Qarshiev Shavkat Gofurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuz-jag‘ soxasi shikasti bo‘lgan qo‘shma jarohatli bemorlarda erta maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.21-stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib.1839.
Ilmiy rahbar: Kubaev Aziz Saidalimovich, tibbiyot fanlari nomzodi. dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Ruslan Dakkaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dusmuxamedov Dilshod Maxmudjanovich ,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot Akademiyasi  (Qozog‘iston).
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuz-jag‘ soxasi shikasti bo‘lgan qo‘shma jarohatli bemorlarda tekshiruv va davolashni usullarini takommillashtirish
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuz jag‘ soxasi qo‘shma jarohatlari bilan jarohatlangan bemorlarni  maxsus anketa yordamida taqsimlanib yordam ko‘rsatilishi davolash samaradorligini oshirishi asoslangan;
bemorlarda jarohatdan keyingi muddatda immun tizimida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va natijalar asosasida jarroxlik muddatlarini belgilash mumkinligi aniqlangan;
maxsus laborotor testlar yordamida yuz suyaklari singan qushma jarohatli bemorlarda jarrohlik aralashuvining xavfsiz davrini jarohat olgan paytdan boshlab 7 kundan 10 kungacha prognostik mezoni bo‘libishi asoslangan;
bemorlarga kompleks davolash maqsadida standart davo muolajalar bilan birgalikda biostimulyator moddalarning qo‘llanilishi immun tizimining javob reaksiyasini oshirishi, organizmda gomeostatik muvozanatni qayta tiklab asoratlar rivojlanishini oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining  2023 yil 2 iyundagi 23-son xulosasiga ko‘ra:
yuz jag‘ soxasi qo‘shma jarohatlari bilan jarohatlangan bemorlarga erta, to‘liq va aniq tashxis qo‘yish maqsadida maxsus anketadan foydalanish yordamida ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan yordam turini belgilash tavsiya etildi.  Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar 7 son shifoxonasi va 2022 yil 15 martdagi 74-sonli buyruq va  RShTYoIM 2022 yil 23 iyundagi 286-sonli buyruq  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuz jag‘ soxasi va bosh miya qo‘shma jarohatlanishlarini davolashni takomillashtirishda bayonnoma asosida natijasida yordam turini takomillashtirish va qondagi klinik va immunologik ko‘rsatkichlarini inobatga olish asosida kam bosqichli jarrohlik davo usullari yaratildi va asoslab berildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yuz jag‘ soxasi va bosh miya qo‘shma jarohatlanishlarini bilan murojaat qilgan bemorlarni bayonnoma asosida guruxlarga taqsimlash natijasida ko‘rsatiladigan yordam turini va vaqtini xamda jarroxlik amaliyoti uchun moddiy xajmni  126 718 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: Shifoxonaga murojaat qilgan bemorlarni maxsus tuzilgan bayonnoma asosida 3 ta guruxga: og‘ir, o‘rta, engil guruxlarga bo‘linda xamda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun sarflanadagan  byudjet mablag‘larini  156 3200 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
bemorlarda jarohatdan keyingi muddatlarda immun tizimida ro‘y beradigan o‘zgarishlar dinamikasini o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jarrohlik amaliyoti muddatini belgilashda regenirativ jarayon va immun tizimining sitokin ko‘rsatkichlari inobatga olish lozim. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar 7 son shifoxonasi va 2022 yil 15 martdagi 74-sonli buyruq va  RShTYoIM 2022 yil 23 iyundagi 286-sonli buyruq  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Tadqiqot natijasida bemorlarni maxsus anketa asosida taqsimlash, zamonaviy kompleks diagnostika usullarini qullab tekshirish va immun tizimidagi o‘zgarishlar dinamikasini kuzatish orqali ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan muolaja turini belgilash, sarflanajak vaqt va tibbiy yordam samardorligini oshirish imkoni yaratildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarda jarohatdan keyingi muddatda immun tizimida ro‘y beradigan o‘zgarishlar o‘rganish natijasida IL 6,8 va TNFa ko‘rsatgichlarini natijalariga asoslanib optimal jarroxlik amaliyoti kunini belgilab amaliyot o‘tkazish jarroxlik amaliyoti natijasida asoratlarni 19 % kamaytirdi. Xulosa: Yuz jag‘ soxasi qushma jaroxatlari natijasida jaroxatlangan bemorlarga immunologik taxlil natijalarini baxolash orqali optimal jarroxlik kunini belgilash natijasida asoratlari soni 19% kamayib, asoratlarga bartaraf etish uchun sarflanadigan ortiqcha xarajatlarni tejaydi.  
