Toshov Sobir Samadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi hamda kardiovaskulyar patologiya komorbidligining erta diagnostikasi va prognozi», 14.00.05 – Ichki kasalliklar  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1885.
Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSs.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashevich - tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Buxoro davlat tibbiyot instituti); Hamroev Abror Asrorovich - tibbiyot fanlari  doktori, professor (Toshkent tibbiyot akademiyasi).
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallanganlarda kardiovaskulyar komorbidlik holatlari rivojlanishini erta tashhislashda klinik-funksional prediktorlarni aniqlash hamda prognozlash uslublarini takomillashtirishdan iborat.  
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kardiovaskulyar komorbidlikda kasallik klinik kechishida xavf omillarining  prognostik ahamiyati ustunligi isbotlangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kardiovaskulyar komorbidlik bilan kechganda  yurak remodellanish jarayonlari aniqlangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida komorbid holatlar bilan kechishida bemorlar ruhiyatiga, holatiga va hayot sifatiga ta’sirini baholovchi SAT va O‘SOK borasidagi SSQ so‘rovnomalari orqali prognostik hususiyatlari asoslangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida noxush prognostik markerlarini hisobga olgan holda, ushbu kasallikni kardivaskulyar xastaliklar bilan komorbidligini erta aniqlash va prognozlashga yondashuv takomillashtirilgan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining  2023 yil 30 martdagi 23-Z/012-son xulosasiga ko‘ra:
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kardiovaskulyar komorbidlikda xavf omillarining yuqoriligini ko‘rsatgan; kardiovaskulyar komorbidlik kuzatilgan bemorlarni ixtisoslashtirilgan markazlarga davolashga yuborilgan, natijada xavf omillarini erta aniqlash va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 06.06.2022 yildagi, Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 10.08.2022 yildagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.08.2022 yildagi hamda Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 29.07.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan xastalangan bemorlarda kardiovaskulyar komorbidlikni tashxislash va davolash sifatini yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kardiovaskulyar xavf omillarini erta aniqlash o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida oddiy va samarali tekshiruv usuli bilan yurak-qon tomir komorbid kasalliklariga moyillik bor ekanligini boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik  hisobiga har bir bemorga 142000 so‘mga, tadqiqotga jalb etilgan jami bemorlarga 18 460 000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bor bemorlarda kardiovaskulyar xavf omillarini erta aniqlash ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi hisobiga 7 242 000 so‘m byudjet mablag‘laridan,  11 218 000 so‘m  byudjetdan tashqari mablag‘larni iqtisod qilishga erishildi.
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kardiovaskulyar komorbidlik bilan kechganda kasallik klinik kechishi og‘irligini erta tashxislash va davolash kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olgan holda yotoq kunini qisqartirib, davolash jarayonini tezlashtirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy ish natijalarini amaliyotga kiritish bo‘yicha materiallar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 06.06.2022 yildagi, Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 10.08.2022 yildagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.08.2022 yildagi hamda Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 29.07.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda gospitalizatsiya vaqtida kardiovaskulyar komorbidlikni erta aniqlash davolash samaradorligini oshirgan; yurak-qon tomir kasalliklarini erta tashxislash va o‘z vaqtida davolashni boshlash  natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar – gipertonik kriz, surunkali yurak etishmovchiligining oldini olgan; o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida kardiovaskulyar kasalliklar bilan komorbid holatlar 68,4% ni tashkil etadi, shifoxonada davolash amaliyotiga angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari, beta-blokatorlar qo‘shilishi natijasida asoratlarni kamayishiga erishilgan taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish ijobiy natijalar berib, davolash sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda komorbid surunkali yurak etishmovchiligi aniqlansa va shifoxonada davolanish muddati 13-14 kunni tashkil etsa, komorbid holatni erta aniqlash va davolash choralari o‘z vaqtida tavsiya etish shifoxonada davolanish muddati qisqartirtirib 10 kunni tashkil etgan, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 450000 so‘mga kamaytirgan (VKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 150000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kardiovaskulyar komorbidlik bilan kechganda kasallik klinik kechishi og‘irligini erta tashxislash va davolashni kompleks olib borish natijasida, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 79600 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kardiovaskulyar komorbidlik bilan kechganda yurak remodellanish jarayonlarini erta tashxislash va davolash kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olgan holda yotoq kunini qisqartirib, davolash jarayonini tezlashtirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy ish natijalarini amaliyotga kiritish bo‘yicha materiallar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 06.06.2022 yildagi, Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 10.08.2022 yildagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.08.2022 yildagi hamda Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 29.07.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida kardiovaskulyar komorbidlik mavjud bo‘lgan bemorlarda yurak remodellanish turlarini tashxislash, ya’ni erta namoyon bo‘ladigan exotasvirlardan - a) konsentrik remodellashuv 38 (20%), b) konsentrik gipertrofiya 69 (36,3%), v) ekssentrik gipertrofiya 53 (27,9%) exobelgilar uchligi kuzatiladi; taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida kardiovaskulyar xavf omillarini va komorbid yurak-qon tomir kasalliklarini uchrash xususiyatlarini tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga xizmat qilgan; viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan; bemorda tashxislash va qo‘shimcha tekshiruv usulidan – exokardiografiya tekshiruv usuli 24(21.2%) maqbul va samaradorligi isbotlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarini kechishini aniqlashda exokardiografiya usulini qo‘llash natijasida prognostik mezonlar bo‘lgan - otish fraksiyasi, chap qorincha gipertrofiyasi hamda yurak chap va o‘ng qorinchalari bo‘shlig‘i xajmi ishonchli ko‘rsatkichi ekanligi aniqlanib, samarali tekshiruv usullaridan foydalanilishi hisobiga ko‘p xarajatli va ko‘p vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llash zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 28,8% kamaytirish imkonini berib, samaradorlikni 83,7% ga oshirdi, ya’ni Xulosa: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan kasallangan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarini exokardiografiya usuli bilan aniqlashdan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini                 42 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 38 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida kardiovaskulyar xavf omillarini va komorbid yurak-qon tomir kasalliklarini uchrash xususiyatlarini hisobga olgan holda bemorlarni davolashga yondoshuvni takomillashtirish davolash sifatini oshiradi va shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Ilmiy ish natijalarini amaliyotga kiritish bo‘yicha materiallar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 06.06.2022 yildagi, Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 10.08.2022 yildagi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 04.08.2022 yildagi hamda Navoiy viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazi bo‘yicha 29.07.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida noxush prognostik markerlarini hisobga olgan holda, ushbu kasallikni kardiovaskulyar xastaliklar bilan komorbidligini erta aniqlash va prognozlashga qaratilgan mobil ilovani qo‘llash erta tashxislash samaradorligini 62,7 foizga oshiradi; kasallik kechishini bashoratlash imkoniyatini yaratib, asoratli kechishini oldini olish imkonini bergan. O‘rin kunlarini qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etildi (1 kunga o‘rtacha150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi yurak qon-tomir kasalliklari bilan komorbid kechishini bashoratlash natijasida gospitalizatsiya qilishda taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish bu bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan; shifoxonada yotish muddati 12 kundan 10 gacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 108 000 so‘mga kamaytirdi; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga sarf xarajatlarni 21,6% kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi yurak qon-tomir kasalliklari bilan komorbid kechishini bashoratlash usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 54400 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Toshov Sobir Samadovichning «O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi hamda kardiovaskulyar patologiya komorbidligining erta diagnostikasi va prognozi» mavzusida dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash maassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 22 oktyabrdagi 03/5930-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 130 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidaan  26,9 mln so‘m va byudjetdan tashqari bablag‘lar hisobidaan 35,7 mln. so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi hamda kardiovaskulyar patologiya komorbidligining erta diagnostikasi va prognozi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sohliqni saqlaaaash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2022 yil 22 oktyabrdagi 03/5930-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish