Jamilov Alibek Fozil uglining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gazkondensat konlarida qo‘shimcha o‘zlashtirish tizimlarini tadqiqot qilish», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2366.
Ilmiy rahbar: Shevsov Vladimir Mixaylovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Navruz Xushmuratovich, texnika fanlari doktori, professor; Agzamov Otabek Avazovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geologik zaxiralari yuqori darajada o‘zlashtirilgan gazkondensat konlarini qo‘shimcha o‘zlashtirishni boshqarish mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlamay qolgan va past debitli quduqlar zaxirasidan tiklanadigan nomzod quduqlarning oqilona sonini hisoblashning soddalashtirilgan usuli yaratilgan;
yon tana burg‘ilash uchun nomzod quduqlarni tanlash mezonlari ishlab chiqilgan;
tabiiy gaz konini qo‘shimcha o‘zlashtirish bosqichida quduqning ishlashidagi texnologik cheklovlarga rioya qilgan holda qayta tiklanadigan quduqning gorizontal qismining oqilona azimuti va uzunligini aniqlash algoritmi yaratilgan;
quduq tubi qatlam atrofining ifloslanishini (kolmatatsiyasini) baholash algoritmi yaratilgan bo‘lib, bu esa yon tana kesishda nomzod quduqning gidrodinamik taxlili asosida qatlamga burg‘ulash suyuqligining kirib borish radiusini baholashga imkon beradi va qatlam o‘tkazuvchanligini yomonlashuvini minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildgan;
amaldagi quduqlar sonini saqlashning takomillashtirilgan texnologiyasi asosida tabiiy gaz qazib olish sur’atlarini saqlab qolgan holda gaz kondensati konlarini qo‘shimcha o‘zlashtirish tizimini loyihalashning yangi metodologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gazkondensat konlarini qo‘shimcha o‘zlashtirish tizimlarini loyihalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
"Uglevodorod konlarini o‘zlashtirish (qo‘shimcha o‘zlashtirish)ni kompleks loyihalash qoidalari" NGH 39.0-110:2022 normativ hujjat «O‘zbekneftgaz» AJ ning gazkondensat konlarini ishlatish amaliyotiga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 23 maydagi 05/25-4-140-son ma’lumotnomasi). Natijada, gazkondensat konlarining ishlashining barqarorligini ta’minlash hamda qazib olingan gaz va kondensat narxini pasaytirish imkonini bergan;
"Yon tanani kesish (YoTK) yordamida yuqori texnologiyali ta’mirlash uchun gaz va neft` quduqlarini tanlash metodikasi" tashkilot standarti (Ts 17488460-079:2022) Alan konidagi 18 ta, Janubiy Kemachi konidagi 22 ta, O‘rtabuloq konidagi 5 ta, Zevardi konidagi 11 ta quduqda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 23 maydagi 05/25-4-140-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alan konida 993 mln.m3, Janubiy Kemachi konida 107 mln.m3, O‘rtabuloq konida 361 mln.m3, Zevardi konida 342 mln.m3 qo‘shimcha gaz olish imkonini bergan.