yuz-jag‘ sohasi sohasidagi sinishida hosil bo‘lgan travmatik nuqsonarni davolashda va bartaraf etishda nafaqat yuz-jag‘ jarroxligi, balki travmatologiya, oftal`mologiya, rekonstruktiv jarrohlik, neyrojarrohlik mutaxasislar tavsiyalaridan foydalanish lozim. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar 7 son shifoxonasi va 2022 yil 15 martdagi 74-sonli buyruq va  RShTYoIM 2022 yil 23 iyundagi 286-sonli buyruq  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuz jag‘ soxasi va bosh miya qo‘shma jarohatlanishlari bo‘lgan bemorlarda tibbiy taktikani tanlashda jarohat sohasidagi regenirativ jarayonlar va immun tizimining sitokin ko‘rsatkichlarini inobatga olish jarroxlik amaliyotini samarali muddatlarda amalga oshirish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 3-5 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada bemor uchun sarflanadigan tibbiy dori vositlari va jarroxlik vositalari miqdorini kamaytirgan; Xulosa: Maxsus laborotor testlar yordamida yuz suyaklari singan qushma jarohatli bemorlarda jarrohlik aralashuvining xavfsiz davrini jarohat olgan paytdan boshlab 7 kundan 10 kungacha amalga oshirish amaliyotdan samaradorligini 26% oshirib, keyingi asoratlar sonini kamaytirib yakuniy xisobda xar bir bemor uchun 2 315 000 tejash imkonini beradi.
bemorlarga kompleks davolash maqsadida standart davo muolajalar bilan birgalikda biostimulyator moddalarning qo‘llanilishi immun tizimining javob reaksiyasini oshirishi, organizmda gomeostatik muvozanatni qayta tiklab asoratlar rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent shaxar 7 son shifoxonasi va 2022 yil 15 martdagi
74-sonli buyruq va  RShTYoIM 2022 yil 23 iyundagi 286-sonli buyruq  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuz jag‘ soxasi va bosh miya qo‘shma jarohatlanishlari bo‘lgan bemorlarni olib borishda kompleks davolash maqsadida standart davo muolajalar bilan birgalikda biostimulyator modda hisoblanuvchi  “Bioven” preparati qo‘llanilganda, operatsiyadan keyingi erta va kechki muddatdagi asoratlar rivojlanishini 16% ga kamaytirish, funksional natijalarni 20% ga yaxshilanishi bemorning estetik jihatdan qoniqishini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1) Bioven dori vositasini davolash jarayonida immun tizimidagi interliykinlarni ko‘rsatgichlarini muvofiqlashtiradi va qushimcha dori vositilarini qo‘llanilishin kamaytiradi. Davo va tashxisot jarayonida bir yilda 25-44% gacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa: Yuz jag‘ soxasi qo‘shma jaroxatlatli bemorlarda optimal vaqtda jarroxlik amaliyotini o‘tkazish va asoratlanishini oldini olishga qaratilgan taklif etilgan diagnostika va davo usullari yordamida bir yilda xar bir nafar bemorga davlat byudjetidan 6 117 415,7 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Sh.G.Karshievning «Yuz-jag‘ soxasi shikasti bo‘lgan qo‘shma jarohatli bemorlarda erta maxsus shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘ziga xos xususiyatlari » mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent shaxar 7 son shifoxonasi va 2022 yil 15 martdagi
74-sonli buyruq va  RShTYoIM 2022 yil 23 iyundagi 286-sonli buyruq  bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 4,7 mln. so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 7, 5 mln.so‘m iqtisod iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish