Madraximov G‘ayratjon Nematjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tarkibida temir saqlovchi ayrim biologik faol tovarlar olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K424.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich kimyo fanlari doktori, professor; Xojimatov Maxsadbek Muydinovich kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/29.10.2021.K.60.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Imomova Mukamal Ermuxammatovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim mahalliy xomashyolar asosida tarkibida temir saqlagan yangi biostimulyatorlar va biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, ularning tarkibi va tuzilishini aniqlash, hamda tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o-Ferrotsenilbenzoy kislotasining mochevina, tiomochevina hosilalari bilan reaksiyasi asosida yangi biologik faol birikmalar sintez qilish usullari ishlab chiqilgan va oltita yangi moddalar hamda ular asosida 18 ta tuzlari sintez qilingan;
o-ferrotsenilbenzoy kislotasini monometilolmochevina, metilendimochevina, monometilotiomochevina, metilenditiomochevina bilan hosilalari diazotirlash reaksiyasi orqali, dimetilolmochevina, dimetiloltiomochevina bilan reaksiyasi kislotali muhitda turli hil erituvchilarda sodir bo‘lishi aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari IQ spektroskopiya, mass-spektrometriya va kvant-kimyoviy hisoblash metodlari yordamida aniqlangan;
sintez qilingan birikmalarning biologik faolligini g‘o‘za chigiti va bug‘doyning unib chiqishi, o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga, ijobiy ta’siri isbotlangan;
o-ferrotsenilbenzoy kislotasi asosida sintez qilingan biostimulyatorlar uchun TIF TN bo‘yicha yangi xalqaro tovar kodi ishlab chiqilgan;
ayrim dorivor o‘simliklar asosida tarkibida temir saqlovchi qandli diabet kasalligida qo‘llaniluvchi yangi tovar mahsuloti ishlab chiqilgan hamda kimyoviy tarkibi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
o-Ferrotsenilbenzoy kislotasi va monometilolmochevina asosida sintez qilingan biologik faol moddalarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o-Ferrotsenilbenzoy kislotasining va monometilolmochevina bilan sintez qilingan “AXM” hamda “AXM-2” biostimulyatorlarini 2017-2021 yillar davomida Andijon viloyatidagi 100 gektar bug‘doy, 160 gektar g‘o‘za maydonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 07/35-04/336-son ma’lumotnomasi). Natijada, AXM bilan ishlov berilgan bug‘doy maydonlaridan amaldagi stimulyatorlarga nisbatan qo‘shimcha 10-16 s/ga, AXM-2 bilan ishlov berilgan g‘o‘za maydonlaridan qo‘shimcha 4,9 s/ga hosil olish imkonini bergan;
o-ferrotsenilbenzoy kislotasi asosida olingan birikmalar Uyg‘unlashgan tizim qoidalariga muvofiq sinflanib, ularga tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha o-ferrotsenilbenzoy kislotasi asosida olingan biostimulyatorlar uchun – 3808 93 900 6 kod raqami ishlab chiqilgan va davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 30 iyuldagi 16/05-22-0431 son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida o-ferrotsenilbenzoy kislotasi saqlovchi biologik faol birikmalarni kimyoviy tarkibi bo‘yicha sinflash imkonini bergan.