Tovboev Akram Nurmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Subgarmonik tebranishlarni bartaraf etish hisobiga ferrorezonansli tarmoqlar ishonchliligini oshirish uslubiyati», «05.05.01 – «Energetika tizimlari va majmualari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T507.
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Muxtarxan Ibadullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchlik va  texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Energetika muammolari instituti, DSc.02/30.12.2021.T.143.01
Rasmiy opponentlar: Xamidov Shuxrat Vaxidovich, texnika fanlari doktori, professor; Taslimov Abduraxim Dexkanovich, texnika fanlari doktori, professor; Jalilov Rashid Boboqulovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: subarmonik ferrorezonans tebranishlarini bartaraf etish hisobiga elektr tarmoqlari va qurilmalarining ishonchliligini oshirish uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr tarmoqlari va qurilmalarining ishonchliligini ta’minlashga asoslangan uch fazali qurilmalarning fazalararo va magnit bog‘lanishlarini hisobga olgan holda subgarmonik chastotada nochiziqli tebranishlarning umumiy nazariyasi ishlab chiqilgan;
turli xil ulanish sxemalaridan iborat qurilmalarda subgarmonik tebranishlarning qo‘zg‘alish jarayonlarini o‘rganish uchun amplituda-faza va magnit bog‘lanishlarni hisobga olgan holda umumlashtirilgan differensial tenglama yaratilgan;
tarmoqlar va qurilmalarda ikkinchi va uchinchi tartibli subgarmonik tebranishlar qo‘zg‘alishining asosiy qonuniyatlariga asoslangan barqaror va o‘tkinchi rejimlarda ferrorezonans tebranishlarini hisobga olgan holda elektr tarmoqlarida bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan parametrlarning kritik qiymatlari aniqlangan;
ikkilamchi quvvat manbalariga asoslangan energetik qurilmalarining ishonchliligini oshirish asosida subgarmonik tebranishlarni qo‘zg‘atish jarayonini o‘rganuvchi algoritm va matematik modellar ishlab chiqilgan;
elektr tarmoqlarida ferrorezonans tebranishlarni tahlil qilish asosida uch fazali qurilmalarning yangi sxemalari ishlab chiqilgan (FAP 01894, FAP 0253);
elektr tarmoqlari va energetika uskunalarining ishonchliligini oshirish hisobiga ferrorezonans tebranishlarining oldini olish va bartaraf etish kompleks uslublari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalarga asoslanib, subgarmonik tebranishlarni bartaraf etish orqali ferrorezonans tarmoqlarning ishonchliligini oshirish metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining uch fazali ferrorezonans chastotani o‘zgartiruvchi qurilmalarning yangi sxemalariga patent olingan (FAP № 01894, FAP  02109). Natijada ikkilamchi quvvat manbai sifatida oddiy tuzilishli, ishonchlilik va energiya samaradorligi bilan ajralib turadigan uch fazali chastotali bo‘lgich qurilmasi ishlab chiqilgan;
subgarmonik ferrorezonans tebranishlarini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqilib, NKMK korxonasiga joriy qilingan (ma’lumotnoma №02-06-07/579). Natijada  yillik 303,2 (uch yuz uch million ikki yuz ming) so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan;
subgarmonik ferrorezonans tebranishlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma NKMK korxonasi tomonidan elektr tarmoqlarida joriy etildi (ma’lumotnoma 02-06-07/579). Natijada resurslarning 20 foizigacha tejash imkonini berdi;
uch fazali ferrorezonans chastota bo‘lgich qurilmasi (25 Gs chastotali) NKMK korxonasiga joriy qilingan. (ma’lumotnoma 02-06-07/579). Natijada elektr yuritmalarini chastotada boshqarishga o‘tishda shamollatish tizimi elektr motorlari tomonidan tarmoqdan iste’mol qilinadigan aktiv quvvatni 20% dan 30% gacha kamaytirish ta’minlanadi.
Uch fazali ferrorezonans chastota bo‘lgich  qurilmasi sanoat sharoitida NKMK OAJ Markaziy boshqaruv bo‘limida asinxron dvigatellarni ikki tezlikli rejimda ishlatish bo‘yicha shamollatish tizimida joriy etilgan. Natijada uch fazali ferrorezonans chastota  bo‘lgich yordamida elektr yuritmalarini chastotada boshqarish hisobiga shamollatish tizimi elektr motorlarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda energiya va resurs tejamkorligi hisobiga 20% dan 30% gacha  iqtisodiy samaradorlikka  erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish