar ko‘rsatkichlarining yuqori, o‘rta, past darajalarini belgilash natijasida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy - metodologik va amaliy takliflar asosida:
talabalarni loyihalash faoliyatiga tayyorlashda ijodiy munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda loyiha ishidagi muammoni ko‘rish va mos echimni topishga qaratilgan motivatsion, intellektual, ijodiy, amaliy komponentlardan iborat bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirishga oid takliflardan Akademik innovatsiyalar fondi hamda Jizzax politexnika instituti hamkorligida ID 128516 - “Kasb - hunarga yo‘naltirilgan markaz va elektronika bo‘yicha qo‘shma o‘quv laboratoriya yaratish” mavzusidagi halqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 02/01-01-69-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi rivojlanishiga xizmat qilgan;
innovatsion xarakterli ijodiy loyihalar va muhandislik grafik topshiriqlarini bajarishda “Maple” va “GeoGebra” kabi kompyuter dasturladan hamda konstruktorlik - texnologik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan “Bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda matematik kompetentligini rivojlantirish” elektron plotformasidan foydalanish metodikasi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 11 noyabrdagi 02/01-01-69-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron plotforma muhandisning kasbiy matematik tayyorgarligi asosida loyihalash kompetenligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan faollashtiruvchi, murakkabligi yuqori darajadagi topshiriqlar, ma’lumotlar etishmasligi sharoitida erkin improvizatsiya, hayotiy tajribaga tayanish kabi usullardan foydalanish orqali kasbiy fanlarni o‘qitishda amaliy ta’limni tashkil etish metodikasi “Matematik paket “Maple” dasturida matematik masalalarni echish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan 232-130-son guvohnomasi). Ushbu o‘quv qo‘llanma bo‘lajak muhandislarning loyihalash kompetentligi rivojlanishida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish