Xudayberdiev Utkir Toshmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonda temir yo‘l transporti tarixi: tajriba va muammolar (Surxon vohasi misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1136.
Ilmiy rahbar: Qobulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti. PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Xasamov Akrom Muminovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Xo‘shboqov Panji Shaymanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi surxon vohasi temir yo‘l tizimining tarixini, tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mavzuga doir xronologik davrda temir yo‘llar sohasini takomillashtirish uchun harbiy-strategik, iqtisodiy va siyosiy manfaatlar tuqnashuvi, tarmoqga mablag‘ ajratilishi, magistral, tranzit, mahalliy ahamiyatga molik temir yo‘l tarmoqlari va shahobchalarining qurilishi va ta’mirlanishi (Buxoro-Kogon-Termiz, Dushanbe-Termiz-Shartuz, Termiz-Boldir, Uzun-Sariosiyo bekatlari), barpo etilishi natijasida asosan mamlakatning janubiy hududlarni nazorat qilish, harbiy strategik siyosatni amalga oshirish, yangi tuz, ko‘mir konlarni ochishda temir yo‘l yo‘nalishlarining iqtisodiy samaradorligining o‘sganligi aniqlangan;
temir yo‘l tarmoqlari orqali respublika hududidan arzon xomashyo mahsulotlari (asosan, paxta tolasi, foydali qazilmalar, meva-sabzavotlar) tashib ketilib, asosiy e’tibor Surxon-Sherobod vohasining yirik paxtakor rayonlari hududlaridan o‘tuvchi magistral tarmoqlarga qaratilib, xomashyo etishtirish sur’ati past iqtisodiy rayonlarga etarlicha ahamiyat berilmasligi oqibatida hududlarning temir yo‘l izlari bilan qamrab olinishi va rivojlanishida nomutanosibliklar vujudga kelganligi aniqlangan;
temir yo‘l tarmoqlarida yuk va yo‘lovchi tashish masalasi respublika aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on, Termiz-Mozori Sharif-Qobul-Peshavor temir yo‘li Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindiston portlariga chiqishga, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining inklyuziv iqtisodiy rivoji uchun mustahkam zamin yaratganligi dalillangan;
temir yo‘l tizimda mahalliy mutaxassislarni tayyorlashga e’tibor berilmaganligi, mutaxassislarni oliy va o‘rta ta’lim tizimiga yo‘naltirish nazardan chetga qolganligi, jumladan xotin-qizlar mehnati, ijtimoiy himoya qilish dasturlarini amalda bajarilmaganligi, madaniy-ma’rifiy tadbirlar deyarli sust darajada tashkil etilganligi, ish haqini o‘zgarmasdan past holda saqlanib qolishiga olib kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda temir yo‘l transporti tarixi: tajriba va muammolar (Surxon vohasi misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
respublikada temir yo‘l qurilishining bosqichlari, uning o‘ziga xosligi va xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati, Surxondaryo viloyatida temir yo‘l qurilishi tarixi, mahalliy kadrlarning vohada temir yo‘l qurilishining holati uch katta davrda, ya’ni Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi, sovet davri va mustaqillik yillari kontekstida aniqlanganligi, Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘llarining qurilishi, yangi arxiv materiallari, Termiz-Mozori Sharif-Qobul-Peshavor temir yo‘li Afg‘oniston orqali Pokiston va Hindiston portlariga chiqishga, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining inklyuziv iqtisodiy rivoji uchun mustahkam zamin yaratishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 29-maydagi 06-28-689-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimiz temir yo‘l holati, rivojlanishi va istiqboli haqida xalqimiz tasavvurini boyitish uchun xizmat qilgan;
temir yo‘l tizimda mahalliy mutaxassislarni tayyorlashga e’tibor berilmaganligi, mutaxassislarni oliy va o‘rta ta’lim tizimiga yo‘naltirish nazardan chetga qolganligi, jumladan xotin-qizlar mehnati, ijtimoiy himoya qilish dasturlarini amalda bajarilmaganligi, madaniy-ma’rifiy tadbirlar deyarli sust darajada tashkil etilganligi, ish haqini o‘zgarmasdan past holda saqlanib qolishiga olib kelganligi aniqlanganligi respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 8-bandi “Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2023 -“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib vazirlik va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 12-iyuldagi 02-22/668-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda temir yo‘l shakllanishi haqidagi ma’lumotlarni boyitib, temir yo‘l sohasi xodimlarining bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.