G‘ulomov G‘afurjon Shavkatbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Introgressiv shakllarni poliploid turlar bilan duragaylash va ularning avlodlarida qimmatli xo‘jalik belgilarini irsiylanishi», 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V840.
Ilmiy rahbar: Sirojidinov Behzod Arabdjonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Qahharov Izzatulla Tilavovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G‘o‘za seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zaning eksperimental poliploidiya uslubini qo‘llash asosida olingan introgressiv duragay shakllarni poliploid shakllar bilan duragaylash asosida poligenomli qimmatli xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan rekombinantlarni ajratib olish va chigit tarkibida umumiy gossipol miqdorini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli genomli introgressiv duragay shakllarni poliploid G.mustelinum va G.hirsutum ssp. euhirsutum turlari bilan duragaylash imkoniyatlari ochib berilgan;
yangi murakkab duragay kombinatsiyalarda qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, transgressiv o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
murakkab duragay o‘simliklarning qimmatli xo‘jalik belgilarini klaster tahlili asosida turli xildagi guruhlarga ajratilib, kombinatsiyalar bir biriga yaqin ekanligi aniqlangan;
murakkab F2 {F4B1S Kelajak x [Kelajak x (ssp. nanking (oq tolali) x G.nelsonii)]} x Omad duragay kombinatsiyasida HPLC usuli yordamida chigit tarkibida umumiy gossipol miqdori nisbatan yuqori (6,56 mg/g) ko‘rsatkichlarda aniqlangan.
introgressiv duragay shakllarni morfoxo‘jalik belgilarini barqarorlashivi asosida qimmatli belgilarga ega bo‘lgan «G‘alaba» yangi navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eksperimental poliploidiya uslubi asosida olingan introgressiv shakllarda qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘o‘zaning “G‘alaba” naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olingan (№ NAP 00383). Natijada, ushbu navni Respublika xududlarida keng maydonlarga ekish uchun tavsiya qilish imkonini bergan;
eksperimental poliploidiya uslublari asosida olingan noyob introgressiv duragay rekombinantlarni Respublikada yetakchi bo‘lgan «G‘o‘za genofondi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 10 noyabrdagi 4/1255-2834-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu introgerssiv duragay rekombinantlar g‘o‘za kolleksiyasini tola pishiqligi, turli kasalliklarga chidamli belgilariga ega namunalar bilan boyitish imkonini bergan;
qimmatli-xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan «G‘alaba» navi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Oqsuv ilmiy eksperimental” fermer xo‘jaligi dalasiga 4 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 07/21-21-9945-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning hosildor, tezpishar, kasalliklarga chidamli, tola sifati yuqori «G‘alaba» g‘o‘za navidan 45,0-48,0 s/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 8-10 s/ga qo‘shimcha paxta xomashyosi olish imkonini bergan.