Tadjieva Feruza Sultanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «1 tur qandli diabet bo‘lgan yoshlarda diabetik vitreopatiya: erta tashxislash, tizimli va mahalliy omillar bilan bog‘liqligi» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3026.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Nodira Maxmudjanovna, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Shishkin Mixail Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Kasimova Munira Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt -Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1-tur QD bilan og‘rigan bemorlarda diabetik vitreopatiyaning dastlabki belgilarini aniqlash, uning maxalliy va tizimli omillar bilan bog‘liqligining tahlilidan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ShT rentgen tomografik ko‘rsatkichlarining referens qiymatlari, ya’ni maksimal +2 dan +9 HU gacha zichlikda bo‘lgan 10–35 yoshli amaliy sog‘lom shaxslarda mutlaqo shaffof ShT holatini miqdoriy baholash mumkinligi isbotlangan;
ilk bor 1-tur QD bilan og‘rigan 10–35 yoshli bemorlarda ShTning maksimal zichligining rentgen tomografik ko‘rsatkichi +10 + 25 HU gacha oshishi diabetik vitreopatiyaning dastlabki alomati ekanligi isbotlangan;
asosiy kasallikning davomiyligi va surunkali giperglikemiya – glikirlangan gemoglobin ko‘rsatkichi 1-tur QD bilan og‘rigan 10–35 yoshli bemorlarda ShT zichligi oshishi va diabetik vitreopatiya rivojlanishiga statistik jihatdan sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan tizimli omillar ekanligi isbotlangan;
markaziy va preretinal bo‘limlarda ShTning zichlashishi bilan namoyon bo‘ladigan diabetik vitreopatiya 1-tur QD bilan og‘rigan 10–35 yoshli bemorlarda DR belgilari paydo bo‘lishidan oldin rivojlanishi, hatto uning ilk alomatlari paydo bo‘lishi bilan sezilarli darajada kuchayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganchi filiali Ekspert kengashining 2023 yil 17 maydagi 4/48-son xulosasiga ko‘ra:
MSKT ma’lumotlari asosida 10–35 yoshli shaxslarda sog‘lom ShT va 1-tur qandli diabet tufayli patologik o‘zgargan shishasimon tana mezonlari aniqlangan, ushbu guruhlarda minimal va maksimal shishasimon tana zichligi uchun referens qiymatlar olindi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Urganch shahar tibbiyot birlashmasi, Urganch shahar 3-son oilaviy poliklinikasi, «Visiomed Urganch» MChJ, «Ibragim Kuryazov Oculus» XK amaliyotiga joriy etilgan bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va tashxislash mezonlaridan foydalanish, mutlaqo shaffof shishasimon tanani noinvaziv miqdoriy baholash va ikkita asosiy makromolekular tuzilma: maksimal zichlik – kollagen tolalari va minimal zichlik – gialuronan tufayli yuzaga kelgan shishasimon tana zichligini aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) shishasimon tananing zichligini o‘zgarishlarini erta aniqlash uchun mamlakatimizning har bir tumanida mavjud bo‘lgan, bemordan ham, shifokordan ham maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydigan MSKT tekshiruvidan o‘tish kifoya; 2) shishasimon tananing zichligini o‘zgarishlarini erta aniqlash uchun davlatimizdan yangi diagnostik asbob-uskunalarni olib kelish, ularning qo‘llanilishi uchun yuqori malakaviy kadrlarni qayta tayyorlashga qo‘shimcha xarajatlar talab qilinmaydi. Xulosa: Multispiral kompyuter tomografiya usuli amaliy sog‘lom shaxslarning mutlaqo shaffof shishasimon tanani noinvaziv miqdoriy baholash imkonini berdi. 10–35 yoshli amaliy sog‘lom yoshlarda shishasimon tana holatini miqdoriy baholash markaziy va preretinal bo‘limlarda uning zichligining referens qiymatlari aniqlandi. MSKT ma’lumotlariga ko‘ra, shishasimon tana zichligi ko‘rsatkichlarida katta farqlanishlar kuzatildi, bu esa katta yoshli shaxslarda shishasimon tana holatini miqdoriy baholashda ushbu usuldan foydalanishni istisno qiladi;
oftalmologning amaliy faoliyati uchun 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan 10–35 yoshli bemorlarda diabetik vitreopatiyani erta aniqlash usuli taklif etilgan bo‘lib, u vitreopatiyaning o‘zi va unga bog‘liq diabetik retinopatiya rivojlanishining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini o‘tkazishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Urganch shahar tibbiyot birlashmasi, Urganch shahar 3-son oilaviy poliklinikasi, «Visiomed Urganch» MChJ, «Ibragim Kuryazov Oculus» XK amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik vitreopatiyani erta aniqlash uchun tavsiya etilgan MSKT usulidan foydalanish diabetik retinopatiya rivojlanishini oldini oladi va shu qatorda 1-tur qandli diabetga chalingan yoshlarda ko‘rish o‘tkirligini pasayishi va ko‘rlikni oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: MSKT tekshiruvi yordamida diabetik vitreopatiya belgilarini erta aniqlashda oddiy va samarali tekshirish usuli bo‘lib, kasallikning dastlabki bosqichlarida samarali bo‘lmagan boshqa tekshiruv usullariga bemorning sarf-xarajatini va vaqtini tejash imkonini beradi. Xulosa: shishasimon tananing ham markaziy, ham preretinal bo‘limlarida zichlikning MSKT ma’lumotlariga ko‘ra +25 HUgacha oshishi 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan 10–35 yoshli bemorlarda diabetik vitreopatiya rivojlanishining erta diagnostik mezonlari hisoblanadi;
10-35 yoshli 1-tur qandli diabetga chalingan bemorlar uchun shishasimon tana zichlanishinning tizimli xavf omillari aniqlandi, ya’ni diabetik vitreopatiyaning rivojlanishi - bu asosiy kasallikning davomiyligi va surunkali giperglikemiya ko‘rsatkichi - glyukozalangan gemoglobindir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Urganch shahar tibbiyot birlashmasi, Urganch shahar 3-son oilaviy poliklinikasi, «Visiomed Urganch» MChJ, «Ibragim Kuryazov Oculus» XK amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik vitreopatiya aniqlangan bemorlarda kasallikning erta bosqichlarida ferment preparatlarining qo‘llash imkonini beradi, shuningdek kasallikning rivojlangan va avj olgan bosqichlarida samarasiz takroriy qo‘llash ehtiyojini kamaytiradi va oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 10-35 yoshdagi 1-tur qandli diabeti va diabetik vitreopatiyasi bor bo‘lgan bemorlarga kasallikning erta aniqlash uchun tavsiya qilingan MSKT tekshiruv usuli ko‘ruv a’zosi tomonidan erta nogironlikning oldini oladi va budjet mablag‘laridan xar 1 bemor uchun 12 million so‘m sarf-xarajatlarni tejaydi. Xulosa: 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan 10–35 yoshli bemorlarning ShT zichligi oshishiga tizimli ko‘rsatkichlar orasida asosiy kasallikning davomiyligi (t=4,12, r<0,001bo‘lganda) va glikemiya ko‘rsatkichlari (t=6,32, p<0,001 bo‘lganda) statistik jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. 1-tur QD bilan og‘rigan 10–35 yoshli bemorlarda shishasimon tananing maksimal zichligi va, R2=0,81 bo‘lganda, surunkali giperglikemiya ko‘rsatkichi – glikirlangan gemoglobin o‘rtasida chambarchas korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi;
10-35 yoshli 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabetik vitreopatiya rivojlanishining mahalliy xavf omili aniqlandi, bu diabetik retinopatiya edi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Urganch shahar tibbiyot birlashmasi, Urganch shahar 3-son oilaviy poliklinikasi, «Visiomed Urganch» MChJ, «Ibragim Kuryazov Oculus» XK amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: . 1-tur qandli diabet bilan og‘rigan 10–35 yoshli bemorlarda diabetik retinopatiya rivojlanishi shishasimon tananing markaziy va preretinal bo‘limlarida maksimal zichlikning sezilarli darajada amaliy sog‘lom shaxslar bilan taqqoslaganda 3,08 marta va 1-tur qandli diabetga chalingan va diabetik retinopatiya belgilari bo‘lmagan bemorlar bilan taqqoslaganda 1,38 marta oshishi bilan birga kechadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik vitreopatiyani erta aniqlashga mo‘ljallangan MSKT tekshiruv usuli boshqa usullardan yuqori samaraga ega bo‘lib, bemorning va davlatning boshqa samarasiz bo‘lgan usullarga vaqtini va xarajatlarini tejaydi. Bu o‘z navbatda diabetik retinopatiyaning og‘ir turlarida talab qilinadigan yuqori texnologik davolash usullaridan biri hisoblanadigan vitreoretinal jarrohlik amaliyotlarini qo‘llanilishi darajasini kamaytiradi, ya’ni xar 1 bemor uchun 1 amaliyot uchun o‘rtacha qilib hisoblaganda 10 milliondan tortib 15 milliongacha so‘m xarajatlarini tejash imkonini beradi. Xulosa: diabetik vitreopatiyani erta aniqlash uchun tavsiya etilgan MSKT usulidan foydalanish yosh mehnatga layoqatli odamlarda ko‘rish qobiliyatini saqlash, erta nogironlikni oldini olish va dori vositalaridan samarali foydalanish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish