Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped471. 
Ilmiy maslahatchi: Mirqosimova Marg‘uba Mirkobilovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Fatima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Matchonov Safo, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
    maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish jarayoni lingvopedagogik tavsifga ega bo‘lib, bolalarning o‘qish, kognitiv, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy kabi tayanch kompetensiyalarini shakllantirishning determinant komponenti ekanligi art ta’limga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
    maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning lingvomadaniy, antropotsentrik, psixolingvistik kabi yondashuvlarning yosh va pedagogik, gender tamoyillar bilan kontekstual-integral produktivligi adabiy tur va janrlarning korrelyasiyasi barqarorligini bevosita hisobga olish orqali aniqlangan;
    maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning uzviyligi va uzlyuksizligi tanishuv, adaptiv, badiiy matnni idrok etish, badiiy asar ustida ishlash, refleksiya bosqichlarida tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati mazmunini vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borishning pedagogik algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
    bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning metodik tizimi adaptiv GROW (maqsad, reallik, imkoniyat, harakat rejasi) modelini shaxs rivojining motivatsion, emotsional, intellektual sohalariga jadal ta’sir ko‘rsatuvchi adabiy-badiiy markaz (kitob burchagi, videoteka, fonoteka, sahnalashtirish) bilan qayta aloqasi identivligini turli yosh guruhlari bilan ishlash jarayonida differensiyalash orqali takomillashtirilgan;
    maktabgacha ta’lim tashkilotlarida badiiy matn va rasmlar (illyustratsiyalar) bilan ishlash texnologiyasi, bolalarga kitobning qadriyat ekanligini anglatish, kitoblarni yaratish tarixi bilan tanishtirish, turli-tuman bolalar adabiyotini taqdim etish, nutq uslubi va matn janrlarini farqlash, o‘qish madaniyatini shakllantirish bosqichlariga asoslangan “Bolalik va ilhom” mualliflik dasturini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish jarayoni lingvopedagogik tavsifga ega bo‘lib, bolalarning o‘qish, kognitiv, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy kabi tayanch kompesensiyalarini shakllantirishning determinant komponenti ekanligi artta’limga ustuvorlik berish asosida aniqlashga doir taklif va tavsiyalar 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Bolalarning nutqini o‘stirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, 233-0262-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
    maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning lingvomadaniy, antropotsentrik, psixolingvistik kabi yondashuvlarning yosh va pedagogik, gender tamoyillar bilan kontekstual-integral produktivligi  adabiy tur va janrlarning korrelyasiyasi barqarorligini bevosita hisobga olish orqali aniqlashga oid taklif va tavsiyalar 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Maktabgacha pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, 233-0263-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishga maqsadli tayyorlashning didaktik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
    maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning uzviyligi va uzlyuksizligi tanishuv, adaptiv, badiiy matnni idrok etish, badiiy asar ustida ishlash, refleksiya bosqichlarida tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati mazmunini vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borishning pedagogik algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Bolalarning nutqini o‘stirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, 233-0262-raqamli guvohnoma). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning metodik tizimini adaptiv GROW modelini shaxs rivojining motivatsion, emotsional, intellektual sohalariga jadal ta’sir ko‘rsatuvchi adabiy-badiiy markaz bilan qayta aloqasi identivligini turli yosh guruhlari bilan ishlash jarayonida differensiyalash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetida bajarilgan              A-5-37. “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan multimediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017-yy.) amaliy loyihasining maktabgacha ta’limda storitellingdan foydalanishga doir topshiriqlarni ishlab chiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 13-apreldagi 520-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish