Maxmudov Kodirjon Oltinboevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘ir metallar tuzlari bilan subxronik intoksikatsiya patogenezining morfologik jixatlari va terapiyaning samaradorligi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib749.
Ilmiy maslaxatchi: Ismailov Saydmurad Ibragimovich, tibbiyot fanlar doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022. Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Xamdamova Muxayyoxon Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: «Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti» (Turkiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy  ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: olingan natijalar  og‘ir metallar tuzlari –pollyutantlar bilan subxronik zaharlanishining patogenezi va patomorfologiyasi haqidagi mavjud tushunchalarni kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metall tarkibli toksik aralashmalar ta’sirida organizmda shakllanadigan metabolik buzilishlar xususiyatlari aniqlanib, metallpolyutant aralashmasini kiritish endogen intoksikatsiya sindromining rivojlanishiga sabab bo‘lishi, LPO   faollashishi bilan birga, modda almashinuvining asosiy turlari (oqsil, lipidli) buzilishi bilan jigar-hujayra etishmovchiligiga olib kelishi isbotlangan;
og‘ir metallar va ularning tuzlari bilan o‘tkir va surunkali zaharlanishdan kasallangan bemorlarni davolashdagi muammo biologik muhitda metall tarkibini tez pasaytirishga va intoksikatsiya sindromini kamaytirishga qaratilgan terapiya va davolashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan;
metall polutant aralashmasining organizmga kiritilishi lipid faollashuvi bilan kechadigan endogen intoksikatsiya sindromi rivojlanishini yuzaga chiqarishi modda almoshuvining asosiy turlari oqsilli va lipidli buzulishi bilan jigar hujayra etishmovchiligiga olib kelishi isbotlangan;
sitrusli pektin sorbent bilan enterosorbsiya o‘tkazish paxta lignin sorbentidan foydalanishdan ko‘ra samaraliroq ekanligi isbotlangan, bu immunologik tadqiqot usullarining biokimyoviy va morfologik natijalari bilan tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 15 apreldagi 23-Z/31-son xulosasiga ko‘ra:
«Metallar birikmasining umumiy zaharli ta’sirini to‘xtatish uchun “Gepamal” ananaviy fitoantioksidantini qo‘llanishini eksperimental asoslash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining uslubiy №23-m/008-son bayonnomasi), «Og‘ir metallar bilan zaharlanishda murakkab enterosorbsiya va sitoproteksiya usulidan foydalanishni eksperimental asoslash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining uslubiy №23-m/008-son bayonnomasi) baholashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Toshkent viloyatida atrof-muhitning asosiy ifloslantiruvchi moddalari bo‘lgan metallardan tashkil topgan metall saqlovchi zaharli aralashma ta’sirida organizmda sodir bo‘ladigan metabolik buzilishlar xarakterini ochib berildi. Olingan natijalar metall-polyutant aralashmasining organizmga kiritilishi lipid peroksidatsiyasining faollashuvi bilan kechadigan intoksikatsiya sindromining rivojlanishiga sabab bo‘lishi va metabolizmning asosiy turlari (oqsil, lipid) buzilishi bilan jigar hujayra etishmovchiligiga olib kelishi isbotlandi. Davolash natijalarini bashoratlashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan (Ixtiro patentiga tasvif UZ IAP 04177). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 28.01.2023, Andijon tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 17.02.2023, Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatik shifoxonasi klinikasiga 23.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan baholashning takomillashtirilgan usulidan foydalanish, metal-tuz aralashmalaridan zaharlanish xavfi yuqori bo‘lgan odamlarda og‘ir metallardan subxronik intoksikatsiya, nogironlik va o‘lim xavfining pasayishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Og‘ir metal tuzlaridan subxronik zaharlanishni davolashda arzon bo‘lgan mahalliy “Gepamal” preparatini ishlatish iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon beradi. Xulosa: Olingan natijalarga asoslanib og‘ir metal tuzlaridan subxronik zaharlanishni davolashda Pektin enterosorbenti va “Gepamal” antioksidantini qo‘llashni klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallikni davolash samaradorligini oshishiga imkon yaratib, asoratlar rivojlanishini kamayishiga olib keladi, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 320 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 140 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir metallar tuzlari bilan subxronik intoksikatsiya patogenezining morfologik jihatlari va terapiya samaradorligi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIXIATM direktori tomonidan 07.03.2023 202-son xat yuborilgan.
Og‘ir metallar va ularning tuzlari bilan o‘tkir va surunkali zaharlanishdan kasallangan bemorlarni davolashdagi muammo biologik muhitda metall tarkibini tez pasaytirishga va intoksikatsiya sindromini kamaytirishga qaratilgan terapiya va davolashning takomillashtirilgan usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Og‘ir metallarning sitotoksik va sitopatik ta’sirida barcha to‘qimalardagi morfologik buzilishlarni keltirib chiqaradigan oksidlovchi stress asosiy rol o‘ynaydi. Shu sababli ushbu ishni bajarishning zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslanadi. Keyingi asoratlarni bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan usulni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlanib, shu bilan birga, ishlab chiqilgan dastur shartlariga muvofiq ushbu mezonlar intoksikatsiya va endotoksemiya toksik kasalligining og‘irligi va uning oqibatlarining prognostik ehtimolini inobatga olgan holda davolash usulini tanlashga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 28.01.2023, Andijon tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 17.02.2023, Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatik shifoxonasi klinikasiga 23.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘ir metal tuzlaridan subxronik zaharlanishda organizmlarni metabolizmlarni intoksikatsiya jarayonini davolash natijalarini baholashning yangi usuli ishlab chiqilgan, bu amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Zaharlanishdan keyingi asoratlar istiqbolini belgilash va intoksikatsiya va endotoksimiya davolashning takomillashtirilgan usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 8,3 kundan 6,0 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 378 ming 448 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 117.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 112 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Og‘ir metal tuzlaridan zaharlanishning davolash natijalarini baholashning yangi usuli, bemorlarning nazorat guruhiga nisbatan yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini 12.3% ga oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini 2,3 baravarga kamaytirish va kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir metallar tuzlari bilan subhronik intoksikatsiya patogenezining morfologik jihatlari va terapiya samaradorligi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIXIATM direktori tomonidan 07.03.2023 202-son xat yuborilgan.
metall polutant aralashmasining organizmga kiritilishi lipid faollashuvi bilan kechadigan endogen intoksikatsiya sindromi rivojlanishini yuzaga chiqarishi modda almoshuvining asosiy turlari oqsilli va lipidli buzulishi bilan jigar hujayra etishmovchiligiga olib kelishi isbotlangan. Bemorlarda endogen intoksikatsiya sindromi rivojlanishi aniqlandi bu o‘rtacha massa molekulalari masssasini 1.5 baravar pasayishi tasqdiqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: sitrusli pektin entersorbentining metal pollutant aralashmalarining toksik tasirini kompleks korreksiyasida paxta lignin asosidagi sorbentga nisbatan afvzalliklari isbotlandi, og‘ir metal tuzlari bilan zaharlanishning ekologik va potogenetik omillarga maqsadli tasiri tufayli bu gepototsitlar va nefrotsitlar distrofiyasini pasayishi, nekroz va gepatotsitlar polimorfizmi o‘choqlari yo‘qolishi taloqda folekulalar giperplaziya kamayishi shaklda morfologik jihatdan tasdqilandi. Bu o‘z navbatida organizmdagi intoksikatsiya jarayoni endotoksemiya belgilarini kamaytiradi va shifo jarayonini tezlashtirib yotoq kunini qisqartirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 28.01.2023, Andijon tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 17.02.2023, Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatik shifoxonasi klinikasiga 23.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pektinli enterosorbent korreksiyasi kursidan o‘tgan bemorlqrning qon tahlillarini nur-optik o‘rganishda diskotsitlarning nisbatan bir xil shakli va o‘lchamiga ega bo‘lgan ko‘plab eritrotsitlar mavjudligi aniqlandi, bu gemopoetik jarayonlarning differensirovkasi korreksiyasidan darak beradi; o‘tkazilgan gistomorfologik tadqiqotlar olingan biokimyoviy natijalarni tasdiqlaydi va antioksidant davolash bilan to‘ldirilgan enterosorbsion terapiyaning ishonchli dalili sifatida xizmat qiladi, organlarning hujayra tuzilmalarida ijobiy dinamikani ta’minlaydi, jigar (bu gepatotsitlarning o‘ziga ham, uning stromal qismlariga ham tegishli), buyrak, qora jigar, ichak shilliq qavati morfologiyasini me’yorlashtirishga yordam beradi, bu tekshirilgan organlar funksiyasini yaxshilash bilan birga davom etadi;, bu o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 8,3 kundan 6,0 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 378 ming 448 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 117.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 112 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan endokrinologiya dispanserida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Og‘ir metal tuzlaridan zaharlanishning davolash natijalarini baholashning yangi usuli, bemorlarning nazorat guruhiga nisbatan yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini 12.3% ga oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini 2,3 baravarga kamaytirish va kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini bergan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘ini 372 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 167 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir metallar tuzlari bilan subhronik intoksikatsiya patogenezining morfologik jihatlari va terapiya samaradorligi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIXIATM direktori tomonidan 07.03.2023 202-son xat yuborilgan.
dalillarga va tibbiyot tamoyillariga asoslangan tahlil natijasida, o‘tkazilgan tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlari asoslab berilgan, bu zaharlanishda va zaharlanishdan keyingi asoratlarni bashorat qilishda yanada samarali natijaga erishishga ko‘maklashgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: dalillarga va tibbiyot tamoyillariga asoslangan tahlil natijasida, o‘tkazilgan tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlari asoslash uzoq muddat davomida intoksikatsiya va endotoksimiya terapiyasi qabul qilgan bemorlarni majmuaviy detoksikatsiya davolash usullarini optimallashtirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 28.01.2023, Andijon tibbiyot instituti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha 17.02.2023, Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatik shifoxonasi klinikasiga 23.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Og‘ir metallar tuzlari bilan subxronik intoksikatsiya patogenezining morfologik jihatlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash amaliyotida 2 ta metodik tavsiyalar tasdiqlangan va joriy etilgan: “Metallar birikmasining umumiy toksikta’sirini to‘xtatish uchun mahalliy “Gepamal” fitoantioksidantini qo‘llashning tajribaviy asoslari” va “Og‘ir metallar bilan zaharlanishda enterosorbsiya va sitoproteksiyaning kompleks usulini qo‘llashning tajribaviy asoslari” O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq etilmoqda, bunga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 4 apreldagi 23-m/008-sonli Ekspert kengashi tomonidan tasdiqlangan joriy etish haqidagi Xulosa olindi. Sitrusli pektin sorbent bilan enterosorbsiya o‘tkazish paxta lignin sorbentidan foydalanishdan ko‘ra samaraliroq ekanligi isbotlangan, bu immunologik tadqiqot usullarining biokimyoviy va morfologik natijalari bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat zaharlanish natijasida organizmda intoksikatsiya jarayoni oshishi asoratlarni bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan usulni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerakligi isbotlangan, shu bilan birga, ishlab chiqilgan dastur shartlariga muvofiq ushbu mezonlar zaharlanish tufayli kelib chiqqan kasalligining og‘irligi va uning oqibatlarining prognostik ehtimolini inobatga olgan holda davolash usulini tanlash bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 1.8-1.6 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 372 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 117 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Olingan natijalarga asoslanib og‘ir metal tuzlaridan subxronik zaharlanishni davolashda Pektin enterosorbenti va “Gepamal” antioksidantini qo‘llashni klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallikni davolash samaradorligini oshishiga imkon yaratib, asoratlar rivojlanishini kamayishiga olib keladi, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 320 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 140 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Og‘ir metallar tuzlari bilan subhronik intoksikatsiya patogenezining morfologik jihatlari va terapiya samaradorligi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga RIXIATM direktori tomonidan 07.03.2023 202-son xat yuborilgan. Mahmudov Kodirjon Oltinboevichning «Og‘ir metallar tuzlari bilan subhronik intoksikatsiya patogenezining morfologik jihatlari va terapiya samaradorligi» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2023 yil 4 apreldagi 23-x/009-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 1 390 000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 447 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish