Saydaxmedova Nigora Sulaymonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhammad Yusuf ijodini o‘rgatishning innovasion texnologiyalari”, 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1388.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Muminjon Yusupjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdurahmonova Barnoxon Muhammadjanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Muhammad Yusuf hayoti va ijodini o‘rgatishning (sinfda va sinfdan tashqari jarayonlarda) innovatsion texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilarning filologik bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi Muhammad Yusuf hayoti va ijodini uzviylik, uzlyuksizlik va izchilik tamoyillarida, shaxsga yo‘naltirilgan, kognitiv-kommunikativ yondashuvlar bilan “Smart Education” (aqlliy ta’lim), QR kod, Blum taksonomiyasi, kichik guruhlarda ishlash kabi innovatsion metod va usullarda o‘qitishga ko‘ra takomillashtirilgan;
shoir hayoti va ijodiga doir ilmiy, ilmiy-ommabob, metodik adabiyotlar bibliografiyasi tuzilib, ta’lim jarayonida ulardan foydalanish asosida darslikdagi ma’lumotlar, bilimlar sirasini boyitish, adabiy ta’limning hayotiyligi va samaradorligini ta’minlash yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan va mavzuga doir manbalar ilmiy-metodik mazmuni takomillashtirilgan;
dastur va darsliklarda berilgan shoir she’rlarining mavzusi va g‘oyaviy mazmuni, badiiy mohiyatidan kelib chiqib, ona tili, musiqa, tasviriy san’at, tabiatshunoslik, geografiya, tarix fanlari integratsiyasiga asoslangan sayohat hamda binar darslar asosida o‘qitish va o‘quvchilarning kompetensiyaviy ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik, badiiy-estetik jihatlari aniqlashtirilgan;
shoir hayoti va ijodini o‘qitishda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari, adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni, mohiyati yoritilgan hamda ularni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari, o‘quvchilarning mavzu yuzasidan olgan bilimlarini PIRLS topshiriqlari, testlar, ta’limiy o‘yinlar va krosvord, rebuslar asosida baholash metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Muhammad Yusuf ijodidan namunalarini o‘qitishni takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’limda Muhammad Yusuf hayoti va ijodini uzviylik, uzlyuksizlik va izchilik tamoyillarida, shaxsga yo‘naltirilgan, kognitiv-kommunikativ yondashuvlar bilan “Smart Education”, QR kod, Blum taksonomiyasi, kichik guruhlarda ishlash kabi innovatsion metod va usullarda o‘qitish asosida o‘quvchilarning filologik bilim, malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish hamda shoir hayoti va ijodiga doir ilmiy, ilmiy-ommabob, metodik adabiyotlar bibliografiyasi tuzilib, ta’lim jarayonida ulardan foydalanish asosida darslikdagi ma’lumotlar, bilimlar sirasini boyitish, adabiy ta’limning hayotiyligi va samaradorligini ta’minlash yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan va mavzuga doir manbalar ilmiy-metodik mazmuni takomillashtirishga doir amaliy takliflardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-123 raqamli “Fanlardan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 7-noyabrdagi 02-07-3384/04-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, shoir asarlarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning ijodkorlik qobilyatlari rivojlantirilgan;
dastur va darsliklarda berilgan shoir she’rlarining mavzusi va g‘oyaviy mazmuni, badiiy mohiyatidan kelib chiqib, ona tili, musiqa, tasviriy san’at, tabiatshunoslik, geografiya, tarix fanlari integratsiyasiga asoslangan sayyohat hamda binar darslar asosida o‘qitish va o‘quvchilarning kompetensiyaviy ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik, badiiy-estetik jihatlari aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-, 10-sinf “O‘zbek adabiyoti” fanidan darslik va o‘qituvchi metodik qo‘llanmalarini yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 01/11-02/02-1897-son ma’lumotnomasi). Natijada, 4-,8-sinflarda adabiyot o‘qitish metodikasi va didaktik vositalar jahon standartlari darajasidagi PIRLS, STEAM texnologiyalari talablari asosida takomillashtirilgan;
shoir hayoti va ijodini o‘qitishda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari, adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni, mohiyati yoritilgan hamda ularni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari, o‘quvchilarning mavzu yuzasidan olgan bilimlarini PIRLS topshiriqlari, testlar, ta’limiy o‘yinlar va krosvord, rebuslar asosida baholash metodikasi takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 3-fevraldagi “Milliy o‘quv dasturiga asosan 2022/2023-o‘quv yili uchun chop etilishi rejalashtirilgan umumta’lim fanlaridan darslik hamda o‘quv-metodik majmualarning maketlarini yaratish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 39-sonli buyrug‘iga asosan, umumta’lim maktablarining 4-, 8-, 10-sinflari uchun sinfdan tashqari o‘qish va adabiyot fanlaridan darslik, o‘quv-metodik majmualarni yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 01/11-02/02-1897-son ma’lumotnomasi). Natijada, darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik majmualar amaliy mashqlar hamda 1 soatlik dars modelini takomillashtirishga erishilgan.