Kuldoshova Karomat Mamanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sho‘rlanish sharoitida g‘o‘zaning pro/antioksidant tizimiga abssiz va indolilsirka kislotalari ta’siri», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B424.
Ilmiy rahbar: Axunov Ali Axunovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Kushiev Habibjon Xojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ziyavitdinov Jamolitdin Fazlitdinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sho‘rlanish sharoitida g‘o‘zaning an’anaviy, “gen-nokaut” texnologiya hamda markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) asosida ishlab chiqilgan navlarining pro/antioksidant tizimiga abssiz va indolilsirka kislotalari ta’sirining biokimyoviy mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor g‘o‘zaning natriy xloridli sho‘rlanish stressiga chidamliligini shakllanishida endogen ABK fitogormonining to‘planishi antioksidant fermentlar (SOD va APO) va quyi molekulyar antioksidantlar (prolin, redusirlanuvchi qandlar) sinteziga signal molekula sifatida ta`sir etganligi aniqlangan;
g‘o‘za navlarida tuzli stress ta’sirining dastlabki vaqtida antioksidant fermentlarining (SOD va APO) faollanishi, prolin biosintezining ortishi va MDA miqdorining kamayishida ekzogen ABK fitogormonining regulyatorlik roli isbotlangan;
g‘o‘zaning an’anaviy seleksiya, “gen-nokaut” hamda “MAS” texnologiyalari asosida yaratilgan turli navlarining sho‘rlanish stressiga nisbatan yuzaga keluvchi biokimyoviy javob reaksiyalarida ABK va ISK fitogormonlarining pro/antioksidant tizimlar muvozanatiga ta’sir etishi aniqlangan;
g‘o‘zaning Porloq-1, Porloq-4 va Guliston kabi navlarida sho‘rlanish stressiga nisbatan chidamli bo‘lgan navlarga xos biokimyoviy ko‘rsatkichlar, jumladan, antioksidant fermentlar faolligining (SOD va APO) balandligi, prolin, redusirlanuvchi qandlar va endogen ABK fitogormoni biosintezining ortishi, MDA miqdorining kamayishi isbotlangan;
tuzli stress ta`siri natijasida g‘o‘zaning S-4727 navida antioksidant fermentlar faolligining (SOD va APO) pastligi, prolin, redusirlanuvchi qandlar va endogen ABK fitogormoni biosintezining kamayishi, MDA miqdorining ko‘payishi kabi sezgir navlarga xos biokimyoviy xususiyatlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sho‘rlanish sharoitida g‘o‘zaning pro/antioksidant tizimiga abssiz va indolilsirka kislotalari ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G‘o‘zaning Guliston navining sho‘rlanish stressiga chidamliligini aniqlash uslubi Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi “Mirkomil-Mirfayz orzusi”, “Sayibov G‘ayrat” fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 2 maydagi 05/34-05/1986-son ma’lumotnomasi). Natijada Guliston navi Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi yuqoridagi fermer xo‘jaliklarining 20 ga ochiq g‘o‘za maydonlariga joriy etish imkonini bergan;
g‘o‘zaning Porloq-4 navining natriy xloridli sho‘rlanish stressiga chidamliligi biokimyoviy baholash uslubi A-FA-BV-2019-6 raqamli “Porloq g‘o‘za navlariga biostimulyatorlar, bioo‘g‘itlar va himoya vositalari orqali personallashtirilgan qishloq xo‘jaligini qo‘llash” mavzusidagi ilmiy loyihada (2019-2020) tuzli muhit sharoitida o‘simliklarda chidamlilikni ta’minlovchi muhim fermentlar sintezini boshqaruvchi genlar faoliyatini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 8 maydagi 4/1255-979-son ma’lumotnomasi). Natijada, Porloq-4 navining biokimyoviy tomondan sho‘rlanishga chidamli nav ekanligini chidamlilik genlari sintezi asosida isbotlash imkonini bergan